O'zbekiston futzal terma jamoasiga yana bir xorijiy murabbiy keldi GALEREYA
17 iyu 2021 13:17
Yangiliklar
O'zbekiston futzal terma jamoasiga yana bir xorijiy murabbiy keldi GALEREYA
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 3 iyul sanasida Toshkentda navbatdagi yig'inni boshlagan edi.
Bugungi mashg'ulotlarda Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Arkaitz Sisniega Gomes (Ispaniya) ilk bor futzalchilarimiz bilan ishladi. U Xose Mariya Mendez bosh murabbiy bo'lganida ham terma jamoamizda faoliyat olib borgan edi. Ispaniyalik darvozabonlar murabbiyi Karlos Korona Suares bir necha kundan buyon mashg'ulotlarda ishlamoqda.
Ushbu yig'in 18 iyulga qadar davom etadi. SHundan so'ng terma jamoa 19 iyul kuni Turkiya orqali Tailand poytaxti Bangkok shahriga yo'l oladi.
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Tailanddagi xalqaro turnirda qatnashadi
To'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA
foto: Jahongir Fayzullaev
Fikrlar