Edersonning "Galatasaroy"ga transferi: "Manchester Siti"ning yangi talablari malum
19 avg 2025 11:27
Yangiliklar
Edersonning "Galatasaroy"ga transferi: "Manchester Siti"ning yangi talablari malum
Angliyaning "Manchester Siti" va Turkiyaning "Galatasaroy" klublari braziliyalik darvozabon Ederson borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
"10 million evrolik dastlabki taklifdan so'ng "Manchester Siti" katta farqni tashkil etadigan summa – taxminan 25 million evro so'radi, ammo klublar bir to'xtamga kelishga harakat qilmoqda", – deb yozmoqda Fabricio Romano.
Jurnalistning fikricha, Ederson "Galatasaroy"ga o'tishga qiziqmoqda.
Braziliyalik darvozabon 2017 yildan buyon "shaharliklar"da o'ynab kelayotgandi. Bungacha u Portugaliyada "Ribeyra", "Riu Ave" va "Benfika" ranglarini himoya qilgan.
U 2017 yildan buyon Braziliya terma jamoasida ham o'ynab kelmoqda. Ederson "Manchester Siti" bilan ko'plab chempionliklarni qo'lga kiritgan va 2019 yilda Braziliya terma jamoasi bilan Amerika Kubogida g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar