O'tgan mavsum "Nasaf" sharafini himoya qilgan futbolchi "Paxtakor"ga o'tdi
03 jan 2023 00:35
Yangiliklar
O'tgan mavsum "Nasaf" sharafini himoya qilgan futbolchi "Paxtakor"ga o'tdi
Yakunlangan mavsumda "Nasaf" sharafini himoya qilib, klub bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan Dilshod Saitov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradigan bo'ldi.
Saitov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klubning Telegram kanalida elon qilindi.
"Tez orada 24 yoshga to'ladigan himoyachi hozirga qadar "Nasaf" sharafini himoya qilgan. Superligada 106 o'yinda 11 gol muallifi bo'lgan. CHempionlar Ligasida 14 bahsda maydonga tushgan. Futbolchi va klub o'rtasida uch yillik shartnomaga imzo chekildi. U erkin agent sifatida jamoamizga ko'chib o'tdi" - deyiladi "Paxtakor" elon qilgan xabarda.
Oldinroq saytimizda "Paxtakor" Papava hamda "Nasaf" himoyachisi bilan shartnoma tuzgani elon qilingan edi.
Fikrlar