Nainggolan hibsga olindi
27 jan 2025 19:26
Yangiliklar
Nainggolan hibsga olindi
Bir haftadan kamroq vaqt oldin Raja Nainggolan futbolga qaytgan va Belgiya ikkinchi divizioni vakili "Sporting Lokeren" bilan shartnoma imzolagandi.
HLN 36 yoshli yarim himoyachining hibsga olingani haqida xabar bermoqda. Nainggolan Antverpen porti orqali Janubiy Amerikadan Evropaga olib kelingan narkotik moddalar kontrabandasi tergovi doirasida qo'lga olingan. Nainggolan aynan nimada ayblanayotgani hozircha nomalum.
"Policiya hech qanday izoh bermayapti va aybsizlik prezumpciyasini hurmat qilmoqda. Biz, klub bunga qo'shilamiz. Biz faqat futbolchi ertalabki mashg'ulotda bo'lmaganini tasdiqlashimiz mumkin", – deyiladi klub izohida.
Avvalroq Raja Nainggolan "Sporting Lokeren" safidagi debyut uchrashuvida burchak zarbasidan gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar