O'zbekiston futbol federaciyasining birinchi rahbari 90 yoshga to'ldi
24 jan 2022 10:13
Yangiliklar
O'zbekiston futbol federaciyasining birinchi rahbari 90 yoshga to'ldi
Elmar Alimovich Aminov 1932 yil 23 yanvar kuni Farg'onada dunyoga kelgan. 1959 yil O'zbekiston futbol federaciyasiga asos solinganida, Elmar Alimovich ushbu tashkilotning rahbari etib tayinlangan. U inson faoliyati davomida “Paxtakor” jamoasi boshlig'i, keyinchalik O'zbekiston SSR Ministrlar Kengashi davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi muovini, so'ngra rahbari lavozimlarida ishladi. U kishi faoliyati davomida futbol bo'yicha Sobiq Ittifoq terma jamoasi delegaciyasiga ko'plab musobaqalarda, jumladan, 1966 yil Angliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida rahbarlik qilgan. 1990-1992 yillarda O'zbekiston futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.
Elmar Aminovni ushbu ulug' yoshi bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qolamiz.
Fikrlar