So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Интер" "Аталанта"ни "аямай савалади"  2 01:39Расман: "Манчестер Юнайтед" 60 миллионлик трансферни эълон қилди  1 01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  5 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  2 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   12 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  14 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  5 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  8 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  8 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  3 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  21 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  8 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  391 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  52 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  1

Otabek Valijonov: "Bangladeshdan Hindistonga reyslar bo'lmaganligi tufayli o'zbekistonlik futbolchilar yurtlariga qayta olmayapti" Yangiliklar

Otabek Valijonov: "Bangladeshdan Hindistonga reyslar bo'lmaganligi tufayli o'zbekistonlik futbolchilar yurtlariga qayta olmayapti"

Bugungi kunda Bangladesh chempionatida qariyb olti nafardan ziyod o'zbekistonlik futbolchilar o'ynamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda va turli manbalarda Bangladeshda to'p tepayotgan hamyurtlarimizning koronavirus pandemiyasi sababli og'ir ahvolga tushib qolgani haqida malumotlar paydo bo'ldi. CHarter reyslar orqali ham ular yurtimizga qayta olishmayapti. Ha, bu balo barcha sohalar qatori millionlar o'yiniga ham o'zining tasirini o'tkazmay qolmadi. Deyarli to'rt oydan beri to'xtab qolgan Bangladesh chempionatida ayrim klublar legioner futbolchilarga qo'lidan kegancha yordam berayotgan bo'lsa, futbolchilarni o'z holiga tashlab qo'yayotgan jamoalar ham yo'q emas. Xo'sh bu borada mamlakatda ayni paytda vaziyat qanday? Futbolchilarimizni nima ko'proq tashvishga solmoqda? Ikki mavsumdan beri mazkur chempionatda harakat qilayotgan "Navbahor", "Sug'diyona", "Andijon" jamoalari sobiq futbolchisi Otabek Valijonov bilan suhbat uyushtirdik.

- Bangladeshda to'p tepayotgan futbolchilarimiz noqulay sharoitda ekanligi haqida turli ijtimoiy tarmoqlarda o'qidik. Keling dastlab Bangladeshdagi ayni paytdagi vaziyat hususida fikr bildirib o'tsangiz. Koronavirus qay darajada tasir qilmoqda? Mamlakatda muhit qanday?

- O'zbekistondagi barcha muxlislarimga va yaqinlarimga salomimni yo'llamoqchiman. Internet tarmoqlarida tarqalayotgan gap va so'zlarni ayrimlari to'g'ri bo'lishi mumkin. Lekin, ochig'ini va to'g'risini aytish kerak. Ertaga har bir narsani javobi bor. Haqiqatni va bor gapni aytmoqchiman. Bangladeshda ayni vaqtdagi vaziyat haqida aytadigan bo'lsam, haqiqatdan bu erda borgan sari koronavirusga chalinganlar soni ko'payib bormoqda. Mana misol biz to'rt oydan beri uyda o'tiribmiz. Faqat, jamoamizni ishchilariga ovqat va bozorlik uchun pul beramiz, ular olib kelib berishadi. Ro'yhat qilib yozib beramiz. Ko'p saytlarda chetga ketganmisan o'sha ishlayotgan joyingda o'tir, kelma degan fikrlarni  o'qimoqdamiz. SHunaqa xulosaga keldimki, men shu erda ishlayapmanmi, shu erda halol mehnat qilib oilamni boqmoqdaman. 

Biroz bo'lsada karantin choralari yumshagan. Odamlar ehtiyot bo'lib ko'chada yurishibdi. Lekin, biz karanatin boshlangandan beri uydamiz. O'zbekistonga qaytib, koronavirus yuqtirmaslikni o'ylab shu holatda yashayapmiz. 

- Klublar va mamlakat futbol federaciyasi futbolchilarning taqdiriga befarq emasmi? Ko'chaga tashab qo'yish holatlari ham uchrayotgani haqida eshitdik...

- Jamoalar ayrim futbolchilar bilan shartnomalarni bekor qilgani rost. Ikki oylik maoshini ham bergan. Lekin, har bir jamoa futbolchilarga ovqatlanishiga mablag' ajratmoqda. To'g'ri, bazi bir klublar ikki yoki uch kun kechikmoqda. Virus sababli hech kim ko'chaga chiqmagani uchun kechikkan bo'lishi mumkin. Ovqat puli yoki bitta futbolchi bilan munozaraga borib kelisha olmagan holatlar haqida eshitmadim. Hammani rozi qilib shartnomalarni bekor qilishgani haqida xabar topdim. Norozi bo'lmagan futbolchini ko'rmadim. Jamoalardan va federaciyadan hech qanday yomonlik ko'rmadik. Lekin, ko'chaga tashab qo'ygani haqidagi malumotlar assosiz. U narsaga bu erdagilar yo'l qo'ymaydi ham. Bangladeshda o'zbekistonlik futbolchilarga hurmat katta.  Misol uchun Premer ligada 13ta jamoa harakat qilsa, u erdagi bironta futbolchini norozi qilganini ko'rmadim. Federaciyadagilar hurmatini joyiga qo'yib rozi qilib o'z yurtiga jo'natib yubormoqda. Hozircha faqat kamerunlik va o'zbekistonlik legionerlar ketgani yo'q. 

- CHempionat mart oyida to'xtatilgan. Klublar futbolchilar bilan shartnomalarni bekor qilishganini takidladingiz.  Legionerlar o'z vatanlariga qaytishda qanday muammolarga uchrashmoqda?

- Bu erda mart oyida chempionat to'xtatilganidan keyin barchani shartnomasi bekor qilingan. SHuning uchun ko'p futbolchilar karantinda uyda o'tirishibdi. Iloji boricha tezroq yurtlariga ketishni o'ylashmoqda. SHu maqsadda Hindistondagi elchixonaga murojaat qilishni boshlashdi. O'zbekistondan to'rtta somalyot Hindistonga kelgan bo'lsa, ulardan ikkitasiga ulgura olmasdik. Lekin, qolgan ikkita reysga chiqib olishimiz kerak edi. Bangladeshdan Hindistonga reyslar bo'lmayotgani uchun bizda Hindistonga borishga variant bo'lmadi. Biz harakat qildik. Boshqa mamlakat elchixonalariga chiqdik. Ular faqat Hindiston elchixonasi yordam bera olishini aytishdi. Hindiston elchixonasiga barcha shaxsiy malumotlarimizni berdik. Navbatga yozdirilib qo'ydik. Mana shunga ham to'rt oy bo'ldi. Keyin elchixonadagilar uydan chiqmasdan sabr qilib o'tirishimizni tez orada qaytarishligini aytishdi. Yani Bangladeshdan Hindistonga o'tib olish yo'lini topa olmadik.


Otabek Valijonov 10-raqamda.

- Alisher Azizovning ijtimoiy tarmoqlarga bergan intervyusiga munosabatingiz...

- Alisherni intervyusini o'qidim. Haqiqatdan ham charter reyslar bo'ldi. Sabablarini yuqorida keltirib o'tdim. Bangladeshga O'zbekistondan charter reyslar kelmadi. Faqat Evropa va Amerika qitasi davlatlaridan o'z fuqarolarini olib ketish uchun reyslar bo'ldi. O'zbekistondagi elchixonalar bilan mart oyidan beri aloqadamiz. Ular ham turli yo'llarni izlashmoqda. Harakat qilishmoqda. Ammo, shu vaqtga qadar Hindistonga reyslar bo'lmagani uchun sabr qilib kutmqodamiz. Umid qilamizki tez orada o'z yurtimizga va oilamiz bag'rira qaytamiz. 

- Yangi mavsum qachon boshlanishi haqida xabarlar yangradimi?

- Eshitishim bo'yicha, sentyabr va oktyabr oylarida mashg'ulotlar va yig'inlar boshlanadi degan gap bor. Kimni shartnomasi bo'lsa bemalol kelib o'ynayveradi. 

- Bilishimizga qaraganda yangi jamoa bilan kelishuvga erishibsiz...

- Ha, bu rost. Yangi mavsumni "SHeyx Jamal" jamoasida boshlayman. Avvalgi jamoam "Brazers Yunion" bilan bitmni bekor qildim. Bir yillik shartnomam bor. Barcha muxlislarga va yaqinlarimga sog'lik va salomatlik tilayman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика