So’nggi yangiliklar

16:10"Акрон" - "Динамо". Эсанов таркибдами?  1 15:43"Тоттенхэм" - "Бавария". Таркиблар эълон қилинди  1 15:30"Атлетико" 30+5 млн. евро эвазига ҳужумчи сотиб оляпти  1 15:00ОКМК ФК ва Қирғиз Республикаси академияси ўртасида меморандум имзоланди  2 14:49Франция ҳужумчиси: "Аргентиналиклар байрамимизни бузмоқчи эди, аммо у янада яхшироқ бўлди"  0 14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  1 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  0 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  0 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  4 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  13 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1 10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  1 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  2 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  2

O'zbek futbolining qiroli Gennadiy Krasnickiy 75 yoshga to'lgan bo'lar edi... Yangiliklar

O'zbek futbolining qiroli Gennadiy Krasnickiy 75 yoshga to'lgan bo'lar edi...

Teglar :  Gennadiy Krasnickiy
1963 yili “Paxtakor” futbol jamoasining mohir hujumchisi, o'zining betakror zarbalari bilan elga tanilgan Gennadiy Krasnickiy SSSR Olimpiya terma jamoasi tarkibida (ayrim manbalarda SSSR “Dinamo” klublari vakillari deyiladi) Janubiy Amerikaga boradi.

Mazkur jamoaga sobiq ittifoqning o'sha paytdagi saralangan eng kuchli futbolchilari jalb qilingan edi: Kievning dinamochilari - Valeriy Lobanovskiy, Oleg Bazilevich, Viktor Serebryanikov, Vasiliy Turyanchik va Andrey Biba, Moskvalik dinamochilar - Georgiy Ryabov, Viktor Anichkin, Valeriy Fadeev, Valeriy Maslov, leningradliklar Vasiliy Danilov, Nikolay Ryazanov, Tbilisi dinamochilari Sergey Kotrikadze va Murtaz Xurcilava, kuybishevlik Boris Kazakov, moskvalik Vladimir Ponomarev, olmaotalik Vladimir Lisicin va toshkentlik Gennadiy Krasnickiy.

U erda ular Braziliya, Argentina, CHili, Peru va Urugvada ko'p yillardan beri faoliyat yurgizayotgan eng kuchli futbol jamoalari bilan maydonida kurashadilar. Ular jami 8 uchrashuv o'tkazadi. Gennadiy Krasnickiy o'shanda 3ta biri biridan chiroyli gollarni kiritib jahonga mashhur goleodor bo'lib qaytadi...

Gennadiy Krasnickiy haqida turkum materiallar tayyorab chop etish payitda bir veb-saytga “Goleodor iz Tashkenta” nomli maqolamga Gemaniyada vaqtincha yashayotgan o'zbekistonlik taniqli iqtisodchi olim, vatandoshimiz Viktor Arvedovich Ivonin o'zining izohini yubordi. Unda Viktor Arvedovich, 1998 yili Germaniyada yozgan yangi kitoblarini nashrga tayyorlash uchun navbatdagi ko'p oylik safarda edi. Bir kun u kishi damolayotganida Germaniya markaziy televideniyaning sport kanalida Diego Maradona hayotiga bag'ishlangan dasturga ko'zi tushib qoladi... SHunda u Diego Maradonnaning bir ikki marta Krasnickiy, Krasnickiy, degan nomini eshitib qoladi va butun etiborini shu dasturga qaratadi.

Maradona o'z nutqida 1963 yili Janubiy Amerikada katta shov-shuvga sabab bo'lgan sensacion voqeani, yani Gennadiy Krasnickiyning Peruning o'sha paytdagi eng kuchli jamoasi bo'lgan, jahonga mashxur futbol ustasi braziliyalik Didi rahbarlik qilayotgan Limaning “Sporting Kristal” jamoasi darvozasiga kiritgan to'pi qanday qilib darvoza to'rini teshib o'tgani haqida katta hayajon bilan eslab tilga oladi. O'shanda Braziliya, Argentina, Urugvay, Peru, CHili va jahon ommoviy axborot vositalari bu sensacion voqeani tarqatadi.
Maradonna o'sha paytda yosh bo'lishiga qaramasdan otasi va kattalardan bu voqea to'g'risida eshitib, kichkinaligidan Krasnickiyga o'xshagan mashxur futbolchi bo'lish niyatini o'z oldiga qo'yadi... Uning takidlashicha, balkim aynan mana shu voqea va Krasnickiyning zarbasi tufayli darvoza to'rini teshib yuborishi unda Buyuk futbolchi bo'lishlikka turtki bo'lgandir...


Diego Maradona keyin jurnalistlarga mashhur futbolchi sifatida ko'p yillik faoliyati davomida tumorga o'hshab o'z yonida olib yurgan “Ultima Xora” gazetasi foto muxbirining apparatida olingan Krasnickiyning tarixiy, yani darvoza to'rini teshgan to'pini suratni jurnalistlarga ko'rsatadi... Keyin esa, u quyidagilarni aytadi: “Mening bir orzuim bor, agar bir ilojisini topib Russiyaga (Maradona O'zbekistonni nazarda tutgan) borib qolsam, albatda dunyoga mashhur, XX asrning buyuk futbolchilaridan biri Gennadiy Krasnickiyning qabrini ziyorat qilib, uning qabriga ustida bosh egib, o'zimning chuqur hurmatimni bajo keltirib katta gul dastasini qo'yish niyatim bor, deb o'z so'zini yakunlaydi... 


Bu futbol tarixida yagona sensacion va tarixiy voqea bo'lib qoldi. Keyinchalik futbol mutahassislari darvoza to'rini teshib o'tish uchun Krasnickiyning tepgan zarbasining tezligi va kuchini aniqlashga kirishadilar... V.Ivonin bilan bo'lib o'tgan qisqacha suhbat davomida u kishi aspiranturada o'qiyotgan davrida Moskvadagi markaziy kutubxonada xorijiy gazeta va jurnallarni o'qib, unda Krsnickiy haqida ayrim maqolalarga ko'zi tushadi... Unda aytilishicha, Krasnickiyning o'ta kuchli zarbasini hisobga olgan xolda, va u SSSR milliy terma jamoasi azosi bo'lganligi sababli ko'pgina darvozabonlar o'z sug'urta kompaniyalariga murojaat qilishib sug'urta-moliya masalalarini qayta ko'rib chiqishga kirishgan ekan...

Gennadiy Krasnickiyning xotiralaridan (“Ot Rio-De-Janeyro do Montevideo” nomli kitobidan): : “Biznikilar butun o'yin davomida yagona to'pni quyidagi vaziyatda kiritishdi. Uchrashuvning 83 minuti ketayotgan edi. Hisob 0:0 bo'ladiganga o'xshab turibdi. Lekin shu payt darvozadan 20-25 metrcha narida Lobanovskiyni yiqitishgani uchun shtraf to'pi berildi. SHunda Lobanovskiy “qonga qon” deb o'tirmay, oldimga yugurib kelib: -Gena, bopla! – deya iltimos qildi. Ertasi kuni tarjimonimiz shu tepgan to'pim haqida mahalliy gazetalar nima yozganini o'qib berdi. “Korreo” gazetasida shunday deyilibdi: “Agar to'p darvozabonga kelib tekkanida komandaning bo'lak golkiper izlashga to'g'ri kelardi, “Kristall” nokautga uchradi”.

Peru jurnalisti kiritgan to'pim haqida mubolag'ali yozgan, albatda. Aslida esa oddiygina bir ish bo'ldi. Oyoqqa o'ng kelib qolgan to'p zarb bilan darvozaga kirganicha to'rni teshib o'tib , tomoshabinlarning oldiga borib tushadi. Lekin menda nima gunoh, to'p borib tekkan joy bo'shroq to'qilgan bo'lsa kerak.

To'pning kirgan-kirmaganligi haqida maydonda tortishuv boshlanib ketdi. Didi darvozaga to'p kirganini yo'q, deb qatiq turib oldi. Xakam Almeyda uzoq ikkilanib turmadi. To'rdagi teshik mana men deb turgandi. Odil tomoshabinlar ham o'z hukmlarini chiqarib qo'yishgan edi. O'yin tugaganidan keyin ular meni qo'llarida ko'tarib ketishdi... Kiyimxonada esa biz shu munosabat bilan yangi tanishlarimiz davrasida choyxo'rlik qildik. Keyinchalik matbuotda yo'l-yo'lakay uyushtirilgan bu qabul marosimi juda yahshi o'tdi, deb yozib chiqishgan.
Ertalab chiqadigan gazetalar arbitr to'g'ri hukm chiqarganligini tasdiqladi. Peruning eng obro'li gazetalaridan biri “Ultima Xora” gazetasi foto muxbirining odil apparati to'rdan bir santimetr narida turgan to'pni suratga tushiribdi.

Mavlon SHUKURZODA

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика