Osiyo kubogi. Son Xyon Min o'z golini musobaqa oxiriga qadar safdan chiqqan jamoadoshiga bag'ishladi
20 jan 2024 18:28
Yangiliklar
Osiyo kubogi. Son Xyon Min o'z golini musobaqa oxiriga qadar safdan chiqqan jamoadoshiga bag'ishladi
Qatarda Osiyo kubogining ikkinchi tur o'yinlari o'tkizilmoqda.
Ayni damda Iordaniya terma jamoasi va Koreya Respublikasi termalari (2:2) o'rtasidagi o'yin davom etmoqda.
Ushbu o'yinning to'qqizinchi daqiqasida Koreya Respublikasi terma jamoasi sardori Son Xyon Min hisobni ochdi. Son ushbu golni terma jamoaning 33 yoshli jarohatlangan darvozaboni Syong Gyu Kimga bag'ishladi.
Malumot uchun, darvozabon Syong Gyu Kim Osiyo kubogi birinchi turida Bahraynga qarshi o'yinda maydonga tushgandi. Darvozabon Iordaniyaga qarshi o'yindan oldin tizzasidagi jarohati sabab butun musobaqani o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi. Son esa o'z jamoadoshini qo'llab-quvvatladi.
Quyida Koreya Respublikasining Bahraynga qarshi o'yindan oldingi surati. Unda darvozabon Syong Gyu Kimni ko'rishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
23:58
Angliya Kubogi: "Everton" - "Piterboro" o'yinida ota va o'g'il bir-biriga qarshi o'ynaydimi? 1
Fikrlar