So’nggi yangiliklar

09:53Германиянинг 6 карра чемпиони 7 йиллик танаффусдан сўнг Бундеслигага қайтди  0 09:25“Барселона“ “Эл Класико“ олдидан икки футболчисини қайта тиклаганини эълон қилди  3 09:24Суперлига. Бугун 9-тур якунланади  1 08:51“Пахтакор“ “Бухоро“ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  4 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  5 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  17 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  14 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  4 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  30 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0

APL. "Manchester Siti"dan kambek, Husanov debyut o'yinida 53 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti"dan kambek, Husanov debyut o'yinida 53 daqiqa o'ynadi

Bugun APLda 23-tur uchrashuvlariga start berildi.

Amaldagi chempion "Manchester Siti" o'z maydonida "CHelsi"ni qabul qildi. Gvardiola hamyurtimiz Abduqodir Husanovni asosiy tarkibga kiritdi. Uchrashuvda Abduqodir Husanov 53 daqiqa maydonda harakat qildi. "Manchester Siti" ushbu irodali g'alabadan keyin ochkolari sonini 41 taga etkazib oldi va 4-o'ringa ko'tarildi.

APL, 23-tur

25.01.2025, 22:30

"Etixad stedium", Manchester

"Manchester Siti" - "CHelsi" 3:1

Gollar: Y.Gvardiol (M.Nunes) 42, E.Xoland (Ederson) 68, F.Foden (E.Xoland) 87 - N.Madueke (N.Jekson) 3

Bosh hakam: Jon Bruks

"Manchester Siti": 31.Ederson Moraes, 24.Yoshko Gvardiol, 25.Manuel Akanji, 27.Mateus Nunes, 45.Abduqodir Husanov (5.Jon Stounz, 53), 7.Omar Marmush (17.Kevin De Bryuyne, 74), 8.Mateo Kovachich, 19.Ilkay Gyundogan, 20.Bernardu Silva, 47.Fil Foden, 9.Erling Xoland.

Zaxira: 18.SHtefan Ortega, 10.Jek Grilish, 22.Vitor Reys, 26.Savino, 75.Niko Orayli, 82.Riko Lyuis, 87.Jeyms Makati.

"CHelsi": 1.Robert Sanches, 3.Mark Kukurelya, 6.Levi Koluill, 23.Trevor CHaloba, 24.Ris Jeyms (27.Malo Gusto, 73), 8.Enco Fernandes, 11.Noni Madueke, 19.Jeydon Sancho (7.Pedru Netu, 73), 20.Koul Palmer, 25.Moyzes Kaysedo, 15.Nikolas Jekson (18.Kristofer Nkunku, 61).

Zaxira: 12.Filip Yorgensen, 2.Aksel Disasi, 4.Tosin Adarabioyo, 22.Kirnan Dyusberi-Xoll, 34.Josh Acheampong, 38.Mark Guiu.

Ogohlantirishlar: A.Husanov 4, B.Silva 79, M.Kovachich 83 - L.Koluill 25, M.Kaysedo 58

Manchester City

Josko Gvardiol - 42', Erling Haaland - 68', Phil Foden - 87'

Premier League . 23-tur

25/01/2025, 22:30

1
:
3
Tugadi

Chelsea

Noni Madueke - 3'

Stadion: Etihad Stadium, 52737 tomoshabin

Bosh hakam: John Brooks

45'
90'
4'  Abdukodir Khusanov
42'  Josko Gvardiol
42'  Matheus Nunes
54'  Abdukodir Khusanov (John Stones)
68'  Erling Haaland
68'  Ederson Moraes
74'  Omar Marmoush (Kevin De Bruyne)
79'  Bernardo Silva
83'  Mateo Kovacic
87'  Phil Foden
87'  Erling Haaland
3'  Noni Madueke
3'  Nicolas Jackson
25'  Levi Colwill
58'  Moises Caicedo
61'  Nicolas Jackson (Christopher Nkunku)
73'  Reece James (Malo Gusto)
73'  Jadon Sancho (Pedro Neto)

YANGILASH



87 - GOL! Fil Foden o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi - 3:1. Bu g'alaba juda zarur edi, shu bugun zarur edi. 

68 - GOL! Erling Xoland oldinga yugurib chiqqan CHelsi darvozabonining ustidan to'pni oshirib qo'ydi - 2:1.


Kun surati.


53 - Bo'ldi, Gvardiola Husanovni Jon Stounzga almashtirmoqda. Butun stadion Abduqodirni olqishlar bilan kuzatib qo'ydi. Barakalla, Abduqodir! O'yindan-o'yinga kuchayib borasan.

- Rus sharhlovchilari Husanovning golga olib kelgan xatosini qayta-qayta gapirishdan charchashmayotgani sizning ham g'ashingizni keltiryaptimi?

50 - Ederson xatoga yo'l qo'ydi, bugun hammada xatolar bo'lmoqda.

Ikkinchi bo'lim start oldi, Husanov maydonda qoldi. Gvardiola ishonishda davom etadi. Barakalla!



Maduekening noaniq zarbasi bilan 1-bo'lim yakunlandi, tanaffus.

42 - GOOOLLL! Gvardiol uchinchi urinishda gol urmoqda - 1:1.

40 - Zarbaaa, Gvardiol ikkinchi juda qulay imkoniyatda ham salgina noaniq zarba berdi. Ehh!

35 - Hozir Nunes to'pni Husanovga uzatmay maydon tashqarisiga kalla qo'yib yuborganiga Gvardiola g'azablandi.

34 - Gol, yo'q Marmush gol urishdan oldin ofsaydda turgan ekan.

33 - Abduqodir "podkat" bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, ofsayd ekan.


Uchrashuvni juda yomon boshlagan Husanov o'ziga kelib oldi. Bernardu Silva ham biroz orqaroqqa tushib qo'llayapti Abduqodirni.


29 - Palmerning aniq zarbasini Ederson ushlab oldi.

25 - Zarbaaa, Gvardiolning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

23 - Husanovdan kuchli zarba, to'pni CHelsi futbolchilari qaytarib yuborishdi.

23 - Man Siti qulay nuqtadan jarima zarbasi tepadi.

12 - Hozirgina Abduqodirni yirik planda ko'rsatishdi, yuzida havotir va charchoq bordek, ha bu APLning tezligi.

9 - Husanov Siti darvozasiga aniq ketayotgan to'pni (Sancho tepgan edi) qaytarib yubordi, sal bo'lsada kirishib oldi nihoyat.

7 - Nihoyat, Husanov to'pni Jeksondan olib qo'ydi.

5 - Husanov tezroq kirishib olishi kerak, ko'p xato qilyapti.

3 - Gol! Afsuski, Husanov to'pni boshi bilan Edersonga qaytarib berishda juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va mehmonlar hisobni ochishdi.

2 - Sitini yangi azosi Husanov boshlagan hujum, boshqa bir yangi futbolchi marmushning aniq zarbasi bilan yakunlandi, lekin ofsayd bor ekan.

Boshladik!

- Husanov APL yulduzlari bilan bir safda maydonga tushib keldi.


Husanov chigil yozdi mashqlarni bajarmoqda.


Abduqodir "Etixad stedium"ga jamoa bilan birga etib kelgan palladan surat. Otangga rahmat!


- Mazkur uchrashuvni telegramda tomosha qilishni xohlovchilar quyidagi linkka kirishlari mumkin >>> futbol.

- Ko'pchilik "Man Siti" bugun qanday sxemada o'ynashi va Husanov aynan qaysi joyda o'ynashiga qiziqmoqda. Aynan himoyachilar borasida Mateus Nunes o'ng qanotda, Yoshko Gvardiol chapda, Husanov va Akanji markaziy himoyada tushadi.

- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun o'zbek futboli uchun tarixiy kun, yani ilk bor o'zbek futbolchisi APLning amaldagi chempioni safida asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Abduqodir Husanov ushbu tarixning memori.

Reyting: +128   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика