O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni davom ettirmoqda
11 avg 2022 15:04
Yangiliklar
O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni davom ettirmoqda
Terma jamoamizning o'quv-yig'in mashg'ulotlari 21 avgustga qadar davom etadi. Uning ikkinchi qismi esa bevosita Kuvaytda davom ettiriladi. Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur yig'in doirasida kuvaytlik futzalchilarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Yig'inga chaqirilgan O'zbekiston futzal terma jamoasi azolari: Rustam Umarov ("Jizzax-Kenteks"), Abbos Elmuradov (BMB), Ravshan Eliboev (BMB), Ixtiyor Ropiev ("Jizzax-Kenteks"), Mashrab Odilov (BMB), Anasxon Rahmatov ("Jizzax-Kenteks"), SHahram Faxriddinov ("Dinamo"), Ilhom Hamroev ("Jizzax-Kenteks"), Husniddin Nishonov (BMB), Dilshod Rahmatov ("Jizzax-Kenteks"), Daler Eshonqulov ("Dinamo"), Davlat Ibragimov (AGMK), Akbar Usmonov (BMB), Aslbek Isroilov ("Bunyodkor"), Elbek To'lqinov ("Jizzax-Kenteks"), Sunnat Jo'raev ("Jizzax-Kenteks")
Fikrlar