Genaddiy Kochnev: "Ikkinchi taymda nimalar yuz berdi? Ochig'i, shok holatidaman"
25 okt 2023 18:18
Yangiliklar
Genaddiy Kochnev: "Ikkinchi taymda nimalar yuz berdi? Ochig'i, shok holatidaman"
Pro liganing so'nggi turidan o'rin olgan "G'ijduvon" – "Qo'qon-1912" (1:8) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Genaddiy Kochnev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Nima ham deyish mumkin? Birinchi golni juda oson o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda nimalar yuz berdi? Ochig'i, shok holatidaman.
Darvozabon xatoga yo'l qo'ymoqda, himoyachilar kurashishmadi, 3-4-golda shunchaki qarab turishdi. Raqib hujum qilayotganida loaqal kutib olish, to'sqinlik qilish kerak. Boshqa hech narsa deya olmayman.
"Qo'qon-1912"ni g'alaba bilan tabriklayman!", – dedi Genaddiy Kochnev.
Fikrlar