Osiyo Kubogidagi raqib - Xitoy o'rtoqlik uchrashuvida Falastin bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
22 dek 2014, 10:40
Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi raqib - Xitoy terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Falastin terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Xitoyning Chengdju shahrida o'tkazilgan o'yinda hisob ochilmagan - 0:0. Eslatib o'tamiz, Alen Perren bosh murabbiyligidagi Xitoy terma jamoasi bungacha 13 va 18 dekabr kunlari Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edi. Dastlab, 13 dekabr kuni Alen Perren shogirdlari Qirg'izistonni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsalar, oradan 4 kun o'tgach shu jamoa 4:0 hisobida mag'lub etilgan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi B guruhida Xitoy, Saudiya Arabistoni va KXDR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com