So’nggi yangiliklar

23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  1 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  3 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  7 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  5 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  20 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  8 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  3 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1

"Turon" Supreligaga yo'l oldi, "Lokomotiv" esa Pro-ligaga ravona bo'ldi! Yangiliklar

"Turon" Supreligaga yo'l oldi, "Lokomotiv" esa Pro-ligaga ravona bo'ldi!

"Turon" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi o'tish uchrashuvi yakunlandi.

25 noyabr, juma

"Turon" – "Lokomotiv" 2:1

Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 15:00

Hakamlar: Asker Najafaliev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Doston Mirzaraimov

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov 

AVAR hakami: Ziyodulla Abdurahmonov 

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: Humoyun Murtozaev, 12 (1:0), Sanjar Qodirqulov, 37 (1:1), Sardor Abdunabiev, 76 (2:1)

"Turon": 12.Akmal Tursunboev, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 5.Marlen CHobanov, 9.Aziz Ibragimov (20.Jasurbek O'rinov, 68), 10.Humoyun Murtozaev (11.Rustamxon Azimov, 81), 18.Abdug'ani Kamolov, 19.Sardor Abduraimov (89.Sergey Morozov, 88), 21.Azam Aliev, 22.G'olibjon Sariboev, 30.Sardor Abdunabiev, 55.Xushnudbek Avilov

Zaxira: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 7.Qahramon Bahodirov, 14.Doniyor Ismoilov, 23.Mirzohid Mirzamahmudov, 34.Saidafzalxon Axrorov, 88.Sardor Telyakov

"Lokomotiv": 13.Rustam Nortojiev, 3.Islomjon Qobilov (s), 8.Nurmuhammad Toshpo'latov, 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Etame Jerome, 20.Jaloliddin Jumaboev, 22.Manuchehr Safarov, 25.Mo'minjon Meliev (18.Ali Abdurahmonov, 77), 27.Islom Rashidxonov (34.Anvar Alijonov, 77), 98.Maruf Jumaev (10.Jasur Jaloliddinov, 61)

Zaxira: 30.Asilbek Amanov, 6.Alisher Salimov, 21.G'ulom Haydar Gulyamov, 24.SHerzod Komilov, 44.Samuel Opeh, 77.Ivan Nagaev

Ogohlantirishlar: Maruf Jumaev (42), Jaloliddin Jumaboev (57), Sanjar Qodirqulov (68)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Turon" Supreligaga yo'llanmasini qo'lga kiritdi, "Lokomotiv" esa Pro-ligaga tushib ketdi!

90+3. "Lokomotiv" ketma-ket hujumlar tashkil etmoqda, ammo samara yo'q.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

88. Mezbonlarda o'zgarish: Sardor Abduraimov o'rniga Sergey Morozov maydonga tushirildi.

85. Mezbonlarning jarima zarbasini toshkentliklar qaytardi.

81. "Turon" safida o'zgarish: Humoyun Murtozaev o'rniga Rustamxon Azimov maydonga tushirildi.

79. Jerome chap qanotdan ichkariga kirishga harakat qildi, ammo vodiylik futbolchilar uni zararsizlantirishdi.

77. "Lokomotiv"da ikki o'zgarish: Mo'minjon Meliev va Islom Rashidxonov o'rniga Ali Abdurahmonov va Anvar Alijonov o'yinga qo'shildi.

76. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Sardor Abdunabiev "Turon"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi — 2:1!


73. "Loko" futbolchilari chap qanotdan xavfli uzatma amalga oshirishdi, "Turon" himoyachisi to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

71. "Lokomotiv"da standart yuzaga keldi, jarima zarbasidan so'ng Tursunboev seyv ijro etdi.

68. "Turon"da o'zgarish: Aziz Ibragimov o'rniga Jasurbek O'rinov maydonga tushirildi.

67. Aziz Ibragimov hujumda qo'l bilan o'ynadi.

63. Hakam uzoq vaqt VAR bilan gaplashdi va golni bekor qilish qarorida qoldi.

61. "Lokomotiv"da o'zgarish: Maruf Jumaev o'rniga Jasur Jaloliddinov maydonga tushirildi.

58. "Turon" gol urdi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tardi. Hakam VAR bilan suhbatlashmoqda.

57. "Lokomotiv" futbolchisi Jumaboev ogohlantirildi va jarima zarbasi belgilandi.

56. Endi "Lokomotiv" xavfli hujum sodir etdi, "Turon" himoyachisining say-harakatlari evaziga hujum bartaraf etildi.

54. "Turon"da yana ketma-ket ikki xavfli hujum sodir etildi, ammo mezbonlar unumli foydalana olishmadi.

54. Abdurashidovning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, to'p darvoza to'rining ustidan qo'nim topdi.


51. Murtozaev hujumda yiqitildi, ammo vodiyliklar forvardi ofsaydda qolgan ekan.

49. "Turon" jarima maydoni ichida xavfli vaziyat yuzaga keldi, yaypanliklar baxtiga qanotdan oshirilgan to'pga Etame etolmadi.

46. "Lokomotiv" posboni pas berishda xatoga yo'l qo'ydi, uning xatosini himoyachi to'g'riladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+2. O'ng qanotdan uzatma natijasida Sardor Abdunabievning bosh bilan yo'llagan zarbasini Nortojiev ushlab oldi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Turon" o'yinchisi burchak zarbasini ijro etdi, biroq to'p qaytarildi, qaytgan to'pga esa Abdurashidov o'ta noaniq zarba berdi.


42. Azam Alievga nisbatan qo'pollik ishlatildi, oqibatda "Lokomotiv" futbolchisi ogohlantirildi.

40. Rustam Nortojiev "Lokomotiv"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi!

39. Mehmonlar hujumda qoida buzdi.

37. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Sanjar Qodirqulov kutilmaganda uzoq masofadan raqib darvozasiga to'pni joylab qo'ydi. Hakam har ehtimolga qarshi hujumda qo'pollik ishlatilgan-ishlatilmagani bo'yicha VARni ko'rdi, gol inobatga olindi.

36. "Lokomotiv" burchak zarbasi ishlab oldi, standart natijasida yaypanliklar to'pni qaytardi.

35. Aziz Ibragimov "Lokomotiv" posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uni aldab o'ta olmadi! Ofsayd ham qayd etilgan ekan.

32. "Turon" futbolchisi o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va sherigiga to'pni uzatdi, Sardor Abdunabievning akrobatik zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

29. Jaloliddin Jumaboev uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, Tursunboev to'pni egallab oldi.

27. "Lokomotiv"ning yana bir futbolchisiga markazda tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

26. Uzatmani Tursunboev egallab oldi va qarshi hujum boshladi, ammo "Turon" futbolchilari vaziyatni yakunlay olmadi.

25. Mehmonlarda navbatdagi burchak zarbasi ijro etiladi. Xurshid Muxtorovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

23. "Lokomotiv" burchak zarbasi ijro etdi, mezbonlar bir amallab to'pni qaytardi.

22. Islom Rashidxonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi, mehmonlarda standart vaziyat. Jarima zarbasi bartaraf etildi.

20. Manuchehr Safarov raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, agar qoida buzilmay to'p olib qo'yilganda, xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.

18. Aziz Ibragimov sherigiga Mbappe zo'rg'a etadigan tezlikdagi uzatma amalga oshirdi, natijada to'p maydonni tark etdi.

17. Maydonda yiqilgan mehmonlar futbolchisi hakam jarima zarbasi belgilamagach, alamini raqibidan oldindan. SHundan so'ng hakam hushtagini chaldi, faqat mezbonlar foydasiga.

16. Murtozaev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda darvozaga aniq zarba bera olmadi.

"Turon" muxlislari "G'ayra-g'ayra"ni boshlab yuborishdi.

14. "Lokomotiv" futbolchisi sherigini oldinga boshladi, ammo uning uzatmasi noaniq chiqdi.

12. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! BURCHAKDAN UZATILGAN TO'PNI MURTOZAEV BOSH BILAN "LOKOMOTIV" DARVOZASIGA JOYLAB QO'YDI!


11. Burchak uzatmasidan so'ng "Turon" futbolchisining zarbasi xavfli chiqdi, ammo noaniq ko'rinish oldi.

10. O'ng qanotdan uzatma natijasida Murtozaev darvozaga zarba yo'lladi, to'p "Loko" himoyachisining oyog'iga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

9. "Turon" chap qanotdan hujum uyutirgandi, Safarov to'pni qaytardi, to'pni mehmonlar nazorat qilmoqda.

8. Murtozaevni sherigi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarmoqchi edi, ammo uning uzatmasi kuchli chiqdi, Humoyun esa to'pga etolmadi.

7. Maydon markazida "Lokomotiv" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

6. Muxtorovning jarima zarbasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

5. Jumaevga nisbatan qoida buzildi, mehmonlar standart ishlab oldi.

4. "Turon" o'ng qanotdan ikki bor o'ng qanotdan hujum tashkillashtirdi va yakunda xavfli zarba bilan yakunlandi. Ammo aniqlik etishmadi.

3. Jerome burchakdan uzatilgan to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi, natijada mezbonlar xavfni bartaraf etdi.

2. "Lokomotiv" futbolchilari o'ng qanotdan hujum tashkillashtirish oqibatida burchak zarbasi ishlab oldi.

1. Uchrashuvni "Lokomotiv" futbolchisi boshlab berdi.

Bugun "Turon" jamoasi oq, "Lokomotiv" esa qizil rangli libosda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

"Turon" muxlislari h harfini yoqtirishmaydi shekilli, bannerlaridagi barcha so'zlarni x bilan ifodalagan. Lekin hozir imlo haqida gapirish muhimmas, ular o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashga shay. Qolaversa, Toshkentdan ham mehmon jamoa muxlislari tashrif buyurgan.

Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda.

O'tish o'yini. "Turon" – "Lokomotiv". Jamoalar stadionga etib kelishdi

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaypanda futbolbop ob-havo hukm surmoqda, bugun ajoyib qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz, degan umiddaman.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика