Oston O'runov O'zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oldi
06 sen 2022 14:17
Yangiliklar


Oston O'runov O'zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oldi
"Ural" yarim himoyachisi Oston O'runov O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi, deb xabar bermoqda Ekaterinburg klubi matbuot xizmati.
19-28 sentyabr kunlari terma jamoa yig'in o'tkazish uchun Janubiy Koreyaga jo'nab ketadi.
23-kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Kamerun, 27-kuni esa Kosta-Rika bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Malumot uchun, "Ural" 2 sentyabr kuni o'zbekistonlik 21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini malum qilgandi. Ekaterinburg klubi va O'runov o'rtasidagi kelishuv 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar