So’nggi yangiliklar

02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  0 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  5 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  4 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  6 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  24 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  3 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  1

Osiyo mamlakatlari chempionati: Afg'oniston Yangiliklar

Osiyo mamlakatlari chempionati: Afg'oniston

Teglar :  Afg'oniston
Saytimizda OFKga azo bo'lgan mamlakatlar chempionati o'tkazilish tartibi va ligalar faoliyati xususida malumotlarni taqdim etib boramiz.

Uzoq yil notinchlik o'chog'iga aylangan Afg'onistonda milliy birinchilik 2012 yildan buyon muntazam tashkil etib kelinmoqda. Ilk chempionatda 8 hududdan shuncha jamoa ishtirok etgan. Musobaqa ilk bor o'tkazishi munosabati bilan unga doir turli dasturlar va ko'ngilochar ko'rsatuvlar taqdim qilingan. Barcha uchrashuvlar mahalliy telekanal va radio bilan bir qatorda Afg'oniston ligasining "Youtube"dagi rasmiy sahifasi to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. Premer-liganing rasmiy sayti ham mavjud: afghanpremierleague.com

Afg'oniston premer-ligasining instagramdagi rasmiy sahifasini 50 mingga yaqin odam kuzatib boradi.

Hozirgacha "SHahin Asmaye" klubi uch bor oltin medallarga ega chiqdi. Joriy mavsumda ham aynan ushbu klub muvaffaqiyat qozondi.

8 jamoa chempionatda 2 guruhga bo'lingan holda qatnashadi. Guruhda bir martadan to'qnash kelingach, yuqori ikki pog'onani egallagan klublar yarim finalda kurashni davom ettiradi. SHu tariqa unda g'olib nomi aniqlanadi. Hozircha Afg'oniston Premer-ligasi shunday o'tkazib turilibdi. Mamlakat chempionati tashkil etilgunga qadar Qobul Premer-ligasi asosiy musobaqa vazifasini bajargan.


Afg'oniston premer-ligasi barcha sovrindorlari:

"SHahin Asmaye" (3 karra Afg'oniston chempioni, 1 marta vice-chempion)
"Tufan Xarirud" (1 karra Afg'oniston chempioni)
"De Spin Gar Bazan" (1 karra Afg'oniston chempioni)
"Simorg Alborz" (2 karra Afg'oniston vice-chempioni)
"Oqaban Xindukush" (1 karra Afg'oniston vice-chempioni)
"De Maivand Atalan" (1 karra Afg'oniston vice-chempioni)
"Mavjxai Amu"
"De Abasin Sape"

Afg'oniston premer-ligasi barcha mavsum to'purarlari:
2012 - Hamidulloh Karimi - 9ta gol
2013 - Hamidulloh Karimi, Hashmatulloh Barakzai, Fayyoz Azizi - 7
2014 - Muhammad Rizo Rizoyi - 6
2015 - Mustafa Afshar - 5
2016 - Amrruddin SHarifi




Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика