So’nggi yangiliklar

00:17Кейинги турдан бошлаб Германияда ҳакамлар ВАРдан сўнг қарорларини бутун стадионга тушинтириб беради  0 23:53Назорат ўйини. Ўзбекистон Кападзе мураббийлигида Иордания билан муроса кўчасини танлади  193 23:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтяпти  4 23:15"Манчестер Сити" сотиб олган 18 ёшли ҳимоячи "Ланс"да ўйнайди  0 22:48Кайл Уокер: "Милан" билан ЧЛ ютиш - орзуим. "Сити"даги ишлар яхши эмас эди"  0 21:49"Сўғдиёна" "Рига"га мағлуб бўлди  2 21:23"Ювентус" Хави билан боғланди  7 20:49Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев Португалия клубига ўтишга яқин  77 20:45ФИФА ЦСКАдан трансфер тақиқини олиб ташлади  12 20:39Ўзбекистон терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  19 19:53"Челси" ҳимоячиси "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  0 19:26Наингголан ҳибсга олинди  2 18:59Испания терма жамоаси бош мураббийи Де ла Фуэнте билан шартномани узайтирди  1 18:30"Ал Насср" етакчиси янги клуби билан 1 йиллик шартнома бўйича келишиб олди  1 18:02"Влахович 3 йилдан бери кучаймади"  6

O'zbekiston futzal terma jamoasining maqsadi Osiyo chempioni bo'lish Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasining maqsadi Osiyo chempioni bo'lish

Bugun O'FF matubot anjumanlar zalida O'FA vice prezidenti Jahongir Usmonov, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov va jamoa sardori SHuxrat Tojiboev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
- Osiyo CHempionatiga tayyorgarlik jarayoni haqida nima deya olasiz?
- Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda, kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazayapmiz. 19 va 20 aprel kuni Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz. Barcha sharoitlar yaratib berilgan, - deb gap boshladi Bahodir Ahmedov.

- Guruhdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Barcha raqiblar yaxshi tayyorgarlik ko'rishmoqda. Hozirdan Yaponiya yoki Janubiy Koreya haqida o'ylamayapmiz. Sababi Osiyo CHempionatini Qirg'iziston bilan bahs bilan boshlaymiz.

- Guruhimizda Yaponiya, Janubiy Koreya va Qirg'iziston kabi jamoalar bor. Osiyoning kuchli jamoalari. Guruhdan ikki jamoa chiqadi. Imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz? Ishonch bormi?
- To'g'ri takidladingiz guruh juda kuchli. Ammo kuchli ishonch bor, guruhdan chiqishga harakat qilamiz.

- Sizni xavortirga solayotgan jihatlar nima?
- Meni faqat jarohatlar xavoritga solmoqda. Nodir Eliboev va Dilshod Irsaliev musobaqaga borishmaydi. Ularni o'rniga yoshlarni jalb qildik. Guruhda birinchi o'rinda tugatishga harakat qilamiz.

- Yaqinda O'zbekiston chempionati yakunlandi. Siz terma jamoaga nomzodlarni kuzatib bordingiz. Bu yil kashfiyot bo'lgan futbolchilar bo'ldimi?

- "Lokomotiv" va "Ardus" klublaridan yosh futbolchilar chaqirdik. Aqlli va jismonan kuchli futbolchilar etishib chiqishganidan xursandmiz. Ularni termada sinab ko'ramiz.

- Terma jamoada braziliyalik, ispaniyalik murabbiylar ishlab ketishdi. Lekin ular bilan ham Jahon chempionatiga chiqa olmadik. Bu vazifani mahalliy murabbiy bilan amalga oshirish mumkinmi?
Jahongir Usmonov: - Vazifa faqat JCHga chiqish emas. Braziliyalik murabbiy boshchilik qilganida biz Osiyo chempionatida ikkinchi o'rinni olgandik, shu bois vazifa bajarilgandi deb hisoblayman. Ispaniyalik murabbiy qo'l ostida futzalchilarimiz ancha tajriba olishgandi. Bahodir Ahmedov ham bu murabbiylardan juda ko'p narsa o'rgangandi.

Sapo bilan esa Osiyo chempionatida kumush medallarni qo'lga kiritgandik. Bu musobaqa orqali JCHga chiqish yo'llanmasini bermas edi. Mendez yosh murabbiylar bilan yaxshi munosabatda edi. Xatto mashg'ulotlarga chaqirib turardi. U boshqarganda Osiyo chempionati orqali Jahon chempionatiga chiqish kerak edi. To'g'ri balki o'shanda vazifa bajarilmagandir. Lekin qaytarib aytaman, yigitlar va mahalliy murabbiylarimiz undan ko'p narsa olishgan. Hozirgacha u bilan munosabatlarni saqlab qolganmiz. Ispaniyada yig'in o'tkazganimizda biz Portugaliya, Ispaniya kabi etakchi termalarga qarshi o'ynagandik. Osiyoning boshqa termalari bu jamoalar bilan o'ynashni faqat orzu qilishadi.

- Vetnamdagi Osiyo chempionatiga qanday vazifa qo'yilgan?
Jahongir Usmonov: - Biz o'zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqada chempion bo'lishni istaymiz. CHunki O'zbekiston uch marta vice-chempion bo'lgan, shu bois undan katta natijaga erishishni istaymiz. Bir kun kelib albatta biz chempion bo'lamiz.



- SHuxrat aka siz terma jamoada ancha yillardan buyon o'ynab kelasiz. Tarkibda yosh futbolchilar yig'ilgan. SHu borada qanday fikrdasiz?
SHuxrat Tojiboev:
- Aytilganidek ikki nafar asosiy futzalchimiz jarohat tufayli Osiyo CHempionatiga bora olmaydi. Ularni o'rniga jalb etilgan yoshlar o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishmoqda.

- Terma jamoamiz Vetnamga ketish oldindan Xitoyda yig'in o'tkazadi. Nima uchun aynan Xitoy varianti tanlandi? U erda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladimi?
Jahongir Usmonov:
- 23 aprel kuni Xitoyga jo'nab ketamiz. U erda mahalliy terma jamoaga qarshi ikkita o'yin o'tkazamiz. Sababi Xitoy terma jamoasi Osiyoda juda kuchli raqib sanaladi. Bundan tashqari u erni iqlimi Vetnamga yaqin, bir xil desa ham bo'ladi. SHu bois ham Xitoy varianti tanlandi.

- Osiyo chempionatiga ketadigan tarkib qachon aniq bo'ladi?
Bahodir Ahmedov:
- Yuqorida aytilganidek 19 va 20 aprel kunlari Eron bilan o'ynaymiz. Aynan shu o'yinlardan so'ng yakuniy tarkib elon qilinadi.

- Yaqinda O'zbekiston chempionati tugadi. Bu boradagi fikrlaringiz qanday?
Jahongir Usmonov:
- O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar asosiy futzalchisi bu yil Qozog'iston chempionatida ishtirok etishdi. Balki ularsiz O'zbekiston chempionatimiz qiziqarli bo'lmagandir, lekin ularni o'rnida yoshlar o'ynashdi va ancha o'sishdi. Kamchiliklar borasida nima deya olaman. Futzal bahslariga kam muxlis kelmoqda. Syurprizlar ham bo'ldi, masalan, "Do'stlik-AIN" klubi ikkita finalda o'ynadi. Yoqimsiz tomonlari esa "Stroitel-Zarafshon" va "Nafis" klublari vaqtida chempion bo'lishgan, ammo oxirgi yillarda ularda moliyaviy muammolar paydo bo'ldi. Bu haqda jiddiy o'ylab ko'rish kerak.

- Muxlislarni jalb qilish borasida qanday ishlar olib borilmoqda? Masalan, Eron jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri. Bannerlar chiqarish yoki reklamalar berish. Bir yili Osiyo chempionati o'yinlariga kollej o'quvchilari olib kelingandi. Jamoamiz yaxshi natija ko'rsatib yarim finalga chiqqanida muxlislarni o'zi oqib kelishgandi.
Jahongir Usmonov:
- Bunda OAVning yordami ham kerak bo'ladi. Ish olib borilmoqda, lekin hali juda ko'p ish qilish kerak. Bu yaqinda natija berishi kerak. To'g'ri futbolga ko'proq odam qiziqadi, lekin futzalning sehri bor. Futzalga bir marta kelgan odam undan shunchaki chiqib keta olmaydi. Keyingi safar o'zi qaytib keladigan bo'ladi.

- Bundan oldingi Osiyo chempionatiga juda jiddiy tayyorgarlik olib borilgandi. Xorijiy yig'inlar tashkil etilgandi. Bu yilgi musobaqaga esa faqat yaqinda yig'in boshlandi. Osiyo chempionatidagi o'yinlarga salbiy tasir ko'rsatmaydimi?
Jahongir Usmonov:
- To'g'ri yig'in ko'proq bo'lsa yaxshi bo'lardi, ammo boshqa ilojimiz ham yo'q edi. Sababi milliy chempionat juda og'ir o'tdi, futzalchilar o'z klublari safida ko'plab o'yinlar o'tkazishdi. Bu katta muammo bo'lmaydi deb o'ylayman. Ochiyo chempionati orqali Jahon chempionatiga yo'llanma bermaydi. Bu yil musobaqa 30 aprel kuni boshlanmoqda, oldingi musobaqalardan biri xatto 25 may kuni boshlangandi. Keyingi safar OFKdan Osiyo chempionatini kechroq o'tkazishni so'rab murojaat qilamiz.

Bahodir Ahmedov: - Oldin Osiyo chempionati may oyi oxirida bo'lardi. Hozir esa aprel oyi oxiriga surildi. SHu bois ko'p yig'in o'tkaza olmadik, OCH bir oy oldinga surilgani tufayli bunday holat yuzaga keldi.

- Keyingi Osiyo chempionati orqali Jahon chempionatiga yo'llanma olish mumkin. O'sha musobaqani o'tkazishga O'zbekiston davogarlik qila oladimi?
Jahongir Usmonov: - Hozircha mezbon davlat aniqlanmagan. Albatta, O'zbekiston ham o'z nomzodini qo'yadi. OFK davoga davlatlariga o'z komissiyasini yuboradi. Hozircha bizda talabga to'la javob beradigan bitta futzal zali bor. Biz Osiyo chempionatini qabul qilish uchun yana bitta zal qurish kerak.

- Terma jamoamizning ko'p yillardan buyon birinchi raqamli posboni Rustam Umarov Qozog'istonda jarohat tufayli xatto havaskor ligalarda ishtirok etgan ekan. Uning jismoniy holati qay darajadi?

Bahodir Ahmedov: -Rustam Umarov yaxshi formada. Tarkibimizda 3-4ta darvozabonimiz bor. Rustam hozirda jamoamizning birinchi raqamli posboni hisoblanadi.

- Tarkib 20 apreldan keyin malum bo'ladi deb aytdingiz. Jamoa bitta klub atrofida yig'iladimi?
Bahodir Ahmedov: -Yo'q. Bitta klubdan olinmaydi, deyarli barcha klublardan futzalchilar bo'ladi. Yani haqiqiy terma jamoa bo'ladi. Qozog'istonda o'ynagan uchta futbolchi bor, qolganlari mahalliy o'yinchilarimiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика