So’nggi yangiliklar

19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  0 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  48 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  23 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  39 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1

O'zbek futbolida yangi uyg'onayotgan grand - AGMK Yangiliklar

O'zbek futbolida yangi uyg'onayotgan grand - AGMK

Olmaliqning AGMK klubi yangi mavsumga, xususan OCHLga qanchalik tayyor va jamoada qanday o'zgarishlarga qo'l urilgani haqida batafsil to'xtalamiz.

Osiyo CHempionlar ligasi pley-off doirasidagi uchrashuvlarga taraddud ko'rayotgan jamoalarimiz AGMK va "Paxtakor" navbati bilan BAA yig'inidan Toshkentga qaytishdi.

Avvaliga AGMK Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi, keyinchalik "Paxtakor" Abu-Dabida yig'inni tamomlab, Toshkentga qaytdi.

BAAdan qaytgach AGMK jamoasi futbolchilariga 2 kun dam berildi va olmaliqliklar 7 fevral kuni mashg'ulotlarga qaytishdi. "Paxtakor" esa 6 fevral kuni kechasi Toshkentga qaytib kelib, 8 fevraldan mashg'ulotlarni tikladi.

Ijodiy guruhimiz navbati bilan OCHL pley-off doirasidagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoalarimiz - AGMK va "Paxtakor" mashg'ulotlariga tashrif buyurdi.

Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi AGMK 12 fevral kuni bo'ladigan "Istiqlol" jamoasiga qarshi bahsga to'liq tarkibda jiddiy taraddud ko'rmoqda. Faqatgina jamoaning yangi hujumchisi SHahzod Nurmatov endigina jarohatidan forig' bo'lgani uchun yakka tartibda individual mashg'ulotlarni o'tamoqda.

AGMK boshqaruviga Mirjalol Qosimov kelgach jamoa tarkibi tubdan o'zgardi. CHunki o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra AGMKni bir qator futbolchilar tark etishga ulgurishgandi. Murabbiy esa imkon qadar mavjud tanlovlar ichidan o'zi ishongan va bilgan futbolchilarni jamoaga chorladi. O'tgan yilgi mavsumda o'ynagan futbolchilardan faqatgina 7 nafari - Roman Abdulov, Oybek Qosimov, G'ulomHaydar G'ulomov, Jasur Hasanov, Zohir Pirimov, Zafar Polvonov va SHohnazar Norbekov jamoada qolishdi.

Yangi kelgan futbolchilarga etibor beradigan bo'lsak, mahalliy o'yinchilardan himoyachilar - Bobur Yo'ldoshev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Akmal SHorahmedov, Mirg'iyoz Sulaymonov. Yarim himoya chizig'iga Murod Toshmatov, Mirjamol Qosimov, Sanat SHixov, Dilshod Jo'raev singari futbolchilar keldi. Hujumda esa SHahzod Nurmatov va Jasur Hakimov xizmatiga murojaat qilindi.

AGMKda yaqqol yulduz futbolchilar yo'q. Qosimov mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda yaxshi saviyadagi futbolchilarni to'plab, qisqa muddat ichida raqobatbardosh jamoa tuzishi talab etiladi. Teng darajadagi futbolchilar atrofida qurilayotgan jamoada har bir poziciyada qattiq raqobat vujudga keldi. Muhimi, yangi mavsumga qadar murabbiy jamoa ichida ajoyib muhit yaratgan holda ahil kollektivni yig'ishi kerak. Qosimov esa bu ishni barcha joyda yaxshi uddalagan. Bu borada muammo tug'ilmaydi.

AGMK safida OCHL havosidan boxabar bo'lgan tajribali futbolchilar: Jasur Hasanov, Akmal SHorahmedov hamda "Nasaf" tarkibida mazkur musobaqada o'ynash tamini tatib ko'rgan Saydullo Rahmatov mavjud. SHuningdek, Qosimov ikkita legioner xizmatiga murojaat qildi - Mirolyub Kostich va Marko Zochevich.

Kostich tayanch yarim himoyachi sanaladi. Marko Zochevich esa hujumkor yarim himoyachi. Marko kerak paytdda "insayd", yani hujumchi ortida va qanot hujumi, yani vinger sifatida harakatlanishi mumkin.

BAAdagi yig'in davomida AGMK to'rtta nazorat bellashuvida maydonga tushdi va barchasida g'alabani tantana qildi. Qayd etish kerakki, nazorat uchrashuvlarida AGMKning raqiblari anoyi jamoalar bo'lgani yo'q. AGMK "SHabab Al Ahli" (1:0), "Al Dafra" (4:1), "SHarja" (1:0) hamda "Al Hamriyah" (3:2) kabi jamoalardan ustun keldi.


AGMKning "Istiqlol" jamoasiga qarshi o'yinga taraddud ko'rayotgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabon: Roman Abdulov, Suhrobjon Sultonov, Akbar To'raev

Himoyachilar
: Azamat Isroilov, Mirg'iyos Sulaymonov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, SHerzod Fayziev, Boburbek Yo'ldoshev, Akmal SHorahmedov.

Yarim himoyachilar
: Mirjamol Qosimov, Dilshod Jo'raev, Marko Zochevich, Oybek Qilichev, Sanat SHixov, Zohir Pirimov, Murod Toshmatov, Jasur Hasanov, G'ulom Haydar G'ulomov, Mirolyub Kostich, SHahboz Umarov

Hujumchilar
: Zafar Polvonov, SHoxnazar Norbekov, Jasur Hakimov, SHahzod Nurmatov.


Toshkentda davom etayotgan mashg'ulotlar ko'tarinki kayfiyatda o'tmoqda.

Jamoa tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, har bir chiziq va nuqtaga kamida ikkitadan futbolchilar taqsimotini ko'ramiz. Darvozabonlar borasida ortiqcha izohga hojat yo'q. Teng kuchli kiperlar "trio"sidan kim ko'proq tayyor va sport formasida bo'lsa, murabbiy o'shanga ishonch bildiradi. Ayniqsa Qosimov rotaciyani amalga oshirishni va barchaga imkoniyatni taqdim etishni qoyillatadigan murabbiylar sirasiga kiradi. Masalan o'ng qanotda Akmal SHorahmedovga Mirg'iyos Sulaymonov raqobat tug'dirishga urinib ko'radi. CHapda esa Sanat SHixov va Saydullo Rahmatov boshlang'ich tarkib uchun kurashadi. Himoya markazida SHerzod Fayziev, Bobur Yo'ldoshev va Sardor Rahmonov raqobatga kirishishadi.

Markazda, yani tayanch nuqtasida Mirolyub Kostich va Dilshod Jo'raev nomzodlari mavjud. Markaziy yarim himoyada Mirjamol Qosimov, Oybek Qilichev, Sanat SHixov va kerak paytda Marko Zochevich raqobatga kirishishi mumkin. Qayd etish kerakki, aslida SHixov faoliyatini hujumkor futbolchi sifatida boshlagandi. Keyinchalik futbolchi qanot himoyasida, yani chapda o'ynadi. Deyarli barcha nuqta bilan tanishib chiqqan SHixovga Qosimov maydon markazidan joy topib berishi mumkin. Har holda futbolchi mazkur nuqtada ko'rinish berishi ehtimoli mavjud.

Qanot vingerlari rolida Murod Toshmatov, Jasur Hasanov, Zohir Pirimov, G'ulomHaydar G'ulomov yoki legioner futbolchi Zochevichni ko'rishimiz mumkin. Vaziyat taqozo etsa SHixov istalgan payt bu nuqtada harakatlana oladi.

Hujumchilar borasida Polvonovga Hakimov, Nurmatov va Norbekov raqobat tug'dirishi mumkin.

SHuningdek, jamoa safida universal maqomga ega ko'plab nomlar mavjud: Dilshod Jo'raev, G'ulomHaydar G'ulomov, Sanat SHixov, Murod Toshmatov, SHohnazar Norbekov, Azamat Isroilov yoki Marko Zochevichni ko'rsatish mumkin. Mazkur futbolchilar vaziyat taqozo etsa bemalol o'z poziciyalarini o'zgartirgan holda boshqa nuqtani ham yopishlari mumkin. Aynan sanab o'tilgan futbolchilar faoliyatlari davomida turli nuqtalarda o'ynashga ulgurishgan. Bu ham murabbiyga qo'shimcha qulaylik taqdim etadigan jihatlardan biri.

To'g'ri, AGMKda ayni paytda katta nomlarga ko'z tushmaydi. SHorahmedov va Hasanovdan tashqari ayni porlayotgan futbolchilarni topish mushkulroq vazifa. Qosimov SHorahmedov va Hasanovning tajribasiga suyangan holda qo'l ostidagi futbolchilarning yashirin potencialini yuzaga chiqarishga urinib ko'radi. Bu esa murabbiyning qo'lidan keladigan yumush. Qayd etish kerakki, o'tgan mavsumda "Bunyodkor"da Qosimov bu ishni uddalagandi.

AGMK yangi mavsumda alohida nomlar orqali kuchli ko'rinmasada, jamoaviy yo'lga qo'yilayotgan o'yin evaziga istalgan raqibga etarlicha bosh og'riq taqdim etish salohiyatiga ega. Murabbiyning qo'li va jamoa o'yiniga berayotgan chizgisi muhim ahamiyatga ega.

Qosimov AGMKda nimalarni o'zgartira olishi mumkin? Avvalo jamoa mentaliteti. Buyog'iga AGMK goh OCHL yoki ichki chempionatda o'ynasin, jamoaga autsayder maqomi ostida qaraydiganlar soni keskin pasayadi. CHunki rulda g'oliblikka o'rgangan mutaxassis o'tirdi. SHuni o'ziyoq jamoa imijini ko'tarib, statusidagi o'zgarishini ham amalga oshirdi. AGMKda bundan buyog'iga g'oliblik ruhi yanada singdiriladi. O'zbekiston Kubogidagi muvaffaqiyat va jamoaga Qosimovning kelishi AGMKni nafaqat o'ziga bo'lgan munosabatini, balki raqiblar tarafidan bo'ladigan muomulani ham o'zgarrishiga olib keladi.

SHuningdek, jamoa o'yin uslubi tubdan o'zgaradi. O'tgan mavsumdagi kabi uzun paslar, to'psiz o'yin va standart vaziyatlariga tayanib o'ynaydigan jamoa o'rniga to'pni xush ko'radigan, uni nazorat qilishga urinadigan hamda pas o'ynash orqali kombinacion va pozicion hujumlarga tayanib o'ynaydigan AGMK bilan tanishamiz. Agressivlik qo'shiladi. Markazni kuchaytirish orqali o'yin tizginini nazoratda ushlab turishga katta urg'u beriladi.

Mirjalol Qosimov katta ehtimol AGMKda ham avvalgi taktik uslubidan voz kechmaydi: 4-3-3. Bu degani jamoa ikki markaziy va qanot himoyachilariga ega bo'ladi. O'rtada yaqqol tayanch zonasini yopadigan yarim himoyachi va nisbatan hujumga yaqinroq joylashadigan markaziy xavbeklar. Qanotda esa ikkita hujumkor vinger javlon uradi. O'rtada yaqqol hujumchi o'ynaydi.

"Istiqlol"ga qarshi o'yinda katta ehtimol AGMKning taxminiy tarkibi shunday ko'rinish oladi:

Akbar To'raev - Akmal SHorahmedov, SHerzod Fayziev, Bobur Yo'ldoshev, Saydullo Rahmatov - Kostich, Sanat SHixov, Marko Zochevich - Jasur Hasanov, Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.



Qayd etib o'tish kerakki, mazkur bahsda AGMKga Oybek Qilichev yordam berolmaydi. Sababi, futbolchi "Paxtakor" safida OCHL o'yinida diskvalifikaciyaga uchragan va mazkur bahsni o'tkazib yuboradi.

Dastlabki raqib nom jihatdan jiddiy ko'rinmasada, ammo yangi qurilayotgan va hali umuman rasmiy uchrashuv o'tkazmagan AGMK uchun haqiqiy bosh og'riqqa aylanishi mumkin. Ayni paytda tubdan yangilangan jamoa uchun dastlabki startni muvaffaqiyatli boshlab olish juda muhim. Ilk bellashuv esa istalgan raqibga qarshi jiddiy va nihoyatda qiyin kechadi. Biroq Qosimovning boy tajribasi hamda alohida uchrashuvga ham maxsus reja va taktik taraflama puxta yondoshishi etibori bilan AGMKning imkoniyatlarini nisbatan yaxshiroq baholashimiz mumkin. Agarda "Istiqlol" to'sig'idan o'tilsa, keyingi raqib yanada jiddiyroq. Biroq hozir "Al Nasr" haqida bosh qotiradigan palla emas. AGMKning butun murabbiylar shtabi va klub mamuriyatining bor etibori 12 fevral sanasidagi tarixiy o'yinga qaratilgan.

Nafaqat AGMK klubi tarixi, balki Olmaliq shahri uchun ham alohida qiymatga ega bahs. Jamoa ruliga afsonaviy Qosimovning kelishi, OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga tushib keladigan jamoalar va xalqaro musobaqadagi dastlabki o'yin. Raqib esa uchrashuvga yanada zeb va intriga qo'shadigan, bahsni derbiga aylantirib yuboradigan qo'shnilarimiz, Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi.

Qisqasi, butun Olmaliq shahri xalqi va futbol ishqibozlarini 12 fevral kuni AGMK stadionida kutamiz. Tarixiy o'yinda o'zbek futbolida yangi uyg'onayotgan grand — AGMKni yolg'izlatib qo'ymasliklariga ishonamiz. 

O'tgan mavsum qisqa davr jamoada ishlagan Baxtiyor Ashurmatov klub tarixida o'z izini qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Endi esa yanada jiddiyroq vazifalarni bajarish orqali Qosimov jamoa tarixidagi yangi sahifalarni ochishi talab etiladi.

12 fevral kuni OCHL doirasida maydonga tushadigan yana bir jamoamiz - "Paxtakor" haqida sal keyinroq batafsil to'xtalaman. Jamoalarimizga OMAD!


SHahboz Beg'amov

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика