So’nggi yangiliklar

23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  0 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  9 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1

O'zbekiston CHempionati va Kubogi bahslarini boshqarib boradigan hakamlar tasdiqlandi Yangiliklar

O'zbekiston CHempionati va Kubogi bahslarini boshqarib boradigan hakamlar tasdiqlandi

Teglar :  hakamlarOliy liga
O'FF hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi 2016 yilgi mavsumda O'zbekiston CHempionati, O'zbekiston Birinchiligi va Kubogi bahslarida ishlaydigan hakamlar nomini tasdiqladi.

O'tgan haftada O'FF majlislar zalida O'zbekistonda faoliyat olib boradigan hakam va nazoratchilar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda O'FF hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi yangi mavsum oldidan FIFA testlaridan hamda nazariy mashg'ulotlaridan muvaffaqiyatli o'tgan hakam va nazoratchilar nomini elon qildi.

SHuningdek, yangi mavsum oldidan tashkil etilgan imtihonlardan o'ta olmagan hakam va nazoratchilar zaxira kunida qaytadan imtihonlardan o'tishi takidlandi.

Yig'ilishda qatnashgan O'FF hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi boshlig'i Noil Lutfulin futbolga tadbiq etilgan bir qator yangi qoidalar borasida to'xtalib o'tdi va hakamlarning bu boradagi malakalarini oshirish borasida bir qator seminarlar va amiliy mashg'ulotlar tashkil etilishini takidladi. SHuningdek, yig'ilish davomida o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi ko'rsatkichlar qayd etgan hakam va nazoratchilarning baholari o'qib eshittirildi.

Takidlash joiz, FIFA referisi Ravshan Ermatov o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Oliy Liga va xalqaro maydonda faoliyat olib borgan o'zbekistonlik eng yaxshi hakam sifatida yana bir etirof etildi va unga O'zbekiston Futbol Federaciyasining maxsus sovrini topshirildi. Ravshan Ermatov brigadasida ishlaydigan qanot hakami Adbuhamidillo Rasulov esa yilning eng yaxshi laynsmeni deb etirof etildi va unga ham maxsus sovrin topshirlgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

O'zbekiston CHempionati – 2016, O'zbekiston Birinchiligi hamda O'zbekiston Kubogi bahslari uchun tasdiqlangan hakamlar va nazoratchilar ro'yxati bilan saytning "Xujjatlar" bo'limidagi maxsus faylni yuklab olish orqali tanishish mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика