So’nggi yangiliklar

20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  6 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  7 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Osiyo o'yinlari. O'zbekiston guruhda 100 foizli natija qayd etdi Yangiliklar

Osiyo o'yinlari. O'zbekiston guruhda 100 foizli natija qayd etdi

Osiyo o'yinlari futbol musobaqasining 3-turidan o'rin olgan Tailand - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Guruhning oxirgi turida Tailanda qarshi maydonga tushgan O'zbekiston Zabihillo O'rinboevning goli evaziga g'alaba qozondi - 1:0. SHu tariqa, O'zbekiston guruhdagi 3ta o'yinda 3ta g'alabaga erishib 100 foizli natija bilan nimchorak finalga chiqdi. 

Ushbu bosqichdagi raqibimiz nomi 20 avgust kuni malum bo'ladi. Nimchorak final uchrashuvi 23 avgust kuni bo'lib o'tadi.


Tailand - O'zbekiston 0:1

Gol: Zabihillo O'rinboev 17, - 0:1.

Amalga oshirilgan penalti: Jaloliddin Masharipov 40 (darvozabon)

Tailand: 1. Kvanchai Suklom, 2. Pavi Tantxamiti, 3. Suriya Singmuy, 5. SHinnapxat Liaox, 6. Pitivat Sukjitxummakul, 7. Noppon Pxonkam, 8. Vorachit Kanitsrimbupen (Promsavat, 69), 9. CHnerop Sampaodi (13.Supachai, 59), 10. CHaiyavat Buran (Sirapala, 84), 12. Rattanakorn Maikami, 19, Supachok Sarachat.

O'zbekiston: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustamjon Ashurmatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 4. Akramjon Komilov (Abbos Otaxonov, 54), 6. Jaloliddin Masharipov, 7. Odiljon Xamrobekov, 9. Zabixillo O'rinboev, 10. Javohir Siddiqov (Xurshid G'iyosov, 82), 14. Ikromjon Aliboev, 15. Azizbek Turg'unboev, 20. Dostonbek Tursunov.



Guruhning ikkinchi uchrashuvda Qatarni 1:0 hisobida mag'lub etgan Bangladesh sensacion tarzda guruhda 2-o'rinni egallab keyingi bosqichga chiqdi.


Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


YANGILASH


90+3. O'YIN TUGADI. O'zbekiston Tailandni 1:0 hisobida mag'lub etdi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

85. ZARBA! CHaidedning zarbasidan so'ng Botirali Ergashev to'pni qaytardi

84. O'zgarish. Tailand. CHaiyavat Buran o'rniga Sirapala tushdi

82. O'zgarish. O'zbekiston. Javohir Sidiqov o'rniga Xurshid G'iyosov tushdi

80. Vakillarimiz hujum tashkil etishdi, Masharipov chap qanotdan oldinga o'tdi, ammo to'pni sheriklariga uzata olmadi

69. O'zgarish. Tailand. Vorachit Kanitsrimbupen o'rniga Promsavat

62. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan Xojiakbar Alijonovning uzatgan to'pini O'rinboev darvozaga yo'lladi, noaniq

59. O'zgarish. Tailand. CHnerop Sampaodi o'rniga Supachai tushdi

58. O'zgarish. O'zbekiston. Azizbek Turg'unboev o'rniga Dostonbek Hamdamov tushdi

57. ZARBA! Javohir Sidiqovning kuchli zarbasi noaniq ketdi

54. O'zgarish. O'zbekiston. Akrom Komilov o'rniga Abbos Otaxonov tushdi

50. Aliboevdan ajoyib pas, Masharipov to'pni to'xtata olmadi, aks holda gol ko'rardik

46. Ikkinchi taym boshlandi


45. Birinchi taym tugadi. 15 daqiqa tanaffus

40. ZARBAAAAAAAAAAAA! MASHARIPOV! Darvozabon to'pni qaytardi!

40. PENALTI! Zabihillo O'rinboev darvozabon bilan to'qnashuvda penalti ishladi. 

35. ZARBA! Vorachit Kanitsrimbupen tomonidan yo'llagan zarba xavfli chiqdi

30. Futbolchilarimiz muddatdan avval guruhda 1-o'rinni egallashgan, bugungi o'yinda hisobni ochishgani uchun biroz erkin harakat qilishmoqda. Tailandga esa bugun g'alaba juda zarur

Hasan Pirmuhammedov olgan suratlarni tomosha qiling

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! CHap qanotdan Ikrom Aliboev to'pni havodan uzatdi, Zabihillo O'rinboev boshi bilan gol urdi - 0:1. 

11. ZARBA! O'ng qanotdan Masharipov to'pni havodan jarima maydoniga uzatdi, Aliboevning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi, hakamlar esa burchak to'pini belgilashmadi

1. Uchrashuv "Mahalla" telekanali orqali namoyish etilmoqda

1.O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.




Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика