So’nggi yangiliklar

22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2

Oybek Nurboev birinchi maoshi, futbolchilarning maoshi nega sir tutilishi va faoliyati haqida (intervyu) Yangiliklar

Oybek Nurboev birinchi maoshi, futbolchilarning maoshi nega sir tutilishi va faoliyati haqida (intervyu)

Qoraqalpoq futboli tarbiyalanuvchisi Oybek Nurboev bilan yangi mavsum oldidan suhbat qurdik. Quyida uning eng ahamiyatli fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

1.    Xudo xohlasa albatta keyingi mavsumni ham "Cementchi"da o'tkazaman. O'tgan mavsumda shunday kelishuv asosida o'tgan edim jamoaga. Klubimiz kelasi mavsumda Oliy ligada ishtirok etish uchun tayyor.

2.    Birinchi davrada “Xorazm”da to'p surib yurgan paytimda “Cementchi”dan taklif kelib tushdi. Farg'ona o'zi menga begona emas. “Neftchi”da ancha yillar to'p surgan edim. Jamoa oldiga ikkinchi davrada Oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilganini va keyingi mavsumga ham jamoa tayyor ekanligini aytishdi. Bu taklif men uchun qiziqarli bo'ldi. Boisi jamoaning oldiga qo'ygan maqsadi bor edi. Farg'onani yaxshi ko'rganim uchun ham “Cementchi” taklifini o'ylab ham o'tirmay qabul qildim.

3.    Har bir futbolchida ko'tarilish va pasayish davri bo'ladi. Oliy ligadan birinchi ligaga qaytishni men bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga deb qabul qildim. SHu bois men hech ham qiynalmay, Birinchi liga jamoasiga o'tdim. O'tgan yili “Olmaliq”da Aleksandr Erjov bilan birga ishlagandim. U “Xorazm”ga murabbiy bo'lgach, meni jamoaga taklif etdi va shu tariqa Xorazmga yo'l oldim.


4.    2007 yili “Jayhun” jamoasi qoraqalpoq futboli uchun yaxshi yil bo'ldi. Boisi 2002 yildan buyon qoraqalpoq jamoalari Birinchi ligada ham yo'q edi. 5 yil futbolsiz davr bo'ldi. O'sha payt biz endi o'sib kelayotgan edik. “Jayhun”da o'ynashni orzu qilib katta bo'ldik. 2007 yildan boshlab Oliy ligada o'ynashni niyat qildim. O'sha paytda jamoamiz ustozi Nematulla Qutibaev bizni doim qo'llab-quvvatlab turdilar. Aynan ular sababli Oliy liga jamoasida o'ynab keta oldim desam adashmayman.

5.    2009 yili Yuriy Sarkisyan qo'ls otidagi murabbiylardan biri Rustam Do'rmonovga qoraqalpog'istondagi futbolchilarni kuzatib kelishni aytgan. O'sha paytda biz ham vodiyga borib o'ynadik. Rustam aka o'shanda “Neftchi”da selektcioner sifatida ishlar edi. 2009 yilning dekabr oyida meni “Neftchi”ga chaqirishdi. Dastavval 2,5 oy davomida ko'rikdan o'tdim va keying yilning fevralida 3 yillik shartnoma imzoladim.

6.    2013 yili Yuriy Vazgenovich “Neftchi”dan istefoga chiqarildi. SHundan so'ng men ham jamoadan ketishga majbur bo'ldim. Boisi yangi murabbiylar bilan unchalik kelisha olmadik. SHuningdek o'sha paytda jarohatdan endi forig' bo'lgan edim. Murabbiylarning menga bo'lgan ishonchi yo'qligini bilgach, jamoani tark etishga qaror qildim.

7.     “Neftchi”dan ketgach, Samarqandning “Dinamo”siga bordim. Bu jamoaga meni Ravshan Xaydarov taklif qildi. O'sha paytda samarqandliklar safida Azamat Babajanov ham to'p surayotgan edi. SHu bois bu taklifga rozilib bildirdim. Yarim mavsum bu jamoada harakat qildim.

8.    2014 yili “Dinamo” mashg'ulotlarida ishtirok etayotganimda, “Buxoro” klubi taklif bilan chiqdi. Jamoa ustozi Edgar Gess klubga taklif qilgach, Ravshan Xaydarovga yangi jamoaga o'tmoqchi ekanimni aytdim va “Buxoro” bilan shartnoma imzoladim. Bir mavsum bu jamoada harakat qildim. Keyingi mavsumda jamoada murabbiy o'zgardi. Gess o'rniga kelgan Mochinov bilan shartnoma borasida kelisha olmadim va “Neftchi”ga qaytdim. Biroq bu safar jamoada o'zimni yaxshi his qila olmadim. Bir yarim yil ichida jamoada ancha o'zgarishlar bo'lgan ekan. Murod Ismoilov va Andrey Fyodorovlar bilan birga ishlashdim. Ammo, birinchi davradan ketishga majbur bo'ldim.

9.    2015 yil ikkinchi davrada “Qo'qon-1912” jamoasidan taklif tushdi. Qo'qonda 1 yil to'p surdim. Hozir bilasiz O'zbekistonda murabbiylar stabil ishlay olishmayapti. SHuning sababidan futbolchilar ham har mavsumda klublarini o'zgartirishga majbur bo'lishmoqda. Masalan “Nasaf” jamoasida Ro'ziqul Berdiev stabil ishlamoqda va uning jamoasi shunga yarasha natija ko'rsatyapti. Bir murabbiy bitta jamoada 5-6 yil ishlashi qiyin bo'lyapti. Har safar jamoada murabbiy o'zgargach, u o'zi bilan birga futbolchilarni olib keladi va oldingi futbolchilarga etibor bermaydi. SHuning sababidan ham futbolchilar tez-tez jamoa o'zgartirishga majbur bo'lishyapti.

10.      2016 yilning ikkinchi davrasida Igor SHkvirin meni “Olmaliq”qa taklif qildi. Klubda jamoadoshlarim bilan tez chiqishib keta oldim. Biroq mavsum yakunida SHkvirin ham jamoadan ketdi. SHundan so'ng 2017 yilda men “Xorazm”ga o'tdim.

11.     Xudoga shukr shu paytgacha maydondan chetlatilmaganman. Faoliyatimning so'ngiga qadar qizil kartochka olmaslikka harakat qilaman.

12.     Birinchi maoshim “Jayhun” jamoasida 60 ming so'm bo'lgan edi.

13.    Nega futbolchilarning maoshlari sir tutiladi? Masalan ikki himoyachi shartnoma tuzdi deylik. Bu kelishuvga bog'liq. Birinchi himoyachi murabbiyga borib nega mening maoshim 1 million so'm, nega uniki 2 million so'm, axir biz bir hil o'ynayapmizku deb etiroz bildirishi mumkin. Ichki muhit buzilmasligi uchun ham maoshlar sir tutiladi.

14.     SHartnoma tuzayotganda birinchi klubning statistikasi, holati, o'tgan mavsumdagi egallagan o'rni, murabbiyi va moliyaviy tomoniga etibor beraman.

Furqat Yusupov tayyorladi



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика