Osiyo xabari: Iroq Osiyo Kubogiga borish uchun bor kuchni ishga soladi
01 mar 2014 11:28
Yangiliklar

Osiyo xabari: Iroq Osiyo Kubogiga borish uchun bor kuchni ishga soladi
5 mart kuni Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan oxirgi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
SHu kuni Iroq termasi o'z maydonida Xitoyni qabul qiladi.
Ayni paytda bu jamoalar kurash olib borayotgan guruhda Saudiya Arabistoni muddatidan avval qita birinchiligi yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan. Xitoy 8 ochko bilan ikkinchi, Iroq esa 6 ochko to'lagan holda uchinchi o'rinni egallab turibdi. Iroqliklarning Osiyo chempionatiga borishi uchun ularga fag'at g'alaba kerak bo'ladi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Hakim SHakir mahalliy muxbirlarga intervyu berar ekan, Iroq Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritishi uchun bor kuchni ishga solishini aytib o'tdi:
“Biz Xitoydan bor-yo'g'i ikki ochko ortda qolyapmiz. Ularda yaqinda murabbiy almashdi, francuz Alan Perrin jamoani qabul qilib oldi. O'z maydonimizda g'alaba qozonsakgina yo'llanmani qo'lga kiritamiz. Buni barcha juda yaxshi tushunib turibdi. Avvalgi o'yinda Xitoydan mag'lubiyatga uchragandik. Lekin unda terma jamoa bosh murabbiyi men emasdim. Endi bo'lsa vaziyatni tubdan o'zgartirmoqchimiz”.

Fikrlar