So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Osiyoda 2024/2025-yilgi futbol mavsumdan boshlab yangi musobaqalar o'tkaziladi Yangiliklar

Osiyoda 2024/2025-yilgi futbol mavsumdan boshlab yangi musobaqalar o'tkaziladi

Teglar :  OFK
Bugun Osiyo Futbol Konfederaciyasi Ijroiya qo'mitasining 2-yig'ilishi o'tkazildi.

Unda OFK Ijroiya Qo'mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi vakili, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi. Kun tartibidan klublar o'rtasidagi uchta yangi musobaqalar nomini elon qilish, ishtirokchi jamoalarni moliyalashtirishni sezilarli darajada oshirish, shuningdek, ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionlar ligasini musobaqasini joriy etish masalasi ko'rib chiqildi.

 

Rasmiy xabarda  ushbu yig'ilishda Osiyo futboli uchun yangi davr boshlanayotganligi etirof etildi. Jami 76 ta klubni qamrab oluvchi yangi musobaqalar 2024/2025-yilgi futbol mavsumdan boshlab o'tkazilishi malum qilindi. Ushbu musobaqalar quyidagilar:

1. OFK Elita CHempionlar Ligasi — (Jami 24 ta klub ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda);

2. OFK CHempionlar Ligasi 2 — (Jami 32 ta klub ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda);

3. OFK CHaqiruv Ligasi (AFC CHallenge League) — (Jami 20 ta klub ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda).

Qayd etilishicha, OFK Elita CHempionlar Ligasi g'oliblari jami 12 million AQSH dollari miqdorida mukofotlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, OFK tomonidan 2021 va 2022-yillarda ayollar klublari o'rtasida ikkita sinov tariqasidagi Osiyo chempionati muvaffaqiyatli tashkil etildi, uchinchisi shu yil oxirida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

OFK Prezidenti SHayx Salmon ayollar o'rtasidagi CHempionlar ligasi musobaqasi haqida to'xtalib, ayollarning iqtidorini namoyish etish uchun platforma yaratish — tashkilot strategiyasiga mos keladigan muhim qadamligini va bu musobaqa Osiyo futbolida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirib, ayollar o'yinining o'sishiga ijobiy tasir ko'rsatishini takidladi.

Yig'ilish davomida shuningdek, OFK Tibbiyot qo'mitasi, OFK Hakamlar qo'mitasi, OFK Moliya qo'mitasi va OFK huquq qo'mitasining yaqinda qabul qilingan qarorlari OFK Ijroiya qo'mitasi tomonidan ratifikaciya qilindi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика