So’nggi yangiliklar

18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  3 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  1 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  11 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  18 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  22 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  7 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   5

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" finalda Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" finalda

Bugun O'zbekiston kubogi birinchi yarim finalining javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Samarqanddagi "Dinamo" stadionida kechgan bahsda "Bunyodkor" 2:0 hisobida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.


O'zbekiston kubogi

Yarim final, javob uchrashuvi

Samarqand, "Dinamo" stadioni

06.10.2017, 15:00

"Dinamo" - "Bunyodkor" 0:2

Gollar: O.SHukurov 19, M.Qosimov 45

Birinchi o'yin - 0:0.

"Dinamo": 27.Timur Jo'raev, 6.Akmal Bozorov, 8.Jasur Azimov, 14.Radu Rogak, 15.SHohruhbek Xolmatov, 17.Aleksey Nikolaev (Sardor Sulaymonov, 46), 20.Amirjon Safarov, 21.Iskandar Xolmirzaev, 28.Adnan Oraxovac, 41.Jasur Qurbonov (Muhammad Isaev, 46), 50.Farhod Tojiev.
Zaxira: 1.Mixail Naumov, 4.Xakimxon Alamxonov, 9.Sardor Sulaymonov, 19.Orifjon Mamajonov, 23.Komil SHarafutdinov, 26.Saidjamol Davlatjonov, 70.Muhammad Isaev.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4. Akram Komilov, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 17.Dostonbek Hamdamov (SHaxzod Nurmatov, 86), 21.Dilshodbek Ahmadaliev, 22.SHohruh Gadoev (Farruh Ikromov, 77), 29.Otabek SHukurov, 44.Mirjamol Qosimov, 77.SHohruz Norxonov (Vohid SHodiev, 82).
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 3.Islom Qobilov, 9.SHahzod Nurmatov, 14.Vohid SHodiev, 15.Farruh Ikromov, 19.Nurullo To'xtasinov, 28.Davron Umirov.


Ogohlantirishlar: A.Safarov 24, T.Jo'raev 58, S.Sulaymonov 74, J.Azimov 90 - D.Ahmadaliev 45

CHetlatish: A.Safarov 41


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! SHu tariqa, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" kubokning birinchi finalchisiga aylanishdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90 - Jasur Azimov ham qo'polligi uchun ogohlantirildi.

86 - "Bunyodkor"da so'nggi o'zgarish amalga oshirildi. Hamdamovning o'rniga Nurmatov maydonga chiqdi

84 - SHohruh Xolmatovning uzoqdan belgilangan jarima zarbasidan yo'llagan to'pini Zuhurov qaytarib yubordi

82 - "Bunyodkor"da navbatdagi o'zgarish. SHohruz Norxonov o'rniga Vohid SHodiev maydonga tushdi

81 - Tojievdan "chalqancha" uslubdagi zarba! Zuhurov bu vaziyatda to'pni o'zi bilmagan holda gavdasi bilan qaytarib qoldi. Ajoyib vaziyat, go'zal zarba va noodatiy seyv!

79 - Farhod Tojiev yana jarima zarbasini o'zi amalga oshirdi. Yana noaniq

77 - Bunyodkor"da o'zgarish ruy bermoqda. SHohruh Gadoev o'z o'rnini Farruh Ikromovga bo'shatib berdi.

75 - SHohruh Gadoev chamasi 22 metrlar masofadan darvozani "o'qqa" tutishga urinib ko'rdi. Kuchli chiqqan zarbaga aniqlik etishmadi.

74 - Sardor Sulaymonov hakam tomonidan ogohlantirildi.

69 - "Dinamo" "Bunyodkor" darvozasi oldida aytarli vaziyat yarata olmayapti. Mehmonlar esa o'yinni nazorat qilib, pozicion hujumga o'tishmoqda.

62 -  "Dinamo" jismonan ancha charchab qoldi. "Bunyodkor" futbolchilarida navbati bilan yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lishmoqda. Bu safar Norxonov yaxshigina vaziyatni qo'ldan chiqardi.

61 - Dostonbek Hamdamov ajoyib qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Darvozabon bilan birga-Bir vaziyatga chiqib borib darvozani nishonga olishni uddalay olmadi.

59 - Doston Hamdamov va Otabek SHukurovning o'zaro o'ylab qo'ygan rejasidan keyin SHukurov darvozaga zarba yo'lladi. Zarba kuchli, ammo noaniq chiqdi.

58 - Timur Jo'raev jarima maydonchasi tashqarida Norxonovga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. "Bunyodkor" esa jarima to'pi tepish huquqini qo'lga kiritdi.

57 - Farhod Tojiev belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Zarba esa noaniq.

54 - Gadoev - Qosimov - Norxonov uchligi tashkil etgan hujumi ancha xavfli chiqdi. Norxonov deyarli darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib to'pni tepib yuborgan vaziyatda darvozabon bilan urilib ketdi. Hakam esa "Dinamo" erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritishini ko'rsatdi.

48 - Iskandar Xolmirzaevning uzoqdan darvozani nishonga olish maqsadida yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

"Dinamo"da o'zgarish: Aleksey Nikolaev o'rniga Sardor Sulaymonov, Jasur Qurbonov o'rniga esa Muhammad Isaev maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi.

45 - Dilshodbek Ahmadaliev ogohlantirildi

45 - DAHSHAT GOL!!!!!!! MIRJAMOL QOSIMOV! Burchak zarbasidan to'g'ri darvozaga yo'naltirilgan to'p to'rdan joy oldi. Qoyil Mirjamol Qosimov!

44 - Mirjamol Qosimovning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini "Dinamo" himoyachisi o'z darvozasiga kiritib qo'yishiga sal qoldi...

43 - "Dinamo" futbolchilari juda qo'pol o'ynashmoqda... SHohruhbek Xolmatov bu safar qo'pol harakat qildi.

41 - Qizil kartochka! Amirjon Safarov bu safar yaqqol Akrom Komilovga nisbatan qo'pol o'ynadi va ikkinchi sariq kartochka bilan siylandi. Endi "Dinamo" o'yinni bir kishi kam bo'lib davom ettiradi.

39 - Dostonbek Hamdamovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

34 - O'yin tizgini "Bunyodkor" qo'lida. Kurash asosan maydon markazida o'tmoqda. "Dinamo" muxlislari esa jamoasini oldinga borishga chorlamoqda

28 - "Dinamo" asta-sekin bosimni oshirmoqda. CHunki ularga gol juda zarur. Ammo ularning oldingi chiziqda o'ylayotgan rejalari ish bermayapti.

24 - Amirjon Safarov Rustam Ashurmatovga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirish oldi. "Dinamo" futbolchilari va muxlislari ancha asabiylashishmoqda.

Bu gol bugungi o'yin 90 daqiqa davom etishini aniqlab berdi. Endi qo'shimcha taymlarga o'rin qolmaydi. "Dinamo" esa finalga chiqishi uchun endilikda kamida ikkita gol kiritishi lozim bo'ladi. Jamoa 10 uchrashuvdan buyon gol urmayotganini inobatga oladigan bo'lsak, bu fantastika bo'ladi

19 - GOLLLLLLLL! Otabek SHukurov! SHohruh Gadoevning qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini SHukurov boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.

Ha, maydonda futbol o'ynalmoqda. "Dinamo" muxlislari esa tribunada qo'shiqlar bilan bayram qilishmoqda. SHunaqasi ham bo'lib turadi

16 - Anvar G'ofurov uzoq masofadan Timur Jo'raevni ranjitishga urinib ko'rdi. Ammo G'ofurovning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi

15 - "Dinamo"ning xavfli ko'rinishi mumkin bo'lgan potencial hujumini Ashurmatov ajoyib harakati bilan to'xtatib qoldi.

14 - "Bunyodkor"ning o'ng qanot orqali tashkil etgan hujumi yakuniga etmay qoldi. "Dinamo" hozircha maydonning ikkinchi yarimini kesib o'tishga ancha qiynalmoqda. "Bunyodkor" esa pozicion hujumda harakat qilmoqda.

11 - O'yin keskin kurashlar ostida o'tmoqda.

10 - Ketma-ket ikkinchi burchak to'pini amalga oshirgan mehmonlar bundan naf chiqara olishmadi.

9 - SHukurovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi yo'l-yo'lakay raqibga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. "Bunyodkor" yana burchak zarbasini amalga oshiradi.

Qiziq fakt: Farhod Tojiev "Dinamo"ga kelganidan so'ng nafaqat hujumchi, balki butun jamoa hali gol urgani yo'q. Tyulkin esa bugun ham Tojievni asosiy tarkibga kiritgan. Tojiev hozircha to'pni yo'qotish bilan mashg'ul.

6 - Ahmadaliev va Gadoevning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni bartaraf etish maqsadida "Dinamo" himoyachilari to'pni maydondan chiqarib yuborishdi. Burchak zarbasidan keyin esa Jo'raev to'pni egallab oldi.

3 - Uchrashuvdagi ilk burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirishdi. Iskandar Xolmirzaev tomonidan oshirib berilgan to'pni "qaldirg'ochlar" futbolchisi bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.


O'yin boshlandi! Uchrashuvni "Bunyodkor" futbolchilari boshlab berishdi...

- "Bunyodkor" qizg'ish oq-oq, "Dinamo" esa yo'l-yo'l ko'k rangli libosda harakat qiladi.

- Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

- Stadionga taxminan 2 mingga yaqin ishqibozlar kelishgan. Toshkentdan bir guruh "Bunyodkor" muxlislari ham bugungi uchrashuvda "qaldirg'cholar"ni qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurishgan.

- Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarni yakunlab kiyinish xonasiga kirib ketishdi.

- "Dinamo"ning bir guruh muxlislari stadionga sanatkorlarni olib kelishgan va o'yindan oldin qo'shiqlar bilan o'ziga xos bayram qilishmoqda.

- Demak final masalasini hal etadigan ushbu o'yin boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.

- Agarda bugun ham asosiy daqiqalarda gol kiritilmasa, unda qo'shimcha taymlar va ehtimol penaltilar seriyasini ham tomosha qilishimiz mumkin.

- Bugun O'zbekiston kubogi yarim final doirasidagi "Dinamo" - "Bunyodkor" uchrashuvining javob bahsi bo'lib o'tadi. Bu to'qnashuvning ilk o'yinida Toshkentda hisob ochilmagandi. Dastlabki finalchini aniqlab beradigan ushbu bellashuvda mezbonlarni faqat g'alaba qanoatlantirsa, "Bunyodkor"ni mag'lubiyatdan boshqa har qanday natija finalga olib chiqadi.

- Samarqand shahrida bo'lib turgan muxbirimiz SHahboz Beg'amov "Dinamo" stadionidan reportajni boshlaydi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика