So’nggi yangiliklar

22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   29 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  4 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  22

Otabek Isroilov: Cementchi bilan og'zaki kelishuvga erishdim Yangiliklar

Otabek Isroilov: Cementchi bilan og'zaki kelishuvga erishdim

O'tgan yili Navoiyning Qizilqum jamoasi sharafini himoya qilgan Otabek Isroilov katta extimol joriy mavsumni boshqa klubda o'tkazadi.

Boisi 29 yoshli hujumchi hozirda Super liga debyutanti «Cementchi» mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Yaqinda quvasoyliklar Andijonga safar uyushtirib, nazorat-sinov bahsini o'tkazdi. Mazkur bellashuv chog'ida Isroilov bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Xabaringiz bor, o'tkan mavsum «Qizilqum» uchun o'ynadim. Rosti, 2017 yil futbolchilik faoliyatimda biroz omadsiz kechdi. Navoiyda o'zim istagandek, o'ynab keta olmadim. Buni o'ziga yarasha sabablari bor albatta. Lekin endi bu haqda gapirishdan foyda yo'q. Jamoa bilan amalda shartnomam mavsum so'nggiga kelib, o'z kuchini yo'qotdi. SHundan so'ng muhitni o'zgartirishga qaror qildim. Bu orada menga «Cementchi»dan taklif tushdi. Ortiqcha o'ylab o'tirmasdan, quvasoyliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kelib qo'shildim - deya gap boshladi Otabek Isroilov.

- Ko'rib turganingizdek, ayni damda yangi mavsumga «Cementchi» safida tayyorgarlik ko'rmoqdaman. Hozircha rasman shartnoma tuzmagan bo'lsakda, bosh murabbiy Abdumalik Hakimov bilan og'zaki ravishda kelishuvga erishdik. Aslida klub hozircha hech qaysi futbolchi bilan bitim imzolagani yo'q. Menimcha yaqinda bo'lib o'tadigan «Farg'ona hokimi Kubogi-2018» turniridan so'ng shartnomalar tuzilsa kerak.

- Ochig'ini aytganda, super ligada bu yil Farg'onadan qaysi jamoa «Cementchi» yoki «Neftchi»ni qatnashishi so'roq ostida bo'lib turgani ham, ko'pchilikni o'ylantirib qo'ymoqda. Bu borada turli xil asossiz gap-so'zlar yuribdi. Aytishlaricha fevralga qadar barcha masalaga oydinlik kiritiladi.

- Maqsadim bu yil Farg'onada o'ynash. Uyimga yaqin bo'lgani uchun ham «Cementchi» variantini tanlashga qaror qildim.

- Yangi jamoaga qisqa fursat ichida kirishib keta oldim. CHunki bu erda ham o'zim avvaldan bilgan do'stlarim o'ynamoqda. Ular bilan bir-birimizni tushunib ketishimiz hech qanday muammo tug'dirmayapti.

- Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik sxemalar ustida ishlayapmiz. O'ylaymanki murabbiylar shtabi, Quvasoyda yaxshi jamoa shakllantirmoqda. Menimcha mavsum startiga qadar tarkib yanada kuchaytirilsa kerak. Hokim kubogi musobaqasi ham jamoamiz uchun foydali bo'ladi va undagi o'yinlar orqali murabbiylar kimni nimaga qodirligini yanada yaxshiroq bilib olsa ajab emas - deydi Isroilov.

Islombek Rustambekov.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика