Osiyoga oson bo'lmaydi

Xayrulla Xoliqov
25 may 2019, 14:03
23 may kuni Polshada navbatdagi U-20 jahon chempionatiga start berildi.

Bunda 24ta terma jamoa qatnashyapti. Shulardan to'rttasi Osiyo vakili. Bular - Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya va Janubiy Koreya. O'tgan yilning 18 oktyabr - 4 noyabr kunlari Indoneziyada U-19 Osiyo chempionati o'tkazilgandi. Yakunda kuchli to'rtlikdan joy olgan jamoalar hozir Polshada bo'lib turishibdi. 

Saudiya Arabistoni amaldagi U-18 Osiyo chempionati g'olibi sanaladi. Janubiy Koreya - finalchi. Qatar bilan Yaponiya yarim finalda o'ynashgan. U-20 jahon chempionatida Osiyoning hozircha ikkita jamoasi - Yaponiya va Qatar 1-tur uchrashuvini o'tkazdi. Yaponiya Ekvador bilan 1:1 o'ynagan bo'lsa, kecha Qatar yoshlar terma jamoasi Nigeriyaga qarshi maydonga tushib 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Bugun esa Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni 1-tur bahsida maydonga tushadi. Xullas o'tgan yilgi Osiyo chempionati finalida o'ynagan jamoalar. Janubiy Koreya Portugaliya bilan o'ynaydi. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempioni Saudiya Arabistoni esa kimsan Fransiya bilan bellashadi. 

18:30. Portugaliya - Janubiy Koreya 

21:00. Fransiya - Saudiya Arabistoni 

Darvoqe Portugaliya o'tgan yil Finlyandiyada tashkil etilgan U-19 Yevropa chempionati g'olibi hisoblanadi. Fransiya esa ushbu musobaqa yarim finalida o'ynagan. 

Bundan ko'rinib turibdiki, bugun Osiyoning ikkita jamoasiga oson bo'lmaydi. Lekin qitamiz vakili bo'lgani uchun ham har bir Osiyo jamoasidan faqat ijobiy natija kutamiz.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia