So’nggi yangiliklar

21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  16 21:34АПЛ. "Вулверхэмптон" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблар маълум!  3 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  7 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  27 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33 19:10АПЛ. Тез орада бошланадиган "Челси", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоалар иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 18:48"Шўртан": Суперлигага тайёргарлик давом этмоқда  1 18:41Қатор топ клублар ПСЖ футболчиси учун курашади  1 18:12"Чадормалу Ардакан" — "Истиқлол". Машарипов асосий таркибда  0 18:07Умид Эргашев "Насаф" билан хайрлашди. У "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 17:55Фликка таянч ярим ҳимоячиси керак. Номзодлар: Канте ва Горецка  1 17:32"Реал"га ван Дейк керак эмас  4

Osiyo xabari. Xong Myung Bo istefo berdi Yangiliklar

Osiyo xabari. Xong Myung Bo istefo berdi

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xong Myung Bo o'z arizasiga ko'ra ishdan bo'shashga qaror qildi.
Koreyaning jahon chempionatidagi ishtirokidan so'ng bu murabbiy ishdan ketmoqchi bo'lib yurgandi, biroq milliy federaciya Osiyo Kubogi o'tib olgunga qadar ishlashiga imkon bergandi. Ammo murabbiy terma jamoadan ketishni afzal bildi va bu haqda matbuotga intervyu berdi.

“CHindan ham men ketyapman, - deb aytib o'tdi Xong Myung Bo. - Jahon chempionatiga borishdan oldin “Odamlarga quvonch ulashishimiz kerak” deb aytib o'tgandim, biroq buni bajara olmadik. Buning uchun muxlislardan kechirim so'rayman. O'tgan bir yil ichida yaxshi-yomon kunlarni boshdan o'tkazdik. Xatolar ham bo'ldi va ulardan xulosa chiqarish kerak”.

“Uyga qaytib kelganimizdan so'ng ishimni davom ettirish yoki istefoga chiqish ustida ko'p o'yladim. Keyin esa bir qarorga keldim: hozircha terma jamoaga bundan ortiq narsa bera olmayman. Oldinda Osiyo chempionati bor va musobaqagi jamoani kuchliroq murabbiy tayyorlagani maqul. ”

Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya mundialda Rossiya, Jazoir va Belgiya bilan bahs olib borib, birorta uchrashuvda g'alaba qozona olmasdan oxirgi o'rinni egalladi. Bu natija bilan koreyslar 1998 yilgi jahon chempionatidan beri birinchi bor guruhda g'alaba qozona olishmadi. Jamoa Braziliyadan uyga qaytganda esa muxlislar “Koreya futboli o'ldi!” yozilgan bannerni ko'tarib aeroportga chiqishdi.

Xong Myung Bo koreys futboli uchun eng taniqli shaxslardan biri hisoblanadi. U terma jamoa safida 135 marta maydonga tushgan, uchta jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchi. Murabbiy sifatida 2009 yilgi FIFA U-20 jahon chempionatida terma jamoani chorak finalga qadar olib borgan va 2012 yilgi London olimpiadasida bronza medallariga sazovor bo'lgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика