So’nggi yangiliklar

08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  0 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  6 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  6 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  6 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  14 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  175

Oston O'runovning "Spartak"dagi debyuti haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan barcha narsa Yangiliklar

Oston O'runovning "Spartak"dagi debyuti haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan barcha narsa

Rossiya premer-ligasining 6-turida "Spartak" o'z maydonida Tulaning "Arsenal" klubini qabul qilib 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Bahs taqdiri birinchi taymning o'zida hal bo'ldi. "Spartak" Aleksandr Sobolev va Samuel Jigoning gollari evaziga 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Spartak Moscow

Aleksandr Sobolev - 41', Samuel Gigot - 45'

Premier League . 6-tur

29/08/2020, 21:00

1
:
2
Tugadi

Arsenal Tula

Daniil Khlusevich - 36'

Stadion: Otkrytiye Arena

45'
90'
41'  Aleksandr Sobolev
41'  Zelimkhan Bakaev
45'  Samuel Gigot
45'  Jordan Larsson
57'  Zelimkhan Bakaev (Guus Til)
69'  Guus Til (Oston Urunov)
69'  Nail Umyarov (Andrei Eshchenko)
71'  Samuel Gigot
88'  Jordan Larsson (Reziuan Mirzov)
13'  Daniil Lesovoy
30'  Artem Sokol
36'  Daniil Khlusevich
36'  Evans Kangwa
42'  Vladislav Panteleev
45'  Daniil Lesovoy
69'  Vladislav Panteleev (Igor Gorbatenko)
69'  Evans Kangwa (Lameck Banda)
78'  Georgi Kostadinov (Sergey Tkachev)
78'  Kings Kangwa (Goran Causic)
84'  Daniil Khlusevich (Aleksandr Dovbnya)
90'  Goran Causic


Biz uchun muhim voqea ikkinchi taymda sodir bo'ldi. Bahsning 69-daqiqasida Gus Til jarohat olgach uning o'rniga o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov maydonga tushdi.


  
 


Boshida O'runov bir necha bor kutilmaganda to'p yo'qotdi. Buni hayajon bilan bog'laymiz. Biroq umuman olganda hamyurtimiz "Spartak" tarkibidagi ilk o'yinida yomon o'ynagani yo'q. Buni raqamlar ham aytib turibdi.

Oston O'runov "Spartak" safidagi debyut uchrashuvida maydonda 25 daqiqa harakat qildi va 16 bor sheriklariga to'p uzatishni amalga oshirdi. Ularning barchasi (!) aniq bo'ldi. Bir bor raqib Ostonni yiqitdi va "Spartak" jarima to'piga ega bo'ldi. Uch marta O'runov to'pni olib qo'ydi va 12 bor yakkakurashga kirishdi. SHundan 6tasida g'olib bo'ldi. Oston 7 marta to'p bilan raqibni ortda qoldirib oldinga o'tishga harakat qildi, bu harakatlarning 71 foizi muvaffaqiyatli chiqdi.



O'yindan keyingi matbuot anjumanida ayni paytda Moskva shahrida bo'lib turgan saytimiz asoschisi Gayrat Xasbiullin "Spartak" ustoziga Oston O'runovning debyuti haqida qanday fikrdasiz deb savol berdi. Bosh murabbiy unga quyidagicha javob berdi:

"Oston bugun yaxshi debyut qildi. Boshida u biroz hayajonlangani sezildi. Bu tabiiy hol, bunday katta klubda, katta stadionda, ko'plab muxlislar qarshisida, kerak bo'lmagan joylarda bir necha bor to'p yo'qotdi. Keyinroq o'z o'ziga keldi. U hali yosh ekanligini unutmang, jamoaga ham, biz namoyish etayotgan o'yinga va taktikamizga moslashishi kerak. Unga hech qanday bosim qilinmayapti. Yosh futbolchiga bosim qilmaymiz ham. Ishlashda davom etamiz va barchasi yaxshi bo'ladi deb umid qilamiz".




Oston O'runov ham uchrashuvdan keyin mikst-zonada savollarga javob berdi. Quyidagi videoda biroz tortinchoq bo'lgan hamyurtimiz rus tilida hamon u qadar yaxshi so'zlasha olmayotganini ko'rish mumkin. Biroq bu narsa tezda o'tib ketishiga va xuddi maydonda bo'lgani kabi rus tilida ham erkin so'zlasha olishiga umid qilamiz.




Endi Rossiya chempionatida FIFA kunlari munosabati bilan qisqa tanaffus yuzaga keladi. "Spartak" navbatdagi o'yinni 12 sentyabr kuni Moskva derbisi doirasida CSKAga qarshi o'tkazadi.


CSKA Moscow

Hoerdur Magnusson - 30', Nikola Vlasic - 45', Chidera Ejuke - 90'

Premier League . 7-tur

13/09/2020, 22:00

1
:
3
Tugadi

Spartak Moscow

Ezequiel Ponce - 11'

Stadion: VEB Arena

45'
90'
1'  Vadim Karpov
30'  Hoerdur Magnusson
30'  Ivan Oblyakov
45'  Nikola Vlasic
45'  Mario Fernandes
65'  Nair Tiknizyan (Baktiyor Zaynutdinov)
65'  Fedor Chalov (Chidera Ejuke)
83'  Konstantin Kuchaev (Jaka Bijol)
88'  Nikola Vlasic (Kristijan Bistrovic)
90'  Chidera Ejuke
90'  Ivan Oblyakov
90'  Hoerdur Magnusson
90'  Georgi Shchennikov
11'  Ezequiel Ponce
11'  Zelimkhan Bakaev
29'  Pavel Maslov
34'  Ayrton Lucas
56'  Zelimkhan Bakaev (Aleksandr Kokorin)
56'  Ezequiel Ponce (Aleksandr Sobolev)
58'  Aleksandr Sobolev
77'  Nail Umyarov (Oston Urunov)
90'  Oston Urunov


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика