So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24

Oston O'runov: Odil Ahmedovga havas qilaman Yangiliklar

Oston O'runov: Odil Ahmedovga havas qilaman

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sardori Oston O'runovni suhbatga tortib, uning muhim musobaqa arafasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Sakkiz yoshimdan millionlar o'yinidaman, - deya so'z boshladi istedodli yarim himoyachi. - Odil Ahmedovga havas qilib futbol o'ynashni boshladim. Sportning bu turidagi ilk qadamlarim Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tashlangan. Qaysidir manoda bu qarorimga oilaviy muhit ham tasir o'tkazgan. Aniqrog'i, akam o'z vaqtida to'p surganlar. Futbolning ilk sir-asrorlarini Abduxalil Inoyatovdan o'rganganman. Navoiy viloyati o'smirlar termasiga istedodli futbolchilarni tanlab olish jarayonida ushbu jamoadan taklif oldim. Ilk musobaqa Farg'ona viloyatida o'tkazildi. O'sha turnirni kuzatish uchun Paxtakor klubidan selekcioner-murabbiylar tashrif buyurishgan ekan, ularning taklifi bilan Toshkentga keldim. Bu erda Temur Olimxo'jaev meni qarshi oldilar. Jiddiy sinov, yani ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganimdan so'ng Paxtakor bilan shartnoma imzolab, hozirda o'rinbosarlar safida o'ynayapman. Taqdirni qarangki, menga Odil Ahmedovni yulduz darajasiga ko'targan klubda o'ynash baxti nasib etdi. Orzularimdan biri ushaldi. Buning uchun birinchi galda ota-onamdan minnatdorman. Ular o'z vaqtida millionlar o'yiniga bo'lgan mehrimni payqab, futbol maktabiga olib borishdi, barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Albatta, o'qishni ham tashlab qo'yganim yo'q. Hozirda Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olyapman. Ushbu o'quv maskanida o'z vaqtida mashhur futbolchilar o'qishgan.

- O'smirlar termasidan qachon taklif oldingiz?


- Jamoa safiga Temur Olimxo'jaevning takliflari bilan qo'shildim. Bir necha yildan beri o'zlari murabbiylik qilib kelayotganliklari uchun shogirdlari imkoniyatlarini yaxshi biladilar. O'z o'rnida biz ham bu ishonchni oqlash, imkoniyatlarimizdan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz. Axir yurtimizda bu yosh toifasida minglab futbolchilar bor. Ular orasidan 18 nafarini tanlab olishgan ekan, demak biz bunga munosib ekanligimizni amalda isbotlashimiz kerak.


- Tayyorgarliklar yaxshi o'tdimi?

- Barchasi alo darajada bo'ldi. Terma jamoalar markazi tomonidan bir nechta o'quv-mashg'ulot yig'inlari, ular doirasida ko'plab xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdik. Belarus, BAA, Slovakiya, Yaponiya kabi davlatlarda shug'ullandik, yig'in doirasida ushbu mamlakatlar o'smirlari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Toshkentda Eron, Yaponiya, Ummon, Turkmaniston, Polsha kabi termalar bilan o'yinlar o'tkazdik. Ayniqsa, ko'hna qita jamoalariga qarshi kechgan bahslar ancha foydali bo'ldi. Bo'ydor, jismonan baquvvat evropaliklar bilan o'tkazilgan uchrashuvlar bizning foydamizga xizmat qilishiga ishonaman. Safar oldidan oxirgi yig'inimiz Slovakiyada tashkil etilib, u erda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Ikkala o'yinda ham durang (1:1, 0:0 - muallif) qayd etildi. O'ylaymanki, Osiyo chempionatida muxlislarimizni uyaltirib qo'ymaymiz.

- Guruhdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?


- Oldimizga qo'yilgan birinchi galdagi vazifa - guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib olish. Bilasiz, chorak final uchrashuvi finalga monand tarzda kechadi - o'rtaga jahon chempionati yo'llanmasi qo'yiladi. O'sha o'yinda g'alaba qozongan jamoaga mundial chiptasi beriladi. Bizdan avval to'p surgan akalarimiz bu yo'llanmani qo'lga kiritib, mundialda ham ishonchli ishtirok etishgan. Ularning shonli ananasini davom ettirishga astoydil harakat qilamiz. Guruhimizdagi jamoalar bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Birinchi o'yinimiz Tailand termasiga qarshi kechadi. Ilk uchrashuv hayajonini engib o'tsak, g'alabaga erishish osonlashadi. Yana bir raqib - Yaman jamoasi bilan avval ham o'ynaganmiz. Bu terma bizga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmasa kerak, deb o'ylayman. Asosiy raqib bu - shubhasiz, KXDR termasi. Guruh g'olibligi uchun kurash aynan SHimoliy Koreya jamoasi bilan bo'lib o'tadi. Murabbiylar shtabi yig'inlar chog'ida uchchala raqib haqida ham malumotlar berishdi, ular ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib, tahlil qilib chiqdik. Hindistonga yaxshi kayfiyatda etib keldik. Umid qilamanki, O'zbekistonga xuddi shunday ko'tarinkilik bilan qaytamiz. Milliy termamiz JCH-2018 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etyapti, ketma-ket ikkita uchrashuvda g'alabaga erishildi. Bu yutuqlardan so'ng futbol muxlislarining kayfiyati tog'dek ko'tarilgan. Tabiiyki, biz ham shunga mos ravishda akalarimizning zafarli yurishlarini davom ettirishni istaymiz. Maqsadga erishish yo'lida jamoamizga barcha sharoitlar yaratib berilgan ekanmi, demak bunga o'z natijamiz bilan javob berishimiz shart.

K.ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика