So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Osiyo Kubogi. Avstraliya ketma-ket ikkinchi bor finalda Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Avstraliya ketma-ket ikkinchi bor finalda

Osiyo Kubogining yarim finalidan o'rin olgan Avstraliya va BAA o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzating.
Avstraliya - BAA 2:0
Yarim final, 27 yanvar 14:00
Nyukasl, "Nyukasl" stadioni
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
To'rtinchi hakam: Abdulrahmon Husayn (BAA)
Nazoratchi: Subhiddin Mohd Solih (Malayziya)
Komissar: Kamel Tokabaev (Qirg'iziston)

Gollar:
Trent Seynsberi 3, - 1:0. Jeyson Devidson 14, - 2:0.

Avstraliya:
1.Met Rayyan, 2.Ivan Franich, 6.Metyu Spiranovich, 20.Trent Seynsberi, 3.Jeyson Devidson, 15.Mayl Yedinak, 5.Mark Milligan (Met Makkay, 58), 21.Massimo Luongo, 10.Robbi Kruze (Jeyms Troici, 81), 7.Metyu Lekki, 4.Tim Keyxill (9.Tommi Jurich, 67).

BAA: 1.Nosir, 23.Muhammad Ahmad, 6.Muhanad Al Enezi, 3.Volid Abbos (21.Xabush Solih, 76), 14.Abdulaziz Sanqur, 5.Amir Abdulrahmon, 16.Muhammad Abdulrahmon (Ismoil Al Hammadi, 46), 10.Umar Abdulrahmon, 13.Hamis Ismoil, 7.Ali Mabhut, 11.Ahmad Halil (20.Saad Al Xatiri, 66)

Ogohlantirishlar: Metyu Lekki 41, Mayl Edinak 64
 

                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH

90+3. Uchrashuv yakunlandi! Avstraliya ketma-ket ikkinchi bor Osiyo Kubogi finaliga yo'llanma oldi.

90+1.
Ismoil Al Hammadi deyarli maydon markazidan to'pni darvozaga yo'lladi, noaniq...

90.
O'yinga uch daqiqa qo'shib berildi

89. ZARBAAAAAAAA! MABHUT! Jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'lladi to'p himoyachiga tegib qaytdi!

85.
Jamoalar uchrashuv mana shu hisobda tugashiga rozi shekilli.

81. O'zgarish. Avstraliya.
Robbi Kruze o'rniga Jeyms Troici



77. O'zgarish. BAA.
Volid Abbos o'rniga Xabush Solih tushdi



76. O'yinni ko'rish uchun stadionga 21079 tomoshabin keldi

75.
Burchakdan uzatilgan to'pni Yedinak boshi bilan darvozaga yo'lladi, anchagina noaniq!

74.
Lekkining zarbasini darvozabon qaytardi, ammo Ermatov to'p darvozaga tegmadi deb topdi

73. Ikkinchi gol muallifi Jeyson Devidson



72. Dastlabki gol urilgan holat



71. ZARBAAAA! Luongo jarima maydoni ichidan chap oyog'i bilan burama zarba berdi, noaniq!

67. O'zgarish. Avstraliya.
Tim Keyxill o'rniga Tommi Jurich tushdi



66.
Volid Abbos raqib jarima maydoni ichida yiqildi, Ermatov penalti yo'q deb topdi

66. O'zgarish. BAA.
Ahmad Halil o'rniga Saad Al Xatiri tushdi

65.
Amirliklar hujumga o'tishdi. Jarima to'pidan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi

64. Ogohlantirish. Avstraliya.
Mayk Edinak



58. O'zgarish. Avstraliya.
Mark Milligan o'rniga Met Makkay tushdi



56.
Metyu Lekining jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

55.
Sanqur o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Rayyan to'pni Halilga etib borishiga to'sqinlik qildi

51. ZARBA!!! Ahmad Halilning kuchli zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi!

49.
Luongo burchak to'pi ishlab oldi. Uning o'zi to'pni jarima maydoniga oshirib berdi. Yana bir burchak to'pi faqat narigi tomondan

46. O'zgarish. BAA.
M.Abdulrahmon o'rniga Ismoil Al Hammadi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

45+1.
Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha Avstraliya 2:0 hisobida oldinda

45.
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

41. Ogohlantirish. Avstraliya.
Metyu Leki Ravshan Ermatov dastlabki sariq kartochkani ko'rsatdi



40.
Umar Abdulrahmon raqibning uchta futbolchisini aldab o'tib ketdi va sheriklariga to'pni oshirdi. Burchak to'pi ishladi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi

34. Xavfli vaziyat!
Ahmad Halil o'ng qanotdan oldinga o'tdi va to'pni sherigiga uzatishda no'noqlikka yo'l qo'ydi!

28.
Avstraliya to'pni egalik qilish borasida ancha ustunlikka ega 61:39

26.
Uchrashuvda shiddat biroz tushdi.

18.
BAAning hujumi. Ahmad Halilning zarbasini darvozabon ushlab oldi

14. Luongoning pasidan so'ng himoyachi Jeyson Devidson gol urdi - 2:0.

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DEVIDSON! 2:0

10. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Darvoza ustuni! O'ng qanotdan Sanqur to'pni jarima maydoniga uzatdi, jarima maydoni ichida turgan Ahmad Halil to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi. To'p ustunga tegib maydonni tark etdi



7.
Mezbonlarning tezkor goldan so'ng yana hujumga o'tishmoqda. Muxlislar ularni oldinga boshlashmoqda. BAA hozircha deyarli hech nima qila olmayapti

3. Avstraliya burchak to'piga ega bo'ldi. Luongoning burchakdan oshirib bergan to'pini Seynsberi boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0.

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Seynsberi! 1:0

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
Ravshan Ermatov o'yinni boshlab berdi!

- Jamoalar maydonga tushishga tayyor



- BAA terma jamoasi kiyim almashtirish xonasi



- Avstraliya terma jamoasi kiyim almashtirish xonasi



- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика