Ospina shifoxonadan chiqdi
19 mar 2019 00:51
Yangiliklar


Ospina shifoxonadan chiqdi
Italiya chempionatining 28-turi doirasida “Udineze”ga qarshi o'yinda jiddiy jarohatlangan “Napoli” posboni David Ospina borasida rasmiy malumot berildi.
Ospina raqibi bilan to'qnashib ketib, hushidan ketib qoldi va zudlik bilan kasalxonaga joylashtirildi. Quvonarli tomoni shundaki, u jiddiy jarohatdan qutulib qolgan. Uning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi va shu boisdan kasalxonadan chiqarib yuborildi. Posbon Kolumbiya termasining navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
30 yoshli Ospina o'tgan yozda “Arsenal”dan “Napoli”ga o'tgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 21 o'yinda 22 gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar