So’nggi yangiliklar

00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1

Yana muxlislik madaniyati haqida ("Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi o'ylar) Yangiliklar

Yana muxlislik madaniyati haqida ("Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi o'ylar)

O'zbekistonda futbolga etibor oshgani sayin muxlislik madaniyati ham shakllanib bormoqda.

Maqolani boshlashdan oldin shuni aytmoqchimiz: buni yozib kimgadir aql o'rgatish niyatimiz yo'q - hammamiz kap-katta odamlarmiz. SHunchaki hadeb shunga o'xshash voqea takrorlanaversa bu faqat o'sha jamoa va o'sha jamoaning muxlislariga zarar bo'lishini eslatib qo'ymoqchimiz. 

Superliganing 8-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi. Uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori edi, chunki ikkala jamoadan ham hujumkor va ochiq futbol kutgandik. Yakunda shunday ham bo'ldi. "Paxtakor" 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo'lishiga qaramay, "Navbahor" "Liverpul" va "Tottenxem" qilgan ishni uddalab, "kambek" uchun o'zida kuch topa oldi va bahsni 2:2 hisobida durang bilan yakunladi. 

Bu durang "Navbahor" uchun misoli g'alabadek tatigan bo'lishi aniq. Negaki o'yinda "Paxtakor" yutuqni o'z tomoniga og'dirishi ham mumkin edi. Ramazon oyi bo'lishiga qaramay, o'yin kuni stadiondagi muhit ajoyib bo'ldi. "Paxtakor" futbol klubi tomonidan uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar va OAV xodimlariga iftorlik ulashildi. 

Muxlis kelganiga yarasha o'yin ham qiziq kechdi. Albatta, ko'pchilikning etibori "Navbahor"ning vaziyatni o'nglay olishida bo'ldi. Bu jamoa shunday o'ynashda davom etsa hali ko'pchilikka boshog'riq bo'lishi aniq. SHunday jamoaning jonkuyar muxlislari borligi ham kishini xursand qiladi. SHu kuni "Navbahor" xuddi o'z uyida harakat qilayotgandek muhitni his qilib turdi, chunki Namangandan tashrif buyurgan muxlislar bir daqiqaga bo'lsa ham jamoani yolg'iz qoldirishmadi.

 

Mana shu bellashuvda ishqibozlarning raqib jamoa va hakamlarga qanchalik bosim o'tkaza olishi yaqqol ko'rindi deya olamiz. Ehtimol, Zokir Qodirov va uning qanot yordamchisi Ruslan Samandarov yo'l qo'ygan xatolar - bazi hollarda o'yin tizgini qo'ldan chiqib ketishi, to'p autdan o'yinga kiritilganda ofsayd belgilanishi - yakunda bu ikki hakamning chetlatilishiga olib keldi. Lekin shu kuni ko'rdikki, aksar xato aynan muxlislar bosimi tufayli yuzaga keldi. 

Raqib jamoa va hakamlarga bosim o'tkazish hamma joyda uchraydi. Va buni taqiqlashga hech kimning haqqi yo'q. Lekin bosim birovni haqoratlab emas, balki o'z jamoasini olqishlagan holda bo'lishi kerak. Muxlis stadionga keldimi, marhamat jamoasini olg'a boshlasin, qo'shiq kuylasin, raqs tushsin, lekin hech kimning jo'r bo'lib "sudya falonchi" deb hayqirishga haqqi yo'q. Bu juda xunuk eshitiladi. Qolaversa hakamlar orasida insoflilari bor va shaxsan men Zokir Qodirov va uning brigadasini insofli hakamlardan deb bilaman. 

"Navbahor" muxlislariga gap bo'lishi mumkin emas. Ular mamlakatimizda eng zo'rlaridan biri. Jamoani xoh uyda, xoh safarda hech qachon yolg'iz qoldirishmaydi. Har bir jamoa o'z ishqibozlarini ulardek faol va jonkuyar bo'lishini istaydi. "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvini stadionda ko'rganim uchun bemalol aytishim mumkin, namanganlik ishqibozlar chiroyli muhitni yuzaga keltirishdi. Ular o'yinning boshidan oxirigacha jamoani qo'llab turishdi. Bahs yakuniga etganidan so'ng "islandcha qarsak" ham juda chiroyli chiqdi.


Ammo maydon tomon plastmas idishlarni otish, yoppasiga "sudya falonchi" deb baqirish, shundoq ham omonat turgan o'rindiqlarni sindirib ketish ko'zga juda xunuk ko'rinar ekan. SHu oddiy bir plastmas o'rindiqni o'rnatish uchun ham odamlar mehnat qilganini unutmaylik. "Navbahor" muxlislari deganda ko'z oldimizga avvalo jamoani baravar olqishlab turadigan ashaddiy ishqibozlar keladi. Ular nihoyatda jonkuyar, hatto dovon oshib Muborakka borishdan erinmaydi, bu tomonlama qoyil qolmay ilojimiz yo'q. 

Lekin xoh uyda, xoh safarda birinchi o'rinda muxlislik madaniyati turishini unutmaylik. To'g'risi, maydonga baklajka va har xil narsalarni otish, almisoqdan qolgan "sudya falonchi" deb baqirish, o'rindiqlarni sindirib ketish bizga yarashmaydi. Biz eronliklar emasmiz, har o'yindan keyin janjal chiqarib, hatto o'z jamoasi futbolchisini uradigan yoki murabbiyiga tosh otib boshini yoradigan. Biz - o'zbekmiz, boshqalar bizni bosiq, xushmuomala, mehmondo'st, ziyoli va odob-axloqni birinchi o'ringa qo'yadigan xalq deb biladi. Va har doim shunday tarifga munosib bo'lishga harakat qilishimiz kerak degan fikrdamiz. 

X.Xoliqov.

Reyting: -133   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика