Otabek SHukurov: "Futbolchi sifatida hech qachon o'zimdan qoniqmasam kerak"
31 may 2022 20:35
Yangiliklar
Otabek SHukurov: "Futbolchi sifatida hech qachon o'zimdan qoniqmasam kerak"
Bugun terma jamoamiz yig'iniga kelib qo'shilgan O'zbekiston termasi va BAAning "SHarja" klubi yarim himoyachisi Otabek SHukurov bir nechta savollarimizga javob qaytardi.
- BAA chempionatida "SHarja" klubi bilan 2-o'rinni oldingiz. Bu bilan sizni tabriklaymiz. Umuman olganda, yakunlangan mavsum haqida fikrlaringiz qanday?
- Katta rahmat. Aytganingizdek, mavsumni kumush medal bilan yakunladik. Mavsum boshida murabbiylar almashinuvi ro'y berdi. O'shandan keyin chempionlikka harakat bo'ldi, biroq baribir "Al Ayn"ga eta olmadik. Prezident Kubogida ham finalga chiqdik, ammo prezident vafot etgani tufayli u qoldirildi. Klubimizning asosiy maqsadi – Prezident Kubogini qo'lga kiritish.
- Individual natijalaringizdan qoniqdingizmi?
- Futbolchi sifatida hech qachon o'zimdan qoniqmasam kerak. CHunki ko'p narsani o'ylaysiz, lekin ozginasiga etishasiz. Alhamdulilloh, Alloh eng yaxshisiga loyiq ko'radi.
- O'tgan mavsum yakunida yozgan postingizdan so'ng ko'pchilik, hatto saytimiz ham sizni "SHarja" bilan xayrlashdi, deb yozgandi. Lekin mana bir mavsum o'ynadingiz. Ushbu mavsum "SHarja"dagi so'nggi mavsumingizmi?
- Professional futbolchi sifatida hali bir yillik shartnomam bor. Hozir bu haqda gapirishim sal noto'g'ri bo'ladi. InshaAlloh, kuchliroq chempionatda o'ynashni niyat qilganman. Buni oldindan niyat qilib kelganman. Ammo hali 1 yillik kelishuv borligi uchun hozir aniq bir narsa deyolmayman.
- Uzoq muddatli mavsumdan so'ng terma jamoa safiga kelib qo'shildingiz. Oldinda kutib turgan raqiblar, Namandagi o'yinlar xususida nima deya olasiz?
- Termamiz yigitlari kecha yig'ilishgan. Bugundan biz ham kelib qo'shildik. Terma jamoada o'ynash katta masuliyatni talab qiladi, vatan va xalq shani turadi. Futbolchi sifatida bunga jiddiy qarayman. Futbolda oldindan yutib bo'lmaydi. Astoydil tayyorgarlik ko'rib, kerakli natijani qo'lga kiritamiz. Uchrashuvlar o'z uyimizda – Namanganda o'tyapti. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Ertaga O'zbekistonda U-23 Osiyo Kubogi start oladi. Ukalaringizga qanday tilaklaringiz bor? Musobaqa haqida qanday fikrdasiz?
- SHunday katta musobaqa O'zbekiston mezbonligi ostida o'tishidan xursandmiz. Olimpiyachilarimizga bo'lgan etibor ham katta. "Olimpik" jamoasi o'tgan mavsumda Pro ligada o'ynab, munosib natijaga erishdi va mana Superligada ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Bizning davrimizda bunday bo'lmagan. SHunaqa qaror qabul qilgan ko'p davlatlarni bilaman. Bu juda ham muhim. CHunki terma jamoa bir yilda 5 marta yig'ilgani qaerda-yu, bir yil davomida bir jamoa bo'lib o'ynagani qaerda.
InshaAlloh, ukalarimizga omad tilaymiz. Osiyo Kubogini Olimpiadaga yo'llanma beruvchi saralash uchrashuvidek qabul qilib harakat qilishlarini kutamiz. Ularning asosiy vazifasi – Olimpiadaga chiqish. Jamoaga bu yo'lda omad tilaymiz.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 4 iyun kuni charter reys orqali Namanganga uchib ketadi.
SHukurov va O'runov keldi. MTJning "Bunyodkor"dagi mashg'uloti qanday o'tdi?
Fikrlar