So’nggi yangiliklar

20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  0 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  3 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  0 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  1 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  5 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  6 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  7 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  36 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2

Osiyoga oson bo'lmaydi Yangiliklar

Osiyoga oson bo'lmaydi

23 may kuni Polshada navbatdagi U-20 jahon chempionatiga start berildi.

Bunda 24ta terma jamoa qatnashyapti. SHulardan to'rttasi Osiyo vakili. Bular - Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya va Janubiy Koreya. O'tgan yilning 18 oktyabr - 4 noyabr kunlari Indoneziyada U-19 Osiyo chempionati o'tkazilgandi. Yakunda kuchli to'rtlikdan joy olgan jamoalar hozir Polshada bo'lib turishibdi. 

Saudiya Arabistoni amaldagi U-18 Osiyo chempionati g'olibi sanaladi. Janubiy Koreya - finalchi. Qatar bilan Yaponiya yarim finalda o'ynashgan. U-20 jahon chempionatida Osiyoning hozircha ikkita jamoasi - Yaponiya va Qatar 1-tur uchrashuvini o'tkazdi. Yaponiya Ekvador bilan 1:1 o'ynagan bo'lsa, kecha Qatar yoshlar terma jamoasi Nigeriyaga qarshi maydonga tushib 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Bugun esa Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni 1-tur bahsida maydonga tushadi. Xullas o'tgan yilgi Osiyo chempionati finalida o'ynagan jamoalar. Janubiy Koreya Portugaliya bilan o'ynaydi. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempioni Saudiya Arabistoni esa kimsan Franciya bilan bellashadi. 

18:30. Portugaliya - Janubiy Koreya 

21:00. Franciya - Saudiya Arabistoni 

Darvoqe Portugaliya o'tgan yil Finlyandiyada tashkil etilgan U-19 Evropa chempionati g'olibi hisoblanadi. Franciya esa ushbu musobaqa yarim finalida o'ynagan. 

Bundan ko'rinib turibdiki, bugun Osiyoning ikkita jamoasiga oson bo'lmaydi. Lekin qitamiz vakili bo'lgani uchun ham har bir Osiyo jamoasidan faqat ijobiy natija kutamiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика