Nazorat o'yini. O'zbekiston Kapadze murabbiyligida Iordaniya bilan murosa ko'chasini tanladi
27 jan 23:53
Yangiliklar
Nazorat o'yini. O'zbekiston Kapadze murabbiyligida Iordaniya bilan murosa ko'chasini tanladi
O'zbekiston — Iordaniya 0:0
O'zbekiston: 12.Abduvohid Nematov (16.Botirali Ergashev, 46), 19.Dilshod Komilov (5.Islom Qobilov, 80), 4.Farruh Sayfiev (13.SHerzod Nasrullaev, 70), 6.G'olib G'aybullaev, 8.Oybek Bozorov (23.Anvar Hojimirzaev, 46 (24.Jahongir Abdusalomov, 80)), 9.Odil Hamrobekov (18.Asadbek Rahimjonov, 62), 10.Jamshid Iskanderov (22.Avazbek O'lmasaliev, 70), 14.Zafarmurod Abdurahmatov (3.Saidazamat Mirsaidov, 46), 15.Umar Eshmurodov, 17.Bobir Abdiholiqov (20.Jasur Yaxshiboev, 62, 21.Azizbek Amonov (7.Ruslan Jiyanov, 46).
Zaxira: 1.Hamidullo Abdunabiev, 25.Akmal Mozgovoy.
Iordaniya: 22.Abdulla Al Faxuri, 4.Xossam Abu Daxab, 6. Yusuf Abu Al Jazar, 19. Saad Al Rusan (3.Abdulla Nasib, 46), 17.Uord Al Barri, 8.Xolid Zakariya, 16.Amir Jamus (15.Aun Al Maharma, 78), 23. Ehson Xaddod (18.Ahmad Assaf, 46), 10.Muhammad An Nosir (24. Ayham Muhammad, 86), 14.Ahmad Al Avauda (9.Bakir Kalbuna, 72), 20.Muhammad Al Akash (7.Ahmad Al Arsan, 46).
Zaxira: 1.Yazid Abu Leyla, 5.Ahmad Ayman, 12.Nur Bani Attia, 13.Muhammad Kalon
Ogohlantirishlar: Xolid Zakariya (14), Dilshod Komilov (21, 79), Uord Al Barri (81), Yusuf Abu Al Jazar (84)
MATNLI TRANSLYACIYA
Uchrashuv yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
85. Zarba! G'aybullaevning jarimadan yo'llagan zarbasi Al Faxurining qo'llariga borib tushdi.
81. Al Barri ogohlantirildi.
80. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish sodir etildi. Almashtirilganlardan biri Komilov.
79. Dilshod Komilov ogohlantirildi. U birinchi bo'lim ham ogohlantirilgandi. Ammo hakam sezmadi chog'i. Boshqani ogohlantirmagan bo'lsa. Menimcha, ikki jamoa o'rtasida hech kimni chetlatmaslik borasida kelishuv bo'lgandir.
77. O'zbekistonliklarning burchau zarbasiga G'aybullaev zarba yo'llashi mumkin edi, raqib posboni qo'llari bilan to'pni urib yubordi.
75. Ahmad Al Arsanning zarbasini Ergashev bartaraf etdi.
72. Iordaniyada o'zgarish ro'y berdi.
70. O'zbekiston tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi.
68. Iordaniyaliklarning xavfli hujumi qiyinchilik bilan bartaraf etildi.
62. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
60. Al Arsan hujumda Botirali Ergashevga nisbatan fol ishlatdi.
56. Zaxiradan maydonga tushgan Hojimirzaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
55. Xavfli vaziyat! Xolid Zakariya bir necha raqibini aldab o'tib zarba yo'lladi, biroz aniqlik etishmadi.
53. Iordaniyaliklar taymni faol boshladi va xavfli hujum tashkillashtirishga ham erishdi. Al Barrining zarbasi esa ancha noaniq ko'rinish oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ikki jamoa tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi.
Taym yakunlandi.
45+2. Xavfli vaziyat! Al Avaudaning yana bir zarbasini Nematov qaytardi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44. Avaudaning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
41. O'zbekistonliklarning burchak uzatmasi raqib futbolchilari tomonidan bartaraf etildi.
38. Xavfli vaziyat! Abdixoliqov raqib jarima maydoniga kirib borib, o'ng burchakdan zarba yo'lladi, Al Faxuri to'pni qaytardi.
36. Zarba! Abdixoliqovning olisdan yo'llagan zarbasini raqib darvozaboni egallab oldi.
32. Abdurahmatovning o'ng qanotdan uzatmasini Al Faxuri egallab oldi.
30. Iordaniyaliklarning hujumi ikkinchi qavatda Avauda tomonidan zarba berilishi bilan yakunlandi. Nematov o'z o'rnida.
26. Xavfli vaziyat! Tezkor qarshi hujum Amonovning zarbasi bilan yakunlandi, ammo zarba kuchi baland bo'lmagani bois Iordaniya darvozaboni to'pni egallab oldi.
23. Markazda Amonov atayin to'xtatildi, ammo Amir Jamusga kartochka ko'rsatilmadi.
21. Komilov maydon markazida Ehson Xaddodga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etgani uchun ogohlantirildi.
20. Sayfiev hujum chog'ida qo'pollik ishlatdi.
17. Iordaniyaliklarning burchak zarbasi biroz qiyinchilik bilan qaytarildi.
14. Maydon markazida Hamrobekovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Xolid Zakariya ogohlantirildi.
9. Zarba! Hamrobekovning pasidan so'ng Abduxoliqov tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.
8. Xavfli vaziyat! Iskanderovning uzatmasini Amonov darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, noaniq.
8. CHap qanotda Bozorovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi. Jarima zarbasi.
5. Xavfli vaziyat! Al Akashning zarbasini Nematov qiyinchilik bilan qaytardi va ikkinchi urinishda egallab oldi.
4. Iordaniyaliklarning zarbasi rekoshet hosil qildi, to'p Nematovning qo'llariga borib tushdi.
4. Iskanderovning zarbasi kuchli chiqmadi, raqib himoyachilari to'pni qaytardi.
3. O'zbekiston terma jamoasining chap qanotdan tashkil etgan hujumi aut ishlash bilan yakunlandi.
1. Uchrashuv boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O'zbekiston oq, Iordaniya qizil rangli liboslarda harakat qiladi.
Biroz avval mazkur bellashuvni Husayn Norchaev o'tkazib yuborishi malum bo'ldi. Garchand O'FA matbuot xizmati uning jarohat olganini takidlagan bo'lsa-da, aslida, unday emas. Sababi, futbolchi vizani rasmiylashtirishi va tez fursatda Portugaliyaga borib "Braga" klubida tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Nima bo'lgan taqdirda ham Evropadagi legionerlarimiz soni yana bittaga ko'payishidan umidvormiz va Husaynga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasining 2025 yildagi ilk o'yiniga guvoh bo'lamiz. Garchi rasmiy maqomda bo'lmasa-da, mazkur uchrashuv ko'p jihatdan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Jumladan, "oq bo'rilar" yangi bosh murabbiy — Timur Kapadze qo'l ostida ilk bora maydonga tushadi. To'g'ri, Kapadze avval ham bir muddat vaqtinchalik terma jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajargan, biroq bu safar u juda murakkab paytda, jahon chempionati saralashi arafasida bosh murabbiy etib tayinlandi va uning zimmasiga katta masuliyat yuklatilgan. Qolaversa, bugun uzoq vaqtdan beri terma jamoa libosida ko'rinish bermagan hamda debyutini o'tkazishga shay bo'lgan futbolchilar terma jamoa yig'iniga chaqirilgan. Bundan tashqari, Iordaniya bilan o'zaro hisob-kitoblarimiz mavjud. Mazkur jihatlar uchrashuvga bo'lgan qiziqishni yana-da oshirishiga shubha yo'q.
Fikrlar
Бизга Евро тренер керак бошқа вариант бизни мундиалга олиб бормайди