Ouen: “Koutino “Barselona”ga o'tadi deb o'ylamayman”
03 avg 2017 23:05
Yangiliklar
Ouen: “Koutino “Barselona”ga o'tadi deb o'ylamayman”
“Liverpul”ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen mersisaydliklar yarim himoyachisi Filippe Koutinoning “Barselona”ga o'tib ketishiga ishonmayapti.
“Ispaniyada Neymarning jamoani tark etishi haqida gapirishmoqda. Uning fonida Koutinoni “Barselona”ga o'tishi haqidagi gap so'zlar ko'paydi. Gap shundaki, Felippe yaqinda jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi va uni Liverpulda barcha narsa qoniqtirmoqda. Klub CHempionlar ligasida ishtirok etadi, jamoa esa shubhasiz kuchaydi. O'ylaymanki, ular shartnomani uzaytirib, yaxshi ishni amalga oshirishdi. Eng yomon holatda “Liverpul” katta mablag'ga ega bo'lishi mumkin. Amm, o'ylashimcha, bu ish amalga oshmaydi”, deydi Maykl Ouen.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar