Osiyo Kubogi. O'zbekiston terma jamoasi bugun SHarjada mashg'ulot o'tkazadi
05 jan 2019 09:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/470284_original.jpg)
![](/upload/storage/470284_220.jpg)
Osiyo Kubogi. O'zbekiston terma jamoasi bugun SHarjada mashg'ulot o'tkazadi
Bugun jamoamiz delegaciyasi SHarja shahriga ko'chib o'tadi. Ektor Kuper boshchiligidagi jamoa 9 yanvar kuni aynan shu shaharda Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan Ummonga qarshi o'yinni o'tkazadi.
O'zbekiston terma jamoasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (19:00 Toshkent) SHarja shahridagi "SHarja Klub Al Xazana" stadionida mashg'ulot o'tkazadi.
Ummon terma jamoasi esa bugun SHarjadagi "SHarja Universiteti" stadionida shug'ullanadi.
Eslatib o'tamiz, 8 yanvar kuni ikkala jamoa o'yin bo'lib o'tadigan "SHarja" stadionida rasmiy mashg'ulotda qatnashadi.
9 yanvar kungi bahs mahalliy vaqt bilan 17:30da (18:30 Toshkent) boshlanadi.
Uzbekistan Odil Akhmedov - 34', Eldor Shomurodov - 85' |
Asian Cup Grp. F . 1-tur 09/01/2019, 17:30 1
:
2
Tugadi
|
Oman Mohsin Al Ghassani - 72' |
Stadion: Sharjah Stadium, 9424 tomoshabin
Bosh hakam: Hyung-Jin Ko
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar