So’nggi yangiliklar

17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:26Музаффар Музаффаров жамоаси билан тарихий натижа қайд этди   4 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:57"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  5 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  4 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  4 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  2 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  7 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  3 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  3

Osiyolik futbolchilar Evropada o'zlarini ko'rsata olyaptimi? Yangiliklar

Osiyolik futbolchilar Evropada o'zlarini ko'rsata olyaptimi?

Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionati Osiyo terma jamoalari uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Garchi mundialda OFKdan to'rtta jamoa (Yaponiya, Eron, J.Koreya, Avstraliya) ishtirok etgan bo'lsa-da, ularning hech biri guruhdan chiqa olmadi. Endi bo'lsa bu jamoalar o'z omadlarini kelasi yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida sinab ko'rishadi. Aytish mumkinki, ushbu musobaqada Osiyoning eng kuchli futbolchilari to'p tepishadi.

Aksariyat futbolchilar o'zlarini Evropa chempionlar ligasida sinab ko'rishni xohlaydi. Ammo bu juda qiyin ish. Buning uchun siz CHempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoa safida bo'lishingiz kerak. ECHLda oddiy bo'lmagan klublar ishtirok etishini hisobga olsak, bunday jamoalar safidan o'rin olish oson emas: juda katta mehnat talab qiladi.



SHinji Kagava ("Borussiya D")


Bu yil hisobidan besh nafar osiyolik futbolchi CHempionlar ligasining guruh o'yinlari uchun ro'yxatdan o'tkazildi. Bular - SHinji Kagava (“Borussiya D”), Son Xyong Ming (“Bayer”), Atsuto Uchida (“SHalke”), Yoichiro Kakitani (“Bazel”) va Junya Tanaka (“Sporting”). Albatta, 32ta klub qatnashadigan musobaqada atigi besh nafar qitamiz vakilining bo'lishi juda kam, lekin CHempionlar ligasida ishtirok etmayotgan boshqa kuchli klublar qancha. SHunday ekan, Evropaning qolgan klublarida istagancha osiyoliklarni topishingiz mumkin.

Hisob-kitoblarga qaraganda ayni paytda 93 nafar osiyolik futbolchi UEFA vakili bo'lgan klublarda faoliyat olib borayotgan ekan. Va eng ko'p legioner etkazib berayotgan mamlakat hozircha Yaponiya bo'lib turibdi. Yaponiyadan oz emas ko'p emas 40 nafar futbolchi bugungi kunda Evropada to'p tepyapti, shulardan 13 nafari Bundesligada o'ynamoqda. Qolganlar esa asosan Polsha, Latviya, CHernogoriya kabi SHarqiy Evropada faoliyat olib bormoqda.

CHetda o'ynayotgan legionerlar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda Janubiy Koreya turibdi. Ulardan 11 nafar futbolchi hozir Evropada. Bu borada uchinchi o'rin O'zbekistonga tegishli. Yani, bizdan to'qqiz nafar futbolchi faoliyatini Evropada davom ettirmoqda. Mazkur malumotlar thenational.ae saytidan olingan bo'lib, maqola muallifi bu ro'yxatgan Avstraliyani qo'shmagan. Negaki muallifning fikricha, birinchidan Avstraliya boshqa qita, ikkinchidan esa avstraliyalik futbolchilar Evropaga borganda o'sha davlatning passportini olib, legioner bo'lmagan futbolchi kabi o'ynash maqomida bo'lar ekan.



Son Xyong Min ("Bayer")


Ana endi “Osiyolik futbolchilar Evropada o'zlarini ko'rsata olyaptimi?” degan savolga keladigan bo'lsak, hammasi ham emas degan javobni olamiz. Avvalo shuni aytish lozim, Epropaning eng nomdor klublarida osiyolik o'yinchilar yo'q hisobi. Muxlislar diqqat-etibori birinchi navbatda “Real”, “Barselona”, “Yuventus”, “CHelsi”, “Bavariya”, “Manchester Siti” kabi klublarga qaratilishini inobatga olsak, bu jamoalarda qitamiz vakili yo'q. Boshqa klublarda o'ynayotgan futbolchilar orasida esa hozircha eng mashhuri SHinji Kagava bilan Son Xyong Min hisoblanadi. SHunga qaramay, mutaxassislar Osiyo futbolining kelajagiga ishonch bilan qarashmoqda va bir kun kelib albatta top klublarda ham osiyoliklar bo'lishiga umid bildirishyapti. Quyida Evropa klublarida to'p tepayotgan osiyolik futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz.

YAPONIYA (40): Maya Yoshida (“Sautgempton” Angliya), Riyo Miyaichi (“Arsenal” Angliya), Yuya Osako (“Kyoln” Germaniya), Kazuki Nagasava (“Kyoln” Germaniya), SHinji Kagava (“Borussiya D” Germaniya), Micuru Maruoka (“Borussiya D” Germaniya), SHinji Okazaki (“Maync” Germaniya), Makoto Xasebe (“Ayntraxt” Germaniya), Xajime Xosogai (“Gerta” Germaniya), Genki Xaraguchi (“Gerta” Germaniya), Xiroki Sakay (“Gannover” Germaniya), Gotoku Sakay (“SHtutgart” Germaniya), Atsuto Uchida (“SHalke” Germaniya), Xiroshi Kiyotake (“Gannover” Germaniya), Takashi Inui (“Ayntraxt” Germaniya), Keysuke Xonda (“Milan” Italiya), Yuto Nagatomo (“Inter” Italiya), Mayk Xavenar (“Kordoba” Ispaniya), Junya Tanaka (“Sporting” Portugaliya), Yoichiro Kakitani (“Bazel” SHveycariya), Yuya Kubo (“Yang Boyz” SHveycariya), Eyji Kavashima (“Standart” Belgiya), Yuji Ono (“Standart” Belgiya), Taysuke Akiyoshi (“SHturm” Avstriya), Takafumi Akaxoshi (“Ufa” Rossiya), Takuya Murayama (“Pogon” Polsha), SHoxey Okuno (“Pogon” Polsha), Takayuki Seto (“Astra” Ruminiya), Keysuke Xoshino (“Liepaya” Latviya), Kiyoshi Nakatani (“Daugavpils” Latviya), Xidetoshi Vakui (“Kalju” Estoniya), Koxey Kato (“Rudar” CHernogoriya), Masato Fukui (“Sutjeska Niksich” CHernogoriya), Xirofumi Ueda (“Lovcen” CHernogoriya), Yusaku Toyoshima (“Berane” CHernogoriya), Yosuke Sayto (“Sluck” Belorus), Soma Otani (“Slaviya” Bosniya).

J.KOREYA (11): Ki Sang Yong (“Suonsi” Angliya), Yun Suk Yong (KPR Angliya), Son Xyong Min (“Bayer” Germaniya), Ji Dong Von (“Borussiya D” Germaniya), Ku Ja CHol (“Maync” Germaniya), Park Ju Xo (“Maync” Germaniya), Kim Jin Su (“Xoffenxaym” Germaniya), Xong Jong Xo (“Augsburg” Germaniya), YU Byung Su (“Rostov” Rossiya), Suk Xyun Jun (“Nasonal” Portugaliya), CHung Vun (“NK Istra” Xorvatiya).



Sanjar Tursunov ("Vorskla")


O'ZBEKISTON (9): Vitaliy Denisov (“Lokomotiv M” Rossiya), Vagiz Galiulin (“Ufa” Rossiya), Odil Ahmedov (“Krasnodar” Rossiya), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Xayduk” Xorvatiya), Maksim SHackix (“Goverla” Ukraina), Sanjar Tursunov ("Vorskla" Ukraina), SHavkat Salomov (“SHaxtyor” Qozog'iston), Kamoliddin Murzoev (“SHaxtyor” Qozog'iston), Temur Kapadze (“Aktobe” Qozog'iston).

XITOY (3): Vey SHixao (“Boavishta” Portugaliya), Vang SHangyun (“Bryugge” Belgiya), Vang CHu (“Jyunesse” Lyuksemburg).

KXDR (1): Pak Kvang Ryong (“Vaduc” SHveycariya)

ERON (3): Sardar Azmun (“Rubin” Rossiya), Alirizo Xagigi (“Penafiel” Portugaliya), Daniel Davari (“Grassxopper” SHveycariya).

IROQ (2): Ali Adnan (“Rizespor” Turkiya), Ahmad Yasim (“Orebro” SHveycariya).

SURIYA (2): Sanharib Malki (“Kasimpasha” Turkiya), Ahmad Kalasi (“Saraevo” Bosniya).

LIVAN (4): Abbos Hassan (“Elfsborg” SHveciya), Fayz SHamsin (“Panduri” Ruminiya), Firas Abulez (“Tarksien Reynbous” Malta), Muhammad Kaduh (“Suduva” Litva).

FALASTIN (2): Imad Zatara (“Atvidabergs” SHveciya), Aleksis Nurambuena (“Bechatov” Polsha).

IORDANIYA (1): Taer Bavab (“Universitate” Ruminiya).

BAA (1): Hamid Al Kamoli (“Valletta” Malta).
 
HINDISTON (1): Gurprit Singx Sandxu (“Stabaek” Norvegiya).

TAILAND (1): Tirasil Dangda (“Almeria” Estoniya).

INDONEZIYA (1): Artur Iravan (“Vaasland Beveren” Belgiya).

FILIPPIN (2): Jerri Lusena (“Esbyerg” Daniya), Rey Antoni (“Keflavik” Islandiya).

TURKMANISTON (3): Ruslan Mingazov (“Baumit” CHexiya), Arslan Satubaldin (“Tobol” Qozog'iston), Arslanmurat Amanov (“Irtish” Qozog'iston).

QIRG'IZISTON (5): Tamirlan Kozubaev (“Siauliay” Litva), Kirill Pryadkin (“Qaysar” Qozog'iston), Anton Zemlianuxin (“Qaysar” Qozog'iston), Raul Djailov (“Tobol” Qozog'iston), Sergey Ivanov (“Irtish” Qozog'iston).

TOJIKISTON (1): Davron Ergashev (“Jetisu” Qozog'iston).


Xorij matbuoti asosida X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика