Indoneziya U-23 Gvineyaga yutqazib, Olimpiya o'yinlaridan quruq qoldi

Оқил Абдубарноев
9 may 2024, 20:41
Parij Olimpiadasining yana bir ishtirokchisi aniqlandi.

2024 yil bo'lib o'tadigan Parijdagi Yozgi Olimpiya o'yinlarining yana bir ishtirokchisi ma'lum bo'ldi.

Qitalararo pley-off bosqichida Afrika qitasi vakili Gvineya Osiyoning 4-jamoasi Indoneziyani qabul qilib, Ilaiks Moribaning 29-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Shu tariqa, Gvineya o'z tarixida ikkinchi marotaba Olimpiadada qatnashadi. Afrikaliklar "A" guruhida Fransiya, AQSH va Yangi Zelandiya bilan kurash olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia