So’nggi yangiliklar

14:58Championat.asia ва Transfermarkt август ойнинг энг яхшиларини аниқлади  3 14:39"Ҳумо Арена" тарихда илк бор футзал баҳсига мезбонлик қилди. Ўзбекистон – Бразилия тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:20Қирғиз Республикаси устози: "Эртага Ўзбекистон терма жамоасини ҳайрон қолдира оламиз"  11 13:48Сречко Канатец: "Фақат югураверишнинг фойдаси йўқ, ақлни ҳам ишлатиш керак"  10 13:23Шомуродовнинг клубдоши фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  4 12:54Зидан "Манчестер Юнайтед" бошқарувига келиши мумкин  7 12:26"Барселона" собиқ хавбеки фаолиятига якун ясади  5 11:59Стивен Бергвейн: "Саудия Арабистонида рақобат Нидерландиядагидан юқорироқ"  5 11:32Лени Йоро "Реал"ни эмас, балки МЮни танлаганининг асл сабаби маълум бўлди  1 11:16Италия терма жамоаси ҳимоячиси Исроилга қарши ўйинда қатнашмайди  1 10:48ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  6 10:36Расман: "Истиқлол" стадионида Ўзбекистон кубоги финалига қадар бирорта ўйин ўтказилмайди  9 10:20"Реал" Холандни қандай шароитда сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  9 09:41"Арсенал" футболчиси фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  3 09:00"Манчестер Юнайтед"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари (топ-10) рейтинги тузиб чиқилди  6

O'zbekiston futbol klublarida matbuot xizmati qanday holatda? Behzod Nazarov bilan intervyu Yangiliklar

O'zbekiston futbol klublarida matbuot xizmati qanday holatda? Behzod Nazarov bilan intervyu

"Paxtakor" klubi matbuot xizmati rahbari Behzod Nazarov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Suhbat davomida Nazarov ish faoliyati, O'zbekiston futbol jamoalarining matbuot xizmatlari holati va AGMK haqida oltin baliqdan so'raladigan tilak haqida gapirdi. 





— Behzod aka, assalomu alaykum!

— Vaalaykum assalom!

— Behzod aka, siz "Paxtakor" jamoasining matbuot kotibisiz. Yaqin ijtimoiy tarmoqlarda Sardor Rashidovning "Paxtakor"ga o'tgani haqida gap-so'zlar tarqaldi. Bu xabarlar asosan turli internet saytlarida elon qilindi. Ushbu xabarlarda jurnalistlar siz bilan bog'langan holda ushbu xabarni yanada aniqlashtirib olishgani aytildi. O'sha vaqtda "Paxtakor" matbuot xizmati bu haqida biror raddiya yoki xabar chiqarmadi. Keyinchalik ushbu xabarlar klub tomonidan ham rasman tasdiqlandi. Nimaga bunday bo'ldi?

— CHunki futbol klub matbuot xizmatlari rasmiy xabar bilan ishlashadi. SHartnomalarni elon qilishda nafaqat u bilan tuzilgan shartnoma, balki boshqa kelishuvlar bo'ladi futbolchi bilan. Aynan o'sha kelishuvlarning barchasi hal qilingandan keyingina rasman elon qilinadi. Bu klublarning ichidagi jarayon. SHartnoma nafaqat siz, balki futbolchi uchun ham qulay kelishi kerak. Bazida aynan qaysidir vaqtda elon qilinishi qulay bo'ladi futbolchi uchun. Bularning har biriga alohida to'xtalib o'tirmayman. Turli saytlarda "futbolchi shu klub bilan kelishuvga erishdi" qabilidagi xabarlar chiqishi mumkin, lekin klub matbuot xizmatlari barcha narsa hal bo'lgandan keyin elon qiladi. Klublarga rasman hal bo'lgan malumotni berkitib o'tirishdan foyda yo'q.

— Huddi shunga o'xshash holat boshqa vaziyatga oid bo'lgan. SHota Arveladze 2021 yil avvalida jamoadan ketgan edi. Biroq hali hamon rasmiy xabar chiqmadi. Bu bo'yicha nima deya olasiz?

— Bu ham yuqoridagi holatga o'xshaydi. Klubdagi barcha jarayonlar rasman aniq bo'lgandan keyin, klub rahbariyati bu ketishni rasman tasdiqlab bergandan keyin elon qilinadi. O'zi umuman barcha transferlarda, bazida, biror jamoaga ketishi deyarli aniq bo'lgan holatlarda bir jamoa bilan transfer imzolanishi mumkin. Lekin bu FIFAning dasturiga kiritilib, rasman tasdiqlanmaguncha o'zgarib ketishi ham mumkin.

— Hali rasman aniq bo'lmadi deb aytdingiz. Masalan, shu holatda SHota Arveladze yana jamoaga qaytishi mumkinmi?

— Ehtimollik nazariyasidan olib qarasak 50% qaytishi mumkin, 50% qaytmasligi mumkin.

— Tushunarli. "Paxtakor" jamoasi yanvar oyida Dubay yig'iniga jo'nab ketdi. Bilishimizcha, jamoaning matbuot kotibi, yani — siz hamda fotograf va operator olib ketilmadi. Nega olib ketilmadi?

— Operator olib ketilgan. Ha, fotograf olib ketilmadi. CHunki, ro'yhat qisqartirilgandan keyin shunday bo'ldi. Mening qolishim esa ko'proq chempionatga hamda CHempionlar ligasiga hujjatlarni tayyorlash bilan bog'liq. Bu uzoq vaqtni oladigan, katta hajmdagi ish jarayoni. SHu ishni qilish uchun men qoldim.

— Lekin siz bormagan bo'lsangiz-da jamoaning ijtimoiy tarmoqlariga yig'inga oid malumotlar, suratlar chiqib turdi. Bu jarayon qanday bo'ldi?

— Bu borada operator bilan bog'lanishimiz mumkin. Yoki murabbiyning o'ziga to'g'ridan to'g'ri chiqishimiz mumkin. Oxirgi 4-5 yilda bunday malumotlarni bemalol olamiz. Futbolchilarning transferi bo'yicha sport direktor bilan, yig'inning qanday bo'layotgani, tashkiliy masalalar yuzasidan texnik direktor bilan bog'lanib, malumotlarni elon qilib bordik.

— 10 yilga yaqin jamoada faoliyat olib borgan opertor hamda fotograf jamoadan ketdi. Nega ketishdi ular?

— Operatorning o'zi ishdan bo'shashni xohladi va boshqa bazi holatlar bo'ldi. SHuning uchun ketishga qaror qildi. Ha, fotograf ham jamoadan ketdi.

— 10 yildan ortiq vaqt mobaynida siz jamoada ishladingiz va shu davrlarda jamoada rahbariyat ham, murabbiylar ham almashib turdi. O'zingiz uchun solishtirganmisiz, qaysi murabbiy yoki rahbariyat davrida jamoada ochiqlik, oshkoralik bo'ldi?

— Ochiqlik va erkinlik bo'yicha SHota Arveladze bilan ishlash oson bo'ldi. Arveladzening o'zi futbolchilik faoliyatida shunday davr bo'lganki, o'sha vaqtlarda Evropada futbolning ommalashuvi, ijtimoiy hayotga aylanishi ro'y bergan. U bunday davrni futbolchi sifatida boshidan o'tkazgani sabab, zamonaviy tendensiyalarga ko'nikkan. Murabbiylik faoliyatida ham u "AZ Alkmar"da ishlagan vaqtlari, "Ayaks"da yordam bergan kezlarida ham Evropada matbuot xizmatlari, marketing, reklamalar rivojlana boshlagan. SHu sababli ham u bilan ancha oson edi. Biror futbolchi bilan intervyu qilish, videoroliklar tayyorlashda u OAV tarafda bo'lardi. O'zini intervyuga chaqirishganda ham rad etmagan. Sal kechikkan bo'lishi mumkin, lekin keyinchalik bo'lsa-da bergan.

— Hozir SHota Arveladze davrida erkinlik bo'lgan, deb aytib o'tdingiz. Bilishimizcha, siz bir necha yillar davomida "Futbol ekspress" gazetasida ishladingiz, lekin aynan SHota Arveladze jamoaga kelgach gazetadan ketdingiz. Bu SHotaning kelishi bilan bog'liqmidi?

— Yo'q, bu "Paxtakor"dagi faoliyatim bilan bog'liq edi. Gazetadagi so'nggi yillarda men, asosan, xorij xabarlarini tarjima qilish bilan shug'ullangandim. Qolaversa, "Paxtakor"da rahbariyat almashgandan so'ng ishlash uslubimiz ham o'zgardi. Ko'proq narsalar tayyorlashni boshladik, masalan. SHu sabab ham ketishga qaror qildim.

— Bilamiz, hozirgi kunda futbol gazetalarining adadi anchagina kamayib ketdi. Bunga bir so'z bilan ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlari rivojlangani sabab, desa bo'ladi. Siz nima deb o'ylaysiz, nima qilish kerak gazetalarning adadini ko'paytirish uchun? Balki, kuchli jurnalistlarni yana qaytarish kerakdir...

— Buning har doim iloji bor. Biror xabarni telefonda yoki kompyuterda o'qish bilan qog'ozda o'qishning farqi bor. Har qanday gazetani adadini oshirish uchun, uni insonlar olishi uchun shunga yarasha kontent bera olishi kerak. Qiziqarli maqolalar, maxsus intervyular qilish kerakdir. Gazetaning adadi kamayib ketgan bo'lsa ham umuman yo'q bo'lib ketmadi-ku. Agar zamon rivojlanganini sabab desak, hozir qog'oz kitoblarni ham hech kim o'qimasligi kerak edi. Faqat zamonaviy jarayonlarga moslashib, shunga qarab ish qilish kerak.

— Gazetalarga qaraganda internet saytlari maksimal darajada ishlayapti, deb hisoblaysizmi?

— Saytlar tezroq ishlayapti, deb hisoblayman. Buning uchun ularda imkoniyat bor. Lekin baribir tahliliy maqolalar, o'tkir suhbatlar gazetalarda yaxshiroq bo'lgan deb hisoblayman.

— Keling, yana ish faoliyatingiz haqida subatlashamiz. Ish faoliyatingiz davomida qaysi jamoalar matbuot xizmatlaridan andoza olasiz?

— Aynan biror jamoadan andoza olmayman, lekin kuzatib boraman. "Yuventus", "Bavariya", "Barselona", "Real Madrid", PSJ, "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Liverpul", "CHelsi", "Borussiya Dortmund", "Inter", "Milan", "Zenit", "Krasnodar", "SHaxtyor", "Spartak", "Al-Hilol" kabi jamoalarni kuzataman.

— O'zbekiston klublaridanchi?

— Andoza olmayman-u, lekin barchasini kuzatib boraman. Evropada media ancha rivojlangan. SHuning uchun ham ularni doimiy kuzatib boraman va o'rganishga harakat qilaman. O'zbekistonda bir jamoaning ikkinchisiga andoza qilib ko'rsatiladigan darajada o'zib ketgan, deb o'ylamayman.

— Bilamiz, ko'pgina matbuot xizmati xodimlari 2-3 ta joyda ishlashadi. Nima deb o'ylaysiz, bu maosh bilan bog'liq holatmi?

— Balki sharoit taqozo qilar, balki o'zlarida bu istak bordir. Mana men "Paxtakor" jamoasi matbuot kotibiman. Masalan menga biror saytdan maqolalar yozib turish uchun taklif qilishsa va bu menga har taraflama maqul keladigan bo'lsa buni qabul qilgan bo'lardim.

— O'zbekistonda futbol klublarining matbuot xizmatiga yaratib berayotgan sharoitlar haqida qanday fikrdasiz?

— Oxirgi yillarda bu jarayon o'sdi. SHaroitlar, maoshlar jihatidan olib qarasak o'sish bor. Gapirib qolishadi oylik maosh o'sganini. Lekin, o'ylashimcha, futbolni yangi darajaga olib chiqmoqchi bo'lsak bundanda ko'proq etibor va yaxshiroq sharoit kerak.

— Stadionlarda jurnalistlarga yaratib berilayotgan sharoitlar haqida nima deya olasiz? Siz o'ylamaysizmi, bu narsa hali ham ikkinchi yoki uchinchi darajada qolib ketmoqda, deb?

— Bazi joylarda shunaqa, lekin bazi joylarda yaxshi sharoitlar ham bor. Bu jamoaning tanlagan yo'li, rahbarlarning qarashlariga bog'liq holat.

— "Paxtakor" matbuot xizmatida cenzura bormi?

— Cenzura yo'q. Biz istalgan mavzuda yozishimiz mumkin. Bizda cenzura qanaqa bo'lishi mumkin? Biz asosan yangiliklarni va biror mavzu yoki o'yinga nisbatan futbolchi, murabbiylarning qarashlarini berib boramiz.

— Jamoa bosh murabbiyi yoki rahbariyatidan u yoki bu mavzuni yozmaslik, elon qilmaslik bo'yicha topshiriq bo'ladimi?

— Biror yangilikni chiqarma, deb emas. Lekin transferlar vaqti barcha jarayonlar hal bo'lguncha kutib turishni so'rashadi.

— Idealda matbuot xizmatlarida nechta xodim ishlashi kerak, deb hisoblaysiz?

— Idealdami yoki O'zbekiston sharoitidami?

— Deylik, idealda...
— Idealda juda ham ko'p bo'lishi mumkin. CHunki, masalan, matbuot xizmatini yanada rivojlanishini istasangiz telekanal ochishingiz mumkin. Yoki YouTube’ni turli xil ko'rsatuvlar bilan to'ldirib borishingiz mumkin. Men "Spartak"ning o'rtoqlik uchrashuviga borganman. Ularda qisqartirilgan shtatda 12 nafar xodim bor. "Krasnodar"da 20 nafardan ortiq, deb eshitganman. Xorij jamoalari yig'inlar vaqtida matbuot xizmatida kimdir o'yinni yozadi, kimdir ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qiladi, kimdir futbolchi, murabbiylar bilan intervyular qiladi, kimdir tarkiblarga masul va hokazo. Bir o'yinga 5-6 nafargacha xodim olib boradi. Telekanal faoliyatini qo'shib hisoblasak 50-60 nafar xodim ishlashi mumkin.

— A O'zbekiston sharoitidachi?
— Bizning sharoitida hech bo'lmaganda operator, fotograf, matbuot kotibi, yana bir operator ijtimoiy tarmoqlar uchun ishlasa yana-da yaxshiroq bo'ladi. Tahminan 5-6 nafar xodim bo'lsa anchagina sifatli kontent qilsa bo'ladi.

— 10 yildan ortiq faoliyatingiz mobaynida futbolchi yoki murabbiylardan intervyu so'ragan vaqtingizda uning nomidan ham o'zingiz yozib yuborgan holatlar bo'lganmi?

— Yo'q, deyarli bo'lmagan. SHunday bo'lganida ham baribir fikrini so'rar edim. Biror mavzu yuzasidan men emas, uning qarashi kerak-ku.

— O'zbekistonda barcha talablarga javob bera oladigan 3 ta matbuot xizmatini sanab bering...

— "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" jamoalari.

— O'FA va PFL matbuot xizmatiga qanday baho berasiz?

— Yaxshi, lekin bundan-da ko'proq malumot berishlari mumkin. Yaxshi ishlashyapti. Masalan, PFL matbuotini oladigan bo'lsak, uning saytiga kirganda har bir jamoa va futbolchilarning mavsum davomidagi statistikalarini, har bir turdan oldin prevyularini berib borsa bo'ladi.

— 10 yildan jamoalarning matbuot xizmati qanday holatda bo'ladi?

— Hozirgidan ancha yaxshiroq bo'ladi. 10 yil avvalgi OAV bilan, hozirgi OAVni solishtirish qiyin-ku. Ishlash tezligi, yoritish sifati borasida ham farq bor. Yana 10 yilni qo'shsangiz hozirgi rivojlanish tendensiyasida qadamlarni tezlik bilan bosib o'tishimiz kerak.

— Jurnalist Behzod Nazarov sifatida javob bering, O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2022 ga chiqa oladimi?

— Imkoniyatlarimiz 20%.

— O'zbek futbolida sizni og'rintiradigan holat qaysi?

— Og'rintiradigan bo'lmasa ham, hali ishlash kerak bo'lgan holatlar ko'p. Stadionlar, jurnalistlarga sharoitlar, tashkiliy masalalar, marketing, reklama, TV translaciyalardan pul topish kerak.

— O'zbek futboli ishonchli qo'llardami?

— Yana ishlashsa ko'ramiz. Hozirgi holatda qanday? Ha, ishlashyapti, lekin yanada yaxshiroq baho berish uchun 2-3 yil kerak.

— Agar oltin baliq tutib olsangiz undan o'zbek futboli uchun nima so'ragan bo'lar edingiz?

— To'g'ri, vijdonan ishlash. Ko'proq professionallik.

— "Paxtakor" uchun nima so'rardingiz?
— CHiroyli o'yinlar, ko'proq sovrinlar, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida nomdor jamoa bilan final o'yini, shuningdek, AGMK darvozasiga uriladigan 6 ta goldan hech qachon charchamaslik.

— Behzod aka, ajoyib suhbat uchun rahmat kattakon!

— Rahmat sizga ham taklif uchun!


Og'abek Samisov suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика