O'zbekiston - Iordaniya. Chiptalar ertadan sotuvga chiqadi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2014, 18:21
4 sentyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida O'zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Uchrashuv uchun chiptalar ertadan stadion kassalariga sotuvga chiqadi. Chiptalar uch xil toifada bo'lib 7000, 10000 va 15000 (CIP) so'mdan.

8 sentyabr kuni tashkil etiladigan O'zbekiston - Yangi Zelandiya bahsi uchun chiptalar 5 sentyabrdan sotuvga chiqadi. Bu o'yin uchun narxlar biroz yuqoriroq - 10000, 15000 va 20000 (CIP) so'mdan.

Eslatib o'tamiz, ikkala o'yin "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia