Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi Nyu-Delida bo'ladi
12 iyu 2015 11:25
Yangiliklar


Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi Nyu-Delida bo'ladi
SHu kunlarda Bahrayn poytaxti Manama shahrida Osiyo Futbol konfederaciyasining yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.
OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Halifa rahbarligida o'tkazilayotgan yig'ilish chog'ida bir qator qarorlar qabul qilindi.
Xususan, 2015 yilgi Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash gala-marosimi 29 noyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'tkazilishi tasdiqlandi. SHu kuni bir necha nominaciyalarda yilning eng yaxshilari aniqlanadi.
“Hindiston qitada futboli yuqori tezlikda rivojlanib borayotgan davlatga aylandi. Bu galgi yilning eng muhim tadbirini Hindistonda o'tkazish eng maqbul variant”, - dedi OFK prezidenti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar