So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

O'zbekiston chempionatida ham Rossiyadagi holat yuz bermaydimi? Yangiliklar

O'zbekiston chempionatida ham Rossiyadagi holat yuz bermaydimi?

Xabaringiz bor, O'zbekistonga katta futbol 13 iyun kuni qaytdi.

SHundan buyon Coca Cola Superligasi bahslari ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda (4 va 5-tur). Ammo unutmaslik kerakki, hayotimiz faqat ijobiy voqeliklardan iborat emas. Unda salbiy hodisalar, hattoki, fojialar ham uchrab turishi tabiiy. Hozircha butun dunyoda hukm surayotgan pandemiyaning oxiri mavhum bo'lib qolyapti. Bir narsa aniq: hech kimning infekciya bilan zararlanmasligi, virus tashuvchi vazifasini o'tamasligi kafolatlanmagan. Bizni xavotirga solayotgan jihat shuki, iyun oyi oxirlaganda futbolchilar orasida ham infekciyaga yo'liqqanlar paydo bo'lishi mumkin. SHu kabi holat yuz berib qolsa, musobaqaning keyingi taqdiri nima bo'ladi? Kimlar karantinga olinadi? CHempionat o'yinlari davom ettiriladimi?

O'zPFL mutasaddilari bilan suhbatgacha

SHu kabi savollarga javob izlab ko'rdik. Ammo O'zPFL rasmiy saytida yuqorida tilga olingan savollarning hech biriga oydinlik kiritilmagan. Bu keyinchalik bazi tushunmovchiliklarga sabab bo'lishi mumkin. SHu tufayli ko'riladigan choralar barchaga oldindan malum qilinishi kerak edi. Umuman olganda, masullar shu kabi holatlarga tayyormi yoki faqat yaxshi niyat vositasida kurashish maqsad qilinganmi? 

Bu savollar yuzaga kelishiga Rossiya chempionatida so'nggi kunlarda ro'y berayotgan voqealar sababchidir. "Rostov" atrofida ro'y bergan hodisalar fonida Rossiya Futbol Ittifoqi, RPLning tayyor emasligi, oldindan ishlangan rejalari yo'qligi malum bo'lib qoldi. Oqibatda RPLning xalqaro obro'si malum darajada pasaydi. Keyinroq boshqa klublarda ham infekciya bilan zararlanish holatlari uchradi va RFI mazkur jamoalardan ham bo'lajak o'yinlarga 2-tarkib, o'rinbosarlar jamoasini yuborishni so'rayotgani haqida malumotlar tarqalishga ulgurdi. Bu qanchalik professinallik hisoblanadi, ularning o'ziga havola.

Bizda ham hozircha bu kabi sharmandagarchiliklarning oldi olingani yo'q. Tasavvur qiling, chempionat etakchilaridan birining ochko suv va havodek zarur so'nggi pog'onadagi jamoa bilan o'yini bor. Etakchi klub safida infekciyaga chalinish holati uchradi. SHu vaziyatda autsayder jamoa "Sochi" vazifasini bajarmasligi kafolatlanganmi? Yo'q, barchasi mavhum.

SHunday ekan, masullar virusning futbolimizga berishi mumkin bo'lgan ehtimoliy zarbasiga tayyorgarlik, keyingi rejalar to'g'risida barchaga malum qilishsa, faqat o'zlarining foydalariga ishlaydi.

Xabaringiz bor, MDH azolari hayotning barcha jabhalari, yutuq va kamchiliklarigacha bir-biriga juda va juda o'xshash. Ular orasidagi eng qudratli davlat futbolida yuzaga kelayotgan xunuk holatlar yuqoridagi savollarni kundalik muhokama mavzusiga aylantirish uchun etarli bo'lsa kerak.

O'zbekiston Professional futbol ligasi vazifasini bajaruvchi D. Imomxo'jaev va O'zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi B. Yusupaliev tomonidan imzolangan "Covid-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo'llanishi sharoitida professilnal futbol mashg'ulotlari hamda musobaqalarini tashkil qilish to'g'risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiena qoida va meyorlari"da futbolchilar orasida infekciyaga chalinish holatlari yuzaga kelsa, jamoalar musobaqani davom ettira olish yoki olmasliklari to'g'risida so'z bormaydi. Ammo fors-major holatlar O'FA, O'zPFL, shuningdek, Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tartibga solinishi ko'rsatilgan (6.4. band). 

O'zPFL mutasaddilari bilan suhbatdan keyin

Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida O'zPFL vakillari bilan bog'lanishga harakat qildik. Takidlanishicha, yuqorida aytilgan masala bo'yicha amaliy ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. O'zPFL  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga 2 bor xat yuborgan. Ammo masala murakkabligi bois agentlik hanuzgacha oydinlik kiritmagan.

Tashkilot musobaqani qayta tiklashga tayyorgarlik ko'rish jarayonida Janubiy Koreya va Bundesliga tajribasini o'rgangan. Aftidan xunuk holat ro'y bersa, Rossiya chempionatida qo'llangan usuldan foydalanish varianti ham yo'q emas.

Agar shunday bo'lsa, katta xato bo'ladi. Boisi shundaki, Rossiya Federaciyasida "Sochi" — "Rostov" bahsi muhokamasi hanuzgacha turli davralarda qizg'in davom etmoqda. Jurnalistlar tizimni keskin tanqid ostiga olishgan. Etibor qiling, reglamentda koronavirusga uchragan bemor va u bilan kontakt (aloqa)da bo'lganlar izolyaciya qilinishi belgilangan. Lekin aloqada bo'lgan deganda kimlar nazarda tutilishi ochiqlanmagan. SHu tufayli "Rostov"dagi holat ro'y berdi, yani, butun jamoa karantinga olindi.

Voqea Bundesligada ro'y bersa, nima bo'lardi?

Nemislar bu kabi vaziyatlarni aniq qoidalar bilan belgilab qo'ygan. Doim oraliq masofa saqlanishi shart. Barcha aloqalar esa 3 guruhga bo'lingan (bemor bilan yuzma-yuz 2 metrdan kam masofada aloqa qilishning davomiyligiga qarab). I guruh — 15 daqiqa, II guruh — 2-15 daqiqa, III — 2 daqiqagacha. Birinchi guruhdagi shaxslar 14 kun davomida izolyaciya qilinishlari kerak. Qolganlardan esa kasallik alomatlaridan xabardor bo'lish, boshqalar bilan aloqani cheklash so'raladi, ammo karantinga olinmaydi. SHu tufayli may oyining boshida "Kyoln"da 3ta bemor aniqlangan pallada hech kim vahimaga tushmadi. Bemorlar karantinga olindi, qolganlar mashg'ulotlarni davom ettirdi.

Angliyada 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan uzoq aloqada bo'lish xavfli hisoblanadi. O'yinchilar mashg'ulot davomida kimlar bilan kontaktda bo'lgani GPS-trekerlari yordamida kuzatib boriladi.

Janubiy Koreyada ham pandemiya sharoitida davom etayotgan musobaqa uchun maxsus qo'llanma ishlab chiqilgan. Eng muhimi, unda bemorlar aniqlangach qanday choralar ko'rilishi belgilab qo'yilgan. Barcha holatlarda ham chempionatni ko'ngildagidek davom ettirish uchun sharoit hozirlangan. Hech kim ikkinchi tarkib bilan o'ynashga majburlanmaydi.

SHu o'rinda takidlash kerakki, masullar virusga uchragan kishi aniqlansa, ko'riladigan choralar to'g'risidagi qarorni tezroq chiqarishlari kerak. Aks holda, keyinchalik O'zPFL qaysidir manoda "emagan somsasi uchun haq to'lashiga" to'g'ri keladi. Deylik, ertaga "A" (shartli ravishda) va "B" jamoalarda bemorlar aniqlandi. Ushbu klublar o'rinbosarlar jamoalari bilan o'ynashiga to'g'ri keldi. Keyingi kun esa "S" jamoada ham bemor aniqlandi. SHundan keyin vaziyat jiddiyligi tushunilib, musobaqa vaqtinchaga to'xtatildi. Bu bitta turda o'rinbosarlar tarkibi bilan o'ynagan "A" va "B" jamoalar uchun adotlatsizlik hisoblanadi. Muxlislar orasida esa "S" jamoaga nisbatan masullarning simpatiyasi borligi muhokama qilina boshlaydi va norozilik kelib chiqadi.

SHu kabi ehtimoliy holatlarning oldini olish maqsadida musobaqaning keyingi taqdiri qanday bo'lishi haqida qarorni tezroq qabul qilish kerak. 

So'z oxirida futbol musobaqalarini tashkil qilish va o'tkazish uchun masul bo'lgan barcha mutasaddilarga kuch-quvvat, keyingi faoliyatlariga omad tilaymiz. Voqealar rivojini esa kuzatamiz...

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика