O'zbekiston - Filippin. Hozirgacha 14 mingdan ziyod chipta sotildi
22 mar 2016 10:33
Yangiliklar
O'zbekiston - Filippin. Hozirgacha 14 mingdan ziyod chipta sotildi
24 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Filippinga qarshi o'ynaydi.
Ushbu o'yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik. 18 martdan buyon stadion kassalarida uchrashuvga kirish chiptalari sotilmoqda. Kassada darvoza orti sektorlar 15 ming so'm, markaziy sektorlar esa 20 ming so'mdan sotilmoqda. Bugunga kelib 14 mingdan ziyod chipta sotilgani xabar berildi.
Bugun "Bunyodkor" stadioni chiptalar sotish bo'yicha marketing bo'limi vakili bilan intervyu qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Filippin uchrashuvi 24 mart kuni soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar