So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  5 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  0 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  31 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

O'zbekiston - Eron. Benjamin Uilyams biz uchun qanchalik omadli? Yangiliklar

O'zbekiston - Eron. Benjamin Uilyams biz uchun qanchalik omadli?

JCH-2018 saralashi 3-bosqichi, 3-turida O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eronni qabul qiladi. Mazkur bahsni avstraliyalik hakamlar boshqarib borishadi.
Bosh hakam - Benjamin Uilyams. Unga qanotlarda hamyurtlari Devid Uelsh hamda Natan Makdonald yordam beradi. To'rtinchi hakam – Jared Jillet (Avstraliya).

Bu uchrashuv uchun hakamlar nazoratchisi sifatida Birlashgan Arab Amirliklaridan Salim Said Alsuvaydi tayinlangan bo'lsa, uchrashuv komissari – falastinlik Jebril Ali. Eslatib o'tamiz, ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Ushbu hakam O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda 6 marta ishlagan.

2007 yil Olimpiada-2008 saralashi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi bahsda vakillarimiz 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan. O'sha bahsda Uilyams ishlagan va ikki nafar futbolchimizga qizil kartochka ko'rsatgandi.

2008 yil 19 yoshli futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoy bilan to'qnash kelgan. Avstraliyalik hakam bu safar Doniyor Usmonovni chetlatgan, jamoamiz esa penaltilar seriyasida g'alabaga erishgandi.

2010 yilgi Osiyo o'yinlari 1/8 finalida O'zbekiston Qatarni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Bu safar Uilyamsning qadami biz uchun qutlug' kelgan.

JCH-2014 saralashi to'rtinchi bosqichida Janubiy Koreya bilan Toshkentdagi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan. Pley-off doirasidagi Iordaniyaga qarshi javob o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgan va penaltilar seriyasida yutqazib qo'yganmiz.

2015 yil yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o'yinda termamiz 3:1 hisobida zafar quchgan.

Bundan tashqari bu hakam "Paxtakor" klubi ishtirokidagi bitta o'yinda ham ishlagan. 2009 yilgi Osiyo chempionlar ligasi chorak finalida "sherlar" Toshkentda Saudiya Arabistoning "Al Ittihod" klubi bilan durang o'ynashgan - 1:1.

Bu hakam "Lokomotiv"ning uchta o'yinida hakamlik qilgan: O'tgan yil "Al Sadd" mehmoni bo'lib 2:6 hisobida mag'lubiyatga uchragan, bu yil "Al Ittihod" bilan Toshkentda o'tgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. 1/8 final doirasidagi "Al Hilol" bilan bahsda "temiryo'lchilar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan.

Uilyams "Bunyodkor"ning 6ta o'yinida faoliyat yuritgan. Quyida barcha natijalar keltirilgan:
"Al Ittifoq" - "Bunyodkor" 4:0
"Bunyodkor" - "Al Ittihod" 3:0
"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0
"Al Vahda" - "Bunyodkor" 1:1
"Buriram" - "Bunyodkor" 2:1
"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0

JCH-2018. 3-tur. "A" guruhi
O'zbekiston - Eron
6 oktyabr 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Qanot hakamlari
: Devid Uelsh (Avstraliya), Natan Makdonald (Avstraliya)
Zaxira hakami: Jared Jillet (Avstraliya)
Nazoratchi: Salim Said Alsuvaydi (BAA)
Komissar: Jebril Ali (Falastin)
Reyting: -52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика