Oston O'runov Spartak safida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Transfer haqida yaqin ikki kun ichida elon qilinadi
03 avg 2020 23:25
Yangiliklar
Oston O'runov Spartak safida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Transfer haqida yaqin ikki kun ichida elon qilinadi
Ufa yarim himoyachisi Oston O'runov Spartakka o'tishi deyarli aniq.
19 yoshli xavbek Moskva klubi safida bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi, uning transferi haqida ertaga yoki indinga elon qilinadi. Bu haqda «Sport-Ekspress» jurnalisti Vyacheslav Korotkin o'z telegram-kanalida malum qildi.
Oldinroq «Spartak» o'zbekistonlik futbolchi uchun 2 million evro to'lashi haqida xabar chiqqandi. Bundan tashqari, O'runov yangi klubi safida yiliga 600 ming evro maosh olishi haqida ham xabar berilgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar