So’nggi yangiliklar

23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  0 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  3 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  17 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  28 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   25 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  20 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0

Osiyo o'yinlari. Esanovning ekstra taymdagi dubli O'zbekistonni chorak finalga olib chiqdi Yangiliklar

Osiyo o'yinlari. Esanovning ekstra taymdagi dubli O'zbekistonni chorak finalga olib chiqdi

Bugun O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlarining nimchorak finalida Indoneziyaga qarshi bahsi yakunlandi.


Osiyo o'yinlari, nimchorak final

O'zbekiston — Indoneziya 2:0

Gol: 92 - SHerzod Esanov (Jasurbek Jaloliddinov), 120 - SHerzod Esanov

O'zbekiston U-23: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 8. Ibrohim Ibragimov (SHerzod Esanov, 91), 9. Ulug'bek Hoshimov (Alisher Odilov, 73),10. Jasurbek Jaloliddinov (s) (Behzod SHamsiev,108), 14. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 17. Abdurauf Bo'riev, 18. Alibek Davronov, 19. Husayin Norchaev (Asadbek Rahimjonov,108) , 20. Ruslanbek Jiyanov (Mahmud Mahamadjonov, 91).

Zaxira: Otabek Boymurodov, SHohjahon Sultonmurodov, Alisher Odilov,  Otabek Jo'raqo'ziev,  Eldor Begimov, Hamidullo Abdunabiev.

Indoneziya U-23: 20.Ernando Ari Sutaryadi, 2.Amiruddin Bagas Kaffa Arrizqi, 3.Andi Setyo Nugroxo, 5.Rizki Ridxo Ramazoni, 19.Alfeandra Divangga Santosa, 12.Doni Tri Pamungakas, 15.Muhammad Muslihuddin, 17.Syahrian Abimanyu, 9.Muhammad Ramazon Sananta, 10.Egi Maulana Vikri, 11.Ranai Melvan Rumakiek.

Zaxira: 1.Muhammad Adisatryo, 22.Daffa Faysa Sumavijaya, 4.Kadek Arel Priyatna, 8.Jorj Piter Braun, 14.Robi Darvis, 16.Muhammad Haykal Al Hafiz, 6.Ananda Rayxon Alief, 18.Titan Agung Bagus Favvazi, 21.Ugo Samir. 


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

120. GOOOOOOOOOOOL. Esanov dubl qayd etmoqda

112. CHetlatish: Ugo Samir qizil oldi va chetlatildi

110. Indoneziyaliklar hisobni tenglashtirdi, biroq yon hakam o'yindan tashqari holat deb golni bekor qildi

108. O'zgarishlar: Norchaev va Jaloliddinov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Rahimjonov va SHamsiev maydonga tushdi

Ikkinchi ekstra bo'lim boshlandi

Ekstraning birinchi bo'limi yakunlandi

104. Norchaevning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

102. Goldan so'ng o'yin asosan maydon markazida o'tmoqda

92. GOOOOOOOOOOOOOL. Hozirgina maydonga tushgan Esanov hisobni ochmoqda, Jasur Jaloliddinovdan assist 

91. O'zgarish: Esanov Jiyanovni alishtirdi

Ekstra taymlarning birinchi bo'limi boshlandi

Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi, yana bizni 30 daqiqalik o'yin kutmoqda

90. Yo'ldoshevdan super uzatma, Odilovning boshi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

Hakam ikkinchi bo'limga olti daqiqa qo'shib berdi

88. Odilov o'yinga yaxshi kirish ketdi, uning zarbasidan so'ng darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni esa Ibragimov boshi bilan zarba yo'lladi, ammo darvozabon yaxshi harakat qildi

82. Alisher Odilov yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq to'pni himoyachi qaytardi

76. Jasur boshi bilan zarba yo'lladi, ozgina aniqlik etishmadi

73. O'zgarish: Hoshimovning o'rniga Odilov maydonga tushadi

72. Jasur Jaloliddinovning zarbasiga aniqlik etishmadi

65. Alibek Davronovning boshi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

62. Jasur Jaloliddinovning chalqancha yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi

60. Jiyanov yaxshi harakat qilib, to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, biroq Xoshimovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

57. ZARBAAAA. Norchaev barchasini ajoyib qildi, biroq zarbaga kelganda unga omad etishmadi

54. Ogohlantirish: Amiruddin Bagas Kaffa Arrizqi Jiyanovga qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

51. Jasur Jaloliddinov chamasi 40 metrdan yo'llagan jarima zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

42. Jasur Jaloliddinovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

33. Ogohlantirish: Xoshimov simulyaciya qildi deb hisobladi va ogohlantirildi

31. Jaloliddinovdan navbatdagi ajoyib uzatma, biroq Hoshimovning zarbasi o'xshamadi

30. Jiyanovdan yaxshi uzatma, biroq hujumchilarimiz to'pga etib kela olmadi

27. Jamoamizning uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyati. Jaloliddinovning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasining ichida pala-partishlik bo'ldi, biroq darvozaga to'pni joylab qo'yadigan futbolchi topilmadi

23. Ogohlantirish: Muhammad Ramazon Sananta va Ibrohim Ibragimov futbolga hos bo'lmagan harakatlarni sodir etgani uchun ogohlantirildi

20. Hozircha terma jamoamiz hujumda tayinli hujum tashkil eta olmayapti. To'p asosan maydon markazida

8. Jiyanov boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketmoqda

2. Husayn Norchaevning zarbasi himoyachilarga tegib, maydoni tark etdi 


UCHRASHUV BOSHLANDI

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика