Osiyo xabari. Yaponiyalik hujumchi SHveycariyaga ko'chib o'tdi
10 iyu 2014 16:10
Yangiliklar
Osiyo xabari. Yaponiyalik hujumchi SHveycariyaga ko'chib o'tdi
Yaponiyalik yosh hujumchi Yoichiro Kakitani shu hafta SHveycariya tomon yo'l oldi.
U “Serezo Osaka”ni tark etib, SHveycariya chempioni “Bazel” bilan shartnoma imzoladi. 24 yashar hujumchi jahon chempionatida qatnashib, Kolumbiya va Kot-D’Ivuar bilan kechgan bahslarda zaxiradan maydonga tushdi. Bu futbolchi o'tgan yil milliy terma jamoada debyutini nishonlagandi.
Yaxshi bilasiz, “Bazel” SHveycariyaning eng nomdor klublaridan biri hisoblanadi. Futbolchi Evropaga yo'l olishidan oldin quyidagi fikrlarni aytib o'tdi: “Men “Serezo”ni yaxshi ko'raman va bu jamoa har doim qalbimda qoladi. Lekin bundan buyon o'zimni boshqa chempionatda sinab ko'rmoqchiman. SHu bois SHveycariyaga yo'l olyapman”.

Fikrlar