So’nggi yangiliklar

23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  6 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5

O'zbekiston Kubogi 1/32 final: “SHerdor” penaltilar seriyasida “Labsa”ni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi 1/32 final: “SHerdor” penaltilar seriyasida “Labsa”ni mag'lub etdi

Bugun O'zbekiston Kubogi 1/32 final doirasida yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi.

O'z maydonida Buxoroning “Labsa” klubini qabul qilgan “SHerdor” juda qiyin kechgan uchrashuvda o'z raqibini penaltilar seriyasida 7:6 hisobida mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'llanma oldi.

Uchrashuv juda keskin va qiziqarli tarzda kechdi. Dastlabki daqiqadayoq mehmonlar “SHerdor” darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olishmadi. Ammo, oradan biroz o'tgach, hisobda oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi taymning 79-daqiqasida mezbonlar raqib darvozasiga gol kiritib, hisobni tenglashtirishdi. O'yinning asosiy vaqtida hisob boshqa o'zgarmadi – 1:1.

Qo'shib berilgan ikki taymda ham hisob o'zgarmadi va jamoalar g'olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashdi. Juda qiziqarli kechgan penaltilar seriyasida esa, “SHerdor” raqibiga qaraganda omadliroq harakat qildi va 7:6 hisobida g'alabaga erishdi.

O'zbekiston Kubogi, 1/32 final.

“SHerdor” (Samarqand) – “Labsa” (Buxoro) – 1:1 (qo'sh. vaqt 0:0, pen.seriyasi – 7:6) – 314 tomoshabin
Hakamlar: 
N. Qosimov (Qarshi), SH. Fayziev, SH. Yuldashev, S. Holiqov.
Nazoratchi: SH. Jumaev (SHahrisabz).
Gollar: S. Ahmedov (79) – F. Muinov (4).
Amalga oshirilmagan penalti: F. Asadov (1, SHerdor)
Ogohlantirishlar: N. Hasanov (44) – A. Mamatov (41), S. Boymamatov (80)
“SHerdor”: SHuhrat Murodov, Farzin Muxtorov, SHerbek SHukurov, Orzumurod Ahmedov, Furqat Rahmonov, Mirmuhsin Yusupov, Asomiddin Mamatov, Behzod Ro'zmatov, Sanjar Ahmedov, Saddam Boymamatov, Nurbek Olmasov.
“Labsa”: SHahzod SHamsiddinov, Narimon Hasanov, SHahzod Ishmatov, Saidjon Ashurov, Komil Samiev, Ahadjon Qahhorov, Feruz Muinov, Nozimjon Ashurov, Firdavs Asadov, Sanjar Holiqov, Oybek Boboev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика