So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

"Osiyo chempionatiga juda sust tayyorgarlik ko'rdik" - Jahongir Fayzullaev "yorildi" Yangiliklar

"Osiyo chempionatiga juda sust tayyorgarlik ko'rdik" - Jahongir Fayzullaev "yorildi"

Saytimiz xodimi Jahongir Fayzullaev O'zbekiston futzal terma jamoasining yarim finalda Yaponiya to'sig'idan o'ta olmaganiga (1:2) nima sabab bo'lgani xususida batafsil fikr bildirdi.

Jumladan, uning Telegramdagi sahifasida shunday deyiladi:

"Bitta narsani yaxshilab tushunib olishimiz kerak. O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rdi? Yaponiya-chi? Yaponiya Evropa jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib chempionatga tayyorlandi. Biz esa guruhimizdagi Tojikiston terma jamoasi bilan bir emas, 3 marta kuch sinashdik. O'sha uchrashuvlar Tojikiston foydasiga ishladi. Sababi biz bu terma jamoadan o'yinimizni yashirishga harakat qildik. Guruhdagi eng qiyin o'yin ham aynan mana shu jamoaga qarshi bo'ldi. Keyingi o'rtoqlik o'yini esa Iroq bilan o'tdi. Tojikiston va Iroq bilan o'ynab nimadirga erishishimiz juda qiyin edi. Biz Osiyo chempionatiga mana shunday tayyorgarlik ko'rdik. Buni juda ham katta etiborsizlik, degan bo'lardim. O'tgan yili Jahon chempionatiga biz futzalda o'z o'rniga ega bo'lgan Ispaniya, Portugaliya kabi manaman degan yulduzli jamoalarga qarshi o'yinlar bilan tayyorgarlik ko'rgandik. Osiyo chempionatiga esa umuman tayyorgarlik ko'rmadik, desa ham bo'ladi. 

Yana bir jihatni hisobga olish kerak. Eng katta minusimiz – shifokorlar masalasi. 14 ta bemorga 1 ta shifokor qarashi qanchalik to'g'ri?  Futzal faqat 2 taymdan iborat emas. O'yin tugagandan so'ng hamma futzalchilarda kichik kichik og'riqlar bo'ladi, keyingi o'yinga tezroq tayyorlanish kerak, buning uchun shifokor kerak, shifokor esa bitta. O'ylashimcha, mana shu ham bizni eng katta minuslarimizdan bo'ldi. 

Osiyo chempionatiga juda sust tayyorgarlik ko'rdik. Ispaniyalik jismoniy murabbiy chempionatga 20 kun qolganda yurtimizga keldi. Bu juda kech. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rganimizda, jiddiy etibor berganimizda bugun Yaponiyani yuta olardik. 

Hozir ayb futzalchilarimizda emas. Ular qo'lidan kelgan barcha ishni qilishdi. Kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilganida, jismoniy trener ham vaqtliroq kelib futzalchilarimiz bilan ishlaganida biz finalgacha borishimiz mumkin edi. Guruhdan chiqishimiz bizni xursand qildi, ammo 100 foizlik natija bilan chiqishimiz aniq ko'rinib turgandi. To'g'ri, Kuvayt bilan o'yin biz uchun qiyin bo'ldi, lekin futzalchilarimiz kichik jarohatlar bilan o'ynashdi. Yaponiya bilan O'zbekistonni tayyorgarligini orasida er bilan osmoncha farq bor edi. SHuni hisobiga yutib ketishdi, kun chiqar yurt vakillari. Ularga qarshi hech nima qilolmadik. 

Yaxshiyam birinchi golni biz urdik. Agar aksi bo'lganda yirik hisobda yutqazishimiz mumkin edi. Oxirgi daqiqlarda yaratgan vaziyatimizda esa "prosto" omad etishmadi. Yapon darvozabon "prosto super". Afsus, afsus finalga chiqolmadik. Hammasiga esa o'zimiz sababchimiz.

Eng osoni bu muxlislik qilish. O'yinga 10 daqiqa qolganda televizorni yoqamiz, ko'ramiz, baqiramiz, so'kamiz. O'yin tugagandan so'ng yutsa zo'r deymiz, yutqazsa so'kamiz. Muxlislik maqtash yoki so'kish bilan emas. Jamoa qanday natija qayd etsa ham, ular bilan birga bo'lish kerak. Bugungi o'yindan keyin ko'pchilik Rustam Umarovni haqorat qilib tanqid qilyapti. Umarov yana nima qilsin, nima qilolardi? Borini berdi. 

Hamma futzalchimiz borini berib o'ynadi. Borimiz shu edi. Osiyo chempionatiga tayyorgarligimiz shu edi. Boshqa narsa kutish juda qiyin edi. Finalga chiqqanimizda ham Eronga qarshilik ko'rsatishimiz juda qiyin bo'lardi. Balki bizni bemalol yutardi. Sababi biz juda va juda yomon tayyorgarlik ko'rdik".

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика