So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  18 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  3 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  3 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  8 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0

Gennadiy Kochnev: "So'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborish alamli bo'ldi" Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: "So'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborish alamli bo'ldi"

Pro-liganing 10-turi doirasida "Dinamo" bilan o'ynalgan durangdan keyin "G'ijduvon" bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- So'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborish alamli bo'ldi. Raqib juda kuchli ekanligini, oldiga yuqori maqsadlarni qo'yganini inobatga olsak, biz durang natijadan ham mamnunmiz. Garchi ushbu uchrashuvga tayyorlanish jarayonida juda ko'plab muammolarga duch kelgan bo'lsak-da, yigitlar bor kuchi bilan o'ynagani uchun minnatdorman. Balki ushbu natijadan keyin klub rahbariyati ham bizga etibor qaratib, muammolarni bartaraf qilib berar. Bu biz uchun juda og'ir durang bo'ldi. "Dinamo"ga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman. Ular uchrashuv davomida hududiy ustunlikka ega bo'lishdi. 

- Nima deb o'ylaysiz, g'alabani ushlab qolish uchun jamoaga nima etishmadi?

- Biroz etibor etishmadi. So'nggi o'yinlarda bizda charchoq alomati ham sezila boshlandi. Yigitlar jismonan anchagina charchab qolishdi. CHunki jamoaning ushbu o'yin uchun tayyorgarlik rejasi buzilib ketdi. Atigi 2 kun normal darajada mashg'ulot olib bordik. SHu sababli o'yin yakunida bizda etibor va kuch etishmadi. Bu esa ko'p kuch talab qiladi.

- Birinchi bo'limdan keyin yigitlaringizga nimalar dedingiz?

- Ushbu o'yinda g'alaba qozona olishimiz mumkinligini aytdim. Uchrashuv startida yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik. Istasangiz, yaxshi o'yin ko'rsata olasiz, deb tushuntirdim. SHunchaki xarakter ko'rsating va o'zingizni yig'ishtirib oling. Yaxshi suhbat bo'ldi. Yigitlar ikkinchi bo'limga chiqishdi, ikkita gol urishdi va o'zlarini ko'rsata olishdi. So'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborish alamli bo'ldi. Raqibning salobatini inobatga olsak, yomon natija emas. Navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Muxlislarga aytar so'zlaringiz bormi?

- Muxlislar bizni qo'llab turishdi, bu yoqimli bo'ldi. Jamoa yaxshi o'ynab turgan payti muxlislar ham yonimizda bo'ladi. Jamoaga qiyin paytida esa ularga ham qiyin bo'ladi. Bugun muxlislarga rahmat aytaman, ularning qo'llab-quvvatlovini doimo sezib turdik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика